1.2. Shoir she'rlari matniy tadqiqi Dilafgorning o‘z qo‘li bilan tartib berilgan “Gulshani Dilafgor” she'riy
guldastasi 1914 yilda Toshkentdagi Yakovlev tipografiyasida bosilgan va xalq
orasida keng tarqalgan. Qariyb bir asrga yaqin vaqt o‘tib, uning ana shu she'riy
guldastasi yangi ifor taratdi. Yani ushbu to‘plam Adham Mamatqulov va Jaloliddin
Jo‘raevlar tomonidan nashrga tayyorlanib, joriy imloda chop etildi. Albatta,
noshirlarning bu xayrli ishi taqsinga sazovor. Ishni yozish jarayonida biz ham
ko‘plab ma'lumotlarni ayni shu to‘plamdan lishimizga to‘g‘ri keldi. Negaki, shu
paytgacha amalga oshirilgan Dilafgor haqidagi yagona to‘liq manba shu
to‘plamdir. Ana shu jihatdan ham “Gulshani Dilafgor”ning joriy imloda nashr
etilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotimiz ob'ekti bo‘lgani bois, “Gulshani
Dilafgor”dagi she'rlarning asliyati va nashr nusxalarini qiyosiy o‘rganganimizda
ba'zi bir matniy tafovutlar borligi aniqlandi.
Dilafgor she'rlari matnidagi o‘zgartirishlarning ikki turi kuzatildi: 1)
tovushlar va so‘zlar ning o‘zgarishi; 2)
misra, bayt va bandlar ning o‘zgarishi. Ta'kidlash
joizki, matndagi bunday o‘zgartirishlar, katta-kichikligidan qat'i nazar, ba'zan
asardagi tarixiylikka putur yetkazsa, ayrim hollarda badiiy shaklning buzilishiga
sabab bo‘ladi. Qolaversa, bunday o‘zgartirishlar, she'r ritmiga, uning o‘ziga xos
ohangiga zarar keltirishi mumkin. Binobarin, matn asliyatiga kiritilgan har qanday
o‘zgartirish maqsadga muvofiq emas. Aniqlangan ayri mulohazali o‘rinlar quyida
jadval qo‘rinishida keltirildi (Dilafgor “Gulshani Dilafgor”idagi she'rlarda,
ko‘pincha,
tovushlar va so‘zlar ning o‘zgarishi uchraydi (Yakovlev
tipografiyasidan chiqqan bosma nusxani shartli ravishda “Ya”; Adham
Mamatqulov va Jaloliddin Jo‘raevlar nashrga tayyorlangan joriy yozuvdagi nashrni
esa shartli qilib “M”; Biz to‘g‘ri deb topgan matnni shartli tarzda “T” deb
nomlandi. Toshbosma va nashr sahifalari raqamlari shartli qisqartma yonida qayd
etib borildi.):
№
Matnlar
Nashri va
sahifasi