17
Boqma olifta yuronlarni qilon raftorig‘a,
Dilrabolarni fasohatda shakar guftorig‘a,
Xolisallilloh so‘rab qo‘yg‘il, suxan osorig‘a,
Mahdumi Abdullojon
u
Abduno‘mon qori
g‘a,
Ham
Fo‘lodxo‘ja eshon
dek mahliqolarg‘a duo.
Abdullajon maxzum
1883 yili Piskentda tug‘ilgan. U kishining otasi
Orifhoji Zokir o‘g‘li bo‘lib, katta yer egasi bo‘lgan. Abdullajon maxzum baland
bo‘yli, keng yelkali, barvasta inson bo‘lib, o‘z zamonasining ilg‘or va ishbilarmon
kishilaridan bo‘lgan, rus tilida erkin va ravon so‘zlasha olgan, g‘oyatda mergan
ovchi bo‘lgan. Abdullajon maxzum 1929-1932 yillardagi boylarni quloq qilish
davrida “Barcha boylik, yer-suv, mol-mulklar menga tegishli, ukam Abduno‘mon
qorida hyech narsa yo‘q”, deb ukasini quloq qilinishidan saqlab qolgan.
Abdullajon maxzum 1932 yili qatag‘on qurboni bo‘lgan.
Abduno‘mon qori
– 1885 yilda tug‘ilib, o‘z davrining madrasasida tahsil
ko‘radi, ilmli, kitobga mehr qo‘ygan ulamo bo‘lib yetishadi. Shayx Sa'diy
Sheroziyning “Guliston” va “Bo‘ston”, Alisher Navoiy asarlariga, Boborahim
Mashrab, Ahmad Yassaviy, So‘fi Olloyor kabilar ijodiga o‘zgacha mehr qo‘ygan.
1953 yilning boshlaridagi ta'qiblardan zada bo‘lgan Abduno‘mon qori barcha
kitoblarini ikkita qopga joylab fevral oyining yog‘inli va sovuq tunlaridan birida
o‘g‘illari Zikrjon bilan birga ularni mozorga olib borib ko‘madi. Abduno‘mon qori
Orifhoji o‘g‘li 1965 yil 25 noyabrda 80 yoshida Piskent shahrida vafot etgan.
Ro‘zi panjshanba tamosho aylabon yarmankani,
Ul
Uzoq qassob, samovorchi Muhammadali
ni,
Ham
Dostları ilə paylaş: