Nazariy tushuncha: Bu oila 80 ta turkum va 2000
dan ortiq turni o'z ichiga olib bir yoki lco'p yillik o't,
chala buta, buta ba'zan tropik m intaqalarda uchray-
digan kichik daraxt o'simliklardir. Oilaning o'ziga xos
xususiyatlaridan biri, urug'larning perspermli va mur-
takning bukilgan holda, ya'ni kampilotrop bo'lishdir.
Barglari oddiy butun poyaga qarama-qarshi joylashgan,
yonbargchasiz, ba'zan pardasim on yon-bargchalidir.
To'pgullari ko'pincha dixaziy tipida bo'lib, ba'zan
yakka holida b o lish i ham mumkin. Gullari to'g'ri 5
a'zoli, 2 jinsli. Gul qo'rg'oni muraklcab, gulkosa va
gultojibarglarga ajralgan, ba'zan oddiy, changchilari 5 -
10 ta, urug'chisi 1-4 yoki 5 ta m eva bargchalarining
birikib o'sishidan hosil bo'lgan. Tugunchasi ustki, bir
uyali.
Urug'kurtak ko'p
sonli.
Mevasi ko'pincha
MAVZU: Chinniguldoshlar va sho'radoshlar oilasi
60
tishchalar yoki pallalar bilan ochiladigan ko‘sakcha,
ba'zan yong'oqcha yoki rezavor mevadir.
Ahamiyati: Bu oila vakillari orasida m anzara beruv-
chi o‘simlik turlari uchraydi. Ulardan bir qancha
navlar yetishtirilib chiqarilgan. Ular o‘zining ajoyib
ko'rinishi tufayli ko'pdan beri ekib o'strilib kelin-
moqda. Etmak o'sim ligining ildizi tarkibida saponin
deb ataluvchi m odda uchraydi. Undan ko'pik hosil
qilishda, nisholda, holva va boshqa mahsulotlar
tayyorlashda foydalaniladi. Shuningdek, ju n gazla-
malarni yuvishda ham ishlatiladi.
16-rasm.
Yulduzo't. 1-Dixatornik shoxlangan gulli novda; 2-gulli
novdaning pastki qismi; 3-ururchi; 4-gultojibargi; 5-changchilar va
urug’chi; 6-kosachabargi
61
|