42
Iki ohu g‘izolon ko‘zlaring hajrin chekanlar der:
Go‘zallar bo‘lsalar ham bo‘ylakim chashmi siyoh bo‘lmaz.
Nigoro, la'li nobing vermayam men Xizri hayvona,
Hayotim ketdukinda g‘ayri la'ling hyech davo bo‘lmaz.
Dami nozu tag‘oful qildug‘ingda men Dilafgora,
Na deb hijroninga bul xasta ko‘ngul oshno bo‘lmaz.
Iso payg‘ambarning o‘likni tiriltira olish mo‘jizasi mumtoz adabiyotimizda
yorning so‘zlari oshiqqa jon bag‘ishlashi yo tiriltirishi kabi sifatlari majoziy obraz
bo‘lib ko‘chgan. Dilafgorning yuqoridagi
“Nigoro, la'li nobing vermayam men
Xizri hayvona”
satrlarida esa
“Hayot Xizri”
deya majoziy obraz olingan. Ibn Sino
“She'r san'ati” risolasida bu haqda shunday yozadi: “... she'riyatdagi har bir masal
va afsona o‘zidan boshqa bir narsaga tashbeh qilib olingan bo‘ladi, yo bo‘lmasa
o‘sha narsaning o‘zini qanday bo‘lsa, o‘sha
tarzda olmasdan, balki aksincha, uni
birmuncha o‘zgartirilgan holatda olinadi. Narsaning o‘zi qanday bo‘lsa,
o‘shandayligicha olmasdan, uni sal o‘zgartirilgan tarzda olinganiga istiora yo
majoz deyiladi. She'r mana shu istiora bilan majozning tarkibidan hosil bo‘ladi”
1
.
Nazira (arabcha هریظن – o‘xshash, o‘xshash narsa, namuna) – o‘zga
shoir
she'riga ergashish yo‘li bilan, unga o‘xshatma tarzida yoki javob sifatida
yaratiluvchi she'r. Sharq adabiyotida nazira bitish ancha keng tarqalgan,
zamondosh shoirlar yoki salaflar bilan o‘ziga xos ijodiy
musobaqa tusini olgan
an'anadir
2
.
Nega, nechun manga siz munchalik jafo qilasiz,
G‘amingiz ila yurak-bag‘rimi ado qilasiz
3
.
Hamza ijodidan o‘rin olgan yuqoridagi matla' bilan boshlanuvchi she'rga
shoir Dilafgor nazira bog‘lagan va u quyidagicha:
1
Абу Али ибн Сино. Шеър санъати. Саломон ва Ибсол. – Т.: Фан. 1980. – Б. 98.
2
Қуронов Д. ва бошқ. Адабиётшунослик луғати. – Т.: Академнашр, 2010. – Б. 200.
3
Амонов Ш.Н. Ҳамза шеъриятининг
манбалари, матний тадқиқи: филология фан. номз... дисс. – Т.: 2010. –
Б. 15.
43
Itobu noz ila boqib mani ado qilasiz,
Tarahhum aylamayin holima jafo qilasiz.
Ziyoli orazingizg‘a tasadduq o‘lsun jon,
Ko‘ngul uyini qachon lutf ilan ziyo qilasiz?
Xaloyiq ichra mane xastaga nazar solmay,
Raqib suhbatida kayfingiz safo qilasiz.
Na jurm o‘ttiki mandin siz shahanshog‘a,
Chekib qabog‘ingizi doimo jafo qilasiz?
“Adabiyotshunoslik lug‘ati”da qayd etilishicha, “o‘zga
shoir asariga
bog‘langan naziraning taqliddan iborat bo‘lib qolmasligi, shoirning unga ijodiy
yondashishi
talab etiladiki, bunda mavzuning yanada yorqinroq ifodalanishi va
badiiy saviyaning yuksalishi ko‘zda tutiladi”
1
. Bu o‘rinda Dilafgor Hamza baytida
aytilgan fikrlarni rivojlantirish barobarida badiiy yuksak satrlar ijod qilganligini
sezish qiyin emas.
Dilafgor she'riyatining yana bir jihati –
haqiqiy musulmon kishining
Yaratganga bo‘lgan chin e'tiqodi, maslakda qat'iylikning namoyon bo‘lishidir.
Shoir har bir mo‘min kishi bu yolg‘onchi dunyoning hoyu havvaslariga
uchmasdan, chin dunyoga tayyorlanib borishi lozimligini uqtiradi. “Takya qil”
radifli g‘azalida xuddi ana shunday g‘oyani davom ettirgan shoir mudom
Yaratganga takya (tavakkul) qilish kerakligini eslatadi.
Dostları ilə paylaş: