44
Tushsa gar har mushkule qilma birovga oshkor,
Mushkiling hal qilg‘uvchi mushkulkushog‘a takya qil.
Charx zulmidin yaqo yirtib o‘zing etma halok,
Osiy bo‘lsang, sohibi hamdu sanog‘a takya qil.
Takya qilg‘on bandasini aylamas zoe' Xudo,
Yo‘lda qolsang yo‘l yo‘qotib, rahnamog‘a takya qil.
Har kuni boshingg‘a tushsa mehnati ranju alam,
Gardaningni xam qilib, ul Rabbanog‘a takya qil.
Bebizoatman debon osiyi Dilafgor, g‘am yema,
“Yaf'alullohu ma yasha'” hukmi Xudog‘a takya qil.
“Tasavvuf musulmon Sharqi mamlakatlari ijtimoiy va ma'naviy hayotiga
chuqur kirib bordi; fan, madaniyat va adabiyot rivojiga katta ijobiy ta'sir ko‘rsatdi.
XI asrdan boshlab Sharqning deyarli barcha
nufuzli shoir va yozuvchilari,
mutafakkir va olimlari tasavvufdan oziqlanib, uning insonparvarlik va haqsevarlik
g‘oyalaridan ruhlanganlar. Shuni nazarda tutib, atoqli olim ye.E.Bertels o‘tgan
asrning boshidayoq qayd etgan edi: “Tasavvuf adabiyotini o‘rganmasdan turib,
o‘rta asrlar musulmon Sharqi madaniy hayoti haqida tasavvurga ega bo‘lish
mumkin emas. Bu adabiyotdan xabardor bo‘lmasdan Sharqning o‘zini ham anglash
qiyin”, – deya ta'kidlagan edi tasavvufshunos olim N.Komilov
1
.
Shoir Dilafgor
ham bir musulmon kishisi sifatida tasavvufiy asarlardan bebahra qolishi,
undan
ilhomlanmasligi mumkin emas edi.
Bandasan, ey dil, rizoyi Rabbanoni izlagil,
Ummat o‘lsang, sarvari haq Mustafoni izlagil.
1
Комилов Н. Тасаввуф. – Т.: “Movarounnahr” – “O’zbekiston” NMIU. 2009. – Б.4.
45
Misli Adhamdek bu olam nash'asini tark etib,
Oh urub yig‘lab, haqiqiy podshohni izlagil.
Yotma sen tokay bu g‘aflat xobida rohat bilan,
Qolmadi fursat, ko‘zing och, muddaoni izlagil.
Oxirat borg‘onda qattig‘ xalq aro sharmandalik,
Jurmu isyoningg‘a sen barham shifoni izlagil.
Bandalik lofin urar, sitam fikru avzo'ing g‘alat,
Doimo qilg‘on gunohingg‘a davoni izlagil.
Ikki kunlik umringa qilma bino, aytay sanga,
Bevafo ushbu jahon, dorulbaqoni izlagil.
Ey Dilafgor, yo‘l xatarlik, yo‘l adashgan vaqtida,
Qo‘l tutarga rahnamo piru hudoni izlagil.
Dilafgorning ushbu g‘azalida
“Ibrohim Adham singari podshoh bo‘lsang
ham bu dunyoning jilvalariga uchma, uni tark et, haqiqiy dunyo rohati senga
ko‘proq kerak bo‘ladi oxiratda”
degan g‘oya ilgari surilgan bo‘lib, bunday fikrlar
har qanday davrda ham o‘z qimmatini yo‘qotmaydi. Shoirning quyidagi she'ri ham
ayni shu yo‘nalishda bitilgan:
Bu olam ayshi, ey tan, xasta yotganingg‘a arzirmu?
Hayoti jovidoning bir kun o‘lganingg‘a arzirmu?
Bu besh kunluk jahon ichra tamomi mulku ashyolar,
Ketar vaqtida qilg‘on ohu afg‘oningg‘a arzirmu?
Tiriklikda bu mingan markabing, ey bandai g‘ofil,
Ketib joning, yag‘och ot uzra minganingg‘a arzirmu?