Ibragimova nafosat shuhrat qizi bitiruv malakaviy ishi mavzu: dilafgor adabiy merosi



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/37
tarix07.01.2024
ölçüsü0,49 Mb.
#207024
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   37
n.ibragimova dilafgor adabiy merosi

 
Yurarsan toati Haqdin bo‘lub g‘ofil bu olamda, 
Qiyomat dashtida holi parishoningg‘a arzirmu? 
 
Ma'ishatda kechurgon kecha-kunduz ayshi xandoning, 
Hisob vaqtida chekkan chashmi giryoningg‘a arzirmu? 
 
Bu dunyo izzu johu saltanat, bog‘ ila bo‘stoning, 
Bo‘lub xoki mazallat ichra yotganingg‘a arzirmu? 
 
Gunah birla kechurgan moh-soling osiy Dilafgor, 
Borib mahsharda el ichra uyolganingg‘a arzirmu? 
 
Dilafgor she'rlarida turk elining mashoyixi Yassaviy hikmatlari mavzulari 
ohangini ham kuzatish mumkin. Inson oxir qilar ishi “to‘rt oyoqli cho‘bin ot”ga 
tushishi achchiq haqiqat ekanligini tan olmay iloj yo‘q.
Furqatning navbahor, bahor ayyomi haqidagi jo‘shqin, ehtirosli g‘azallari 
xalqning allaqachon ma'naviy mulkiga aylangan. Shoirning “Bahor ayyomida”, 
“Fasli navbahor o‘ldi” nomli g‘azallari sevgan yurtidagi bahor go‘zalligi, uning 
inson qalbida uyg‘otgan boy kechinmalarining tasviridan iborat. Shoir ona yurt 
tabiatini kuylar ekan, bahor fasliga alohida to‘xtaladi: 
Fasli navbahor o‘ldi, ketibon zimistonlar, 
Do‘stlar, g‘animatdir, sayr eting gulistonlar. 
Subhidam tushib shabnam, bo‘ldi sabzalar xurram, 
Gul uza tomib kam-kam, yog‘di abri naysonlar. 
Nastarin yuvib yuzni, yosuman tuzib o‘zni, 
Nargis ochibon ko‘zni intizor yoronlar. 
Furqat bu she'rida ham tabiat go‘zalligining sehrli kuychisi sifatida ko‘zga 
tashlanadi. Gulistonlar sayri g‘animat. Navbahor chehra ochdi. Erta tongda tushgan 
shabnamdan sabzalar yayrab-yashnadilar. Sahar payti tabiat chiroyiga dil bergan 


47 
qahramon nastarin, yosuman, nargis gullarining yuz ko‘rsatishini zavq bilan 
kuzatadi. Momoqaldiroq gurillaydi. Yashin chaqnaydi, tog‘lar larzaga kelganday 
bo‘ladi. Qumri va bulbullar nola chekadilar. Gullar, sarvlar, ularga nozu ishva 
qilib, ular fig‘onini yanada kuchaytiradilar. Hayot o‘zining rang-barang chiroyi va 
sermazmun mohiyatini namoyon etadi. Bu misollardan ko‘rinadiki, Furqatning 
hassos qalbi tabiat go‘zalligini chuqur sezar, xususan, navbahor navjuvonligidan 
juda ilhomlanar edi. Shoir ta'sirli sayrlarda mazkur fusunkor chiroy tasvirini 
yaratdi, uni ulug‘ladi. Tabiat manzaralarini kuylash shoir ijodining turli davrlariga 
to‘g‘ri keladi. Shoir o‘z g‘azallarida tabiat go‘zalligini nozik did va ruhiy 
ko‘tarinkilik bilan ifodalaydi. O‘zining ilg‘or dunyoqarashlariga muvofiq holda 
odamiylik, go‘zallikni yuqori darajaga ko‘taradi
1

Tabiat go‘zalliklaridan bahramand bo‘lish, ularning qadriga yetish nafaqat 
musulmonchilikdagina emas, balki insonman degan mavjudotning har biri qalbi 
qatlariga-da kirib borguvchi bir xususiyat ekanligini anglash qiyin emas. Mumtoz 
adabiyotimizda “bahoriyot” turkumidagi bir qator ijod namunalari vujudga kelgan. 
Bu singari she'rlarni Muqimiy, Furqat kabi shoirlar ijodida ko‘rish mumkin. 
Ma'lumki, Furqatning “Fasli navbahor o‘ldi, ketibon zimistonlar” g‘azali juda 
mashhur. Dilafgor ham ayni mavzuda ijod qilganini ta'kidlash kerak: 
Inoyat birla, jono, sayri sahro aylamaysizmu? 
Ko‘ngul ko‘zgusini g‘amdin mubarro aylamaysizmu? 
 
Bahor ayyomi keldi, dashtu sahro lolazor o‘lmish, 
Qilibon daf'i dilgirlik, tamosho aylamaysizmu? 
 
Damodam yuz fasohatda sochib shahdu shakarlarni, 
Takallumda itobomiz barpo aylamaysizmu? 
 
O‘zingizga berib oro, tulu'i shamsu anvardek, 
1
 
http://e-adabiyot.uz/kitoblar/maqolalar/179-furqat.html?start=16
 


48 
Xaloyiqni jamoliingizga shaydo aylamaysizmu? 
 
Latofatlar bilan bog‘ ichra gulu rayhonu sunbulni
Qaddingiz ko‘rsatib onlarni rasvo aylamaysizmu? 
 
Labingiz bodasidin tashnalab o‘lgan qulingizni, 
Tarahhum aylab anga ruhafzo aylamaysizmu? 
 
Hamisha lof urar ohu qaro nargis binosida, 
Suzib siz ham qaro ko‘zlarni shahlo aylamaysizmu? 
 
Jahon ahli bo‘libdur hajringizda turfai majnun, 
Nechuk berahmsiz onlarga parvo aylamaysizmu? 
 
Ochib gul g‘unchadek labni, siqib guldastadek belni, 
Kirib bozor aro, bir nav'i savdo aylamaysizmu? 
 
Necha muddat Dilafgor oshnolikni umid aylar, 
Karam aylab muhabbat rasmin ifsho aylamaysizmu? 
Ushbu fasldagi ilmiy kuzatishlardan quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
1. “Gulshani Dilafgor” to‘plami 23 g‘azal, 20 muxammas, (1 muvashshah), 
3 musaddas, (1 tarje'band), 1 chiston va 2 farddan iborat. 
2. “Gulshani Dilafgor” to‘plami noshirlari Dilafgor ijodida Muqimiy, Xislat, 
Kamiy kabi shoirlarning ta'siri kuchli bo‘lgan degan xulosalarga kelishsada, aslida 
shoir she'riyatining mavzu ko‘lami ancha kengroqdir. Dilafgorning haqiqiy 
musulmon farzandi sifatida hazrati Abu Bakr Siddiq munojotlariga taxmis 
bog‘laganligi ham bunga dalildir. 


49 
3. Dilafgor g‘azallarida ilohiy muhabbat, so‘fiyona sevgi motivlari ham 
kuylanadi. Shoir aksariyat she'rlarida yer go‘zaliga murojaat qilayotgandek 
bo‘lsada, aslida ularda Yaratganga bo‘lgan sevgisini izhor qiladi.
4. Dilafgor fuzuliyona g‘azallar bitib, go‘zal an'anani davom ettirdi, 
Furqatning “Fasli navbahor o‘ldi...” g‘azaliga bitgan tazmini shoirning bu 
dunyoning go‘zalliklaridan estetik zavq ola bilish ham kerakligini hisobga olsak
shoir she'riyatining mavzu ko‘lami yanada kengroq ekanligi ma'lum bo‘ladi. 
5. Shoir milliy uyg‘onish davri ijodkori sifatida “uyg‘on, millat” deya 
hayqirdi, she'rlarida millatning tanazzulga yuz tutish sabablarini ham ko‘rsatishga 
urindi. Dilafgorning bunday asarlarida millatparvarlik va ma'rifatparvarlik 
g‘oyalari yorqin aks etganligini alohida ta'kidlamoq lozim. 


50 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin