19
Dilafgorning eng yaqin do‘stlaridan biri mulla Odil vofurush o‘z
davrining
ilmli kishilaridan bo‘lmish Mirbuva to‘nfurushning o‘g‘li bo‘lgan. Mirbuva
to‘nfurushning otasi Mirzoir o‘sha davrda Marg‘ilondan Piskentga kelib chit va
bo‘z to‘qiydigan oila bilan hamkorlik qilib, to‘qigan matolarini sotib yurganlaridan
ularni Mirzoir chitfurush deyishgan.
Farzandlari Mirbuva va ularning ayollari esa to‘n tikib sotishganidan Mirbuva
to‘nfurush deb atashgan. Ularning farzandi Odil Mirboboev dehqonchilik ishidan
tashqari kosiblik ham qilgan. Kovush va maxsido‘zlik bilan shug‘ullanganidan
ularni mulla Odil vofurush deyishgan.
Muhiddinxon Malikov
(Muyitxon) 1888 yilda Piskentda tug‘ilib,
maktab-
madrasada tahsil olganlar. Asosan daladagi yumushlar va dehqonchilik ishlari
bilan shug‘ullangan. O‘sha paytdagi Piskentning boy-badavlat kishilarining
yerlarida qarol bo‘lib ishlagan, paxta
yetishtirib, oila boqqan.
Muyitxon aka “Pyatiletka” xo‘jaligiga rais qilib saylanadi. Ushbu xo‘jalik
ilg‘or xo‘jaliklardan biriga aylanadi. Bu ishlarda Muyitxon akaning
ishbilarmonligi, o‘ta adolat bilan ish yuritishi, odamlarga
mehribonligi asosiy
omillardan bo‘lgan. O‘sha paytdagi respublika yetakchilari Y.Oxunboboev,
F.Xo‘jaevlar jamoaga tez-tez kelib turishgan. 1937 yildagi qatag‘on oqibatida
F.Xo‘jaevlar qatorida Piskent firqa qo‘mitasi birinchi kotibi Abbosxon
Boboxo‘jaev ham qamoqqa olinadi. Ularning “dumi” deb M.Malikovlar 1938
yillarda qamaladi va otishga hukm qilinganlar qatorida bo‘ladi. Lekin o‘z
davrining ziyoli ayollaridan bo‘lgan turmush o‘rtog‘i Muharramxon opaning sa'y-
harakati natijasida qayta sud bo‘lib, Muyitxon aka oqlandi.
1939 yillardan boshlab M.Malikov Piskentda paxta
va sabzavot yetishtirish
ishlari bilan shug‘ullangan.
Shu bilan birga “Duoi salom”da nomlari keltirilgan mulla Ibrohim, Abul
Qosim tikuvchi,
lafkador Noyob, Inomjon chitfurush, mulla Muxtor qori,
Fo‘lodxo‘ja eshon, Xudoyqul to‘nfurush,
Uzoq qassob va samovarchi
20
Muhammadalilar haqida hyech bir ma'lumot topa olmadik, - deya izoh berishadi
“Gushani Dilafgor” noshirlari
1
.
Ta'kidlash kerakki, Dilafgor nafaqat o‘z ijodi bilan, balki davrining ilg‘or va
ziyoli vakili sifatida ham o‘z o‘rniga ega bo‘lgan.
Ushbu fasldagi ilmiy kuzatuvlardan quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
1. Mavjud manbalarda Dilafgor “Mulla Abdulboriy”
deb qayd qilinsada,
biroq shoir o‘zini “Kitobfurush mullo Bo‘riboy Shermuhammad o‘g‘li” deb
tanishtiradi. Shoir Piskent ahliga adib mulla Bo‘ri Shermuhammad hoji o‘g‘li
Dilafgor nomi bilan ma'lum va mashhur bo‘lib, 1877-1949 yillarda yashab, ijod
etgan.
2. Dilafgor shoir sifatida salaflariga ergashadi, ularga taxmislar bog‘laydi,
fuzuliyona tilda g‘azallar bitgan,
Yassaviy, Mashrab, Xislat, Haziniy, Muqimiy,
Furqat, Miskin, Zavqiy, Furqat, Kamiy kabi shoirlarga muxammaslar bog‘lagani
fikrimizni tasdiqlaydi.
1
Гулшани Дилафгор. – Т.: MUMTOZ SO‘Z. 2011. – Б. 93-101.