18
Abdurahim qori
Nosir o‘g‘li 1881 yilda kambag‘al dehqon oilasida dunyoga
kelib, 1956 yil 19 oktyabrda 75 yoshlarida vafot etgan. Abdurahim qori otadan
juda yosh yetim qolgan va onasi Marziya otin, tog‘alari mulla Abdurashid domla
tarbiyasida voyaga yetgan. Ilmga chanqoq Abdurahim aka o‘sha
davrning
ulamolariga xizmat qiladi, ular yordamida dastlabki savodini chiqaradi, o‘qish va
yozishni o‘rganadi. Tog‘asi yordamida Toshkentdagi Ko‘kaldosh madrasasida
tahsil oladi.
Garchi lutf aylab mabodo madrasa qilsang guzar,
Mullo Nodirxon, Niyozmat qori
ni ko‘rsang agar,
Degil albatta salomi beadad so‘rsa alar,
Ahli madrasa, chiroylik dilrabolarga nazar,
Aylasang, albatta ayt husni ziyolarga duo.
Nodirxon Malikov
– 1882 yilda Piskentda tug‘ilgan. Yoshlikdan ilmga
chanqoq, tirishqoq va qiziquvchan bo‘lgan. Dastlabki ma'lumotni Piskentdagi,
so‘ng Buxoroi sharifda oliy madrasada ilm oladi.
Keyinchalik Piskentga kelib
madrasada talabalarga saboq beradi. Uzoq yillar Piskentdagi Jome' masjidida
imom xatiblik qilgan.
Piskentliklar
Niyozmat qori
akani yaxshi bilishadi.
Shahar markazidagi
do‘konda umrining oxirigacha mudirlik qilgan. O‘g‘li Homid aka uzoq yillar
pasport stoli boshlig‘i bo‘lib
ishlagan, farzandlari va nevaralari o‘qituvchilik va
shifokorlik kasblarida ishlab kelishmoqda.
Bormu
Dostları ilə paylaş: