Ibora va tasviriy ifodalar ustida ishlash metodikasi



Yüklə 303,13 Kb.
səhifə46/93
tarix31.01.2023
ölçüsü303,13 Kb.
#81886
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   93
1-Mavzu ma\'ruza

Qo‘shimcha adabiyotlar:
1. N.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov, V.Qodirov, Z.Jo‘raboyeva. Ona tili: Umumta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik / To‘ldirilgan 4-nashri. – T.: Ma’naviyat, 2015. – 224 b.
2. N.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov, D.Nabiyeva. Ona tili: Umumta’lim maktablarining 6-sinfi uchun. – T.: Tasvir, 2013. – 208 b.
3. N. Mahmudov va boshq. Ona tili: Umumta’lim maktablarining 7-sinfi ucnun darslik / To‘ldirilgan va qayta ishlangan 3-nashr. – T.: Ma’naviyat, 2013. – 160 b.
4. M.Qodirov, H.Ne’matov, M.Abduraimova, R.Sayfullayeva. Ona tili. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-sinfi uchun darslik. – T.: Cho‘lpon nomidagi NMIU, 2014. – 144 b.
5. N.M.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sh.Sobirov. Ona tili. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik. – T.: Tasvir, 2010. – 128 b.
Elektron sayt materiallari:
http://www.ziyonet.uz/ http://www.pedagog.uz/ www.forum.uz
www.ref.uz www.ilm.uz www.google.uz


3-MA’RUZA MASHG‘ULOTI


SINTAKSIS BO‘LIMINI O‘QITISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI. SO‘Z BIRIKMASINI O‘QITISH METODIKASI. SODDA GAPNI O‘QITISH METODIKASI. GAP BO‘LAKLARI USTIDA ISHLASH. QO‘SHMA GAPLARNI O‘QITISH METODIKASI.
Ma’ruza rejasi:



  1. 1. Sintaksis bo‘limining boshqa bo‘limlar bilan aloqadorligi.

  2. 2. Maktabda sintaksis bo‘limini o‘qitishning maqsad va vazifalari.

3. So‘z birikmasini o‘qitish metodikasi.

4. Sodda gap haqida umumiy ma’lumot.


5. Kesim – gapning markazi.
6. Gapning bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarini o‘rgatish metodikasi.

7. Qo‘shma gap sintaksisini o‘qitish metodikasi.


8. Qo‘shma gap turlarini o‘rgatish.
9. Qo‘shma gapni bog‘lovchi vositalar.
10. Qo‘shma gaplarda ma’nodoshlik.


4. SINTAKSIS BO‘LIMINI O‘QITISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI. SO ‘Z BIRIKMASINI O‘QITISH METODIKASI
Sintaksisning o‘rganish obyekti so‘z birikmasi va gapdir. Bu bo‘lim oldin o‘rganilgan bo‘limlar: fonetika, so‘zshunoslik, so‘zlarning lug`aviy shakllari va ma’noviy guruhlari, so‘zlarning aloqa-munosabat shakllari bilan uzviy bog`langan. Chunonchi, gap bo‘laklari o‘rganilar ekan, so‘z turkumlaridan egallangan bilimlarga tayanishga to‘g`ri keladi.
Sintaksis bo‘limini o‘qitishda so‘zning moddiy va ma`naviy qirrasini chetlab o‘tib bo‘lmaydi. Mazkur bo‘lim “Fonetika” va “Morfologiya” bo‘limlari bilan ham uzviy bog`langan. Chunki “Sintaksis, ohang va tinish belgilari” bo‘limini o‘qitishda tovushlarning so‘z ma’nosiga ta`siri, so‘zlarning imlo qoidaliriga muvofiq to‘g`ri yozish; so‘zning lug`aviy ma’nolari, ma’nodosh, uyadosh, shakldosh so‘zlar, atamalar va shevaga xos so‘zlar, tasviriy ifoda va iboralar; so‘z turkumlari ustida ishlash davom ettiriladi.
Sintaksisning ohang va tinish belgilari bilan aloqadorligi xususida gap bo‘lishi mumkin emas. Zero, ifodali o‘qish malakalari ham shu bo‘limni o‘qitishda maromiga etadi.
Mazkur bo‘lim o‘quvchining gap ohangi xususida bilim, malaka va ko‘nikmalarni kengaytiradi. “Men keldim”, “Men keldim!”, “Men keldim?” tipidagi gaplarning uch xil ohangi bilan o‘qituvchi va uch xil ma’noga egaligi shu bo‘lim orqali o‘quvchi ongiga singdiriladi.
“Sintaksis”ni o‘rganish jarayonida o‘quvchining punktucion malakalari to‘la shakllanadi. U qaysi tinish belgidan qanday sharoitda foydalanish kerakligini shu bo‘lim orqali mukammal egallaydi.
Maktabda “Sintaksis, ohang va tinish belgilari” bo‘limini o‘qitishning maqsad va vazifalari ona tili ta’limining maqsad va vazifalari bilan uyg`undir. Modomiki, “Ona tili o‘qitish konsepsiyasi”da ona tili ta’limining asosiy maqsadi “Ta`lim oluvchida ijodiylik, mustaqil fikrlash malakalarini chuqurlashtirib, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og`zaki va yozma shakllarda to‘g`ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish” deb belgilangan ekan, demak, mazkur bo‘limni o‘qitish ham ana shu maqsadga xizmat qiladi. O‘quvchilar “Sintaksis, ohang va tinish belgilari” bo‘limini o‘rganish orqali eng so‘nggi natija-sodda va qo‘shma gaplardan nutqiy faoliyatda (og`zaki va yozma) foydalanish malaka va ko‘nikmalarni egallaydilar. Demak, mazkur bo‘limni o‘qitishda o‘qituvchining diqqat markazida sodda va qo‘shma gaplardan iborat matnni maqsadga muvofiq ravishda to‘g`ri o‘qish, mazmunini tushunish, o‘quvchilarning matn yaratish mahoratini kengaytirib turishi lozim.
Belgilangan maqsadga erishish uchun “Sintaksis, ohang va tinish belgilari” bo‘limi oldiga quyidagi vazifalar qo‘yiladi: So‘zlarning sintaktik munosabatga kirishish yo‘llari (moslashuv, boshqaruv, bitishuv), so‘z birikmalarida hokim so‘z va tobe so‘z, so‘z birikmasi va so‘z, ibora va gap orasidagi farq xususida o‘quvchilarga puxta nazariy bilim hamda amaliy malaka va ko‘nikmalar hosil qilish.

    1. Sodda gap, kesim va uning ifodalanishi, egali va egasiz gaplar, ifodalangan egali va yashiringan egali gaplar egasiz gaplarning turlari; yoyiq gaplar (hol, uning ma’no turlari va ifodalanishi; to‘ldiriuvchi va uning ifodalanishi; aniqlovchi); yoyiq atov va so‘z-gaplar; uyushiq bo‘laklar; ularning ohangi va tinish belgilari; gapda ajratilgan izoh bo‘laklar; gapda kiritmalar; gapda undalma; to‘liqsiz gap haqida ma`lumot berish hamda ulardan nutqiy faoliyatda foydalanish malaka va ko‘nikmalarni takomillashtirish.

    2. Ikki va undan ortiq soda gaplarni turli vositalar bilan biriktira olish.

    3. Nutqda teng bog`lovchilar vositasida bog`langan qo‘shma gaplar, ergashtiruvchi bog`lovchilar vositasida bog`langan qo‘shma gaplar, yuklamalar vositasida bog`langan qo‘shma gaplar, nisbiy so‘zlar vositasida bog`langan qo‘shma gaplar, faqat ohang, vositasida bog`langan qo‘shma gaplardan foydalanish malaka va ko‘nikmalarini mukammali egallash.

    4. Sodda va qo‘shma gaplarda tinish belgilarini to‘g`ri hamda o‘rinli qo‘llay olish malaka va ko‘nikmalarini hosil qilidirish.

    5. Sodda va qo‘shma gaplarni to‘g`ri o‘qish malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirish.

    6. Sodda va qo‘shma gaplarni mazmunini saqlagan holda shaklini o‘zgartirish malaka va ko‘nikmalarini singdirish.

    7. Kesimdan savol berish orqali gaplarni hollar, to‘ldiruvchilar va aniqlovchilar bilan kengaytirish malkalarini takomillashtirish.

    8. Sodda va qo‘shma gap tarkibidagi so‘zlarni ularning vazifadoshlari (qiymatdoshlari) bilan almashtirish malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirish.

    9. Sodda va qo‘shma gaplardagi ma’no nozikliklarini farqlashga o‘rgatish.

    10. Sodda va qo‘shma gaplarda foydalangan holda ilmiy, ilmiy-ommabop, publicistik, badiiy va rasmiy-idoraviy uslublarda matn yaratish malaka va ko‘nikmalarini kengaytirish.

“Sintaksis, ohang va tinish belgilari” bo‘limini o‘qitishda boshqa til sathlarini o‘qitishda bo‘lgani kabi imloviy, talaffuziy va uslubiy xatolar ustida ishlash davom ettiriladi.
Yuqorida qayd qilinganidek, 8-9-sinflarda ham rasmiy-idoraviy ish qog`ozlari ustida ishlash davom ettiriladi. “Sitaksis, ohang va tinish belgilari” bo‘limini o‘qitishda o‘quvchilar ish qog`ozlarining: majlis bayonnomasi, shartnoma mantlari tuzish, murakkab ma`lumotnomalar yozish, rasmiy xatlar kabi murakkab ko‘nikmalari bilan tanishtiriladi.
Xullas, mazkur bo‘lim nafaqat o‘quvchilarni sintaksis yuzasidan nazariy ma`lumotlar bilan qurollantiradi, balki sintaksisni boy, rang-barang imkoniyatlaridan nutqiy faoliyatda foydalanish malaka va ko‘nikmalarini hosil qildiradi.
Dastur talabiga ko‘ra, 8-sinfda sodda gap sintaksisi, 9-sinfda qo‘shma gap sintaksisi o‘rganiladi.
8-sinfda dastlab “Sintaksis. Og`ang va tinsh belgilari” bo‘limi haqida umumiy ma`lumot beriladi. O‘quvchilar tilning ijtimoiy vazifasi, fikrni shakllantirishda tilning qaysi birliklari xizmat qilishi, so‘zshunoslik (leksika), morfologiya va sintaksisning nimani o‘rganishi va o‘rgatishi xususida bahs-munozara yuritadilar.

Yüklə 303,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin