www.sies.uz
Page 233 of 356
234
234
1.
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridan qayta sotish uchun sotilgan
tovarlar.
2.
o‘quv yurtlariga ko‘rgazmali qurollar, maxsus mebel, inventarlar, jihozlar
va h.k.lar.
3.
Tovar yetkazib beruvchiga qaytarilgan tovarlar qiymati.
4.
Veksellar bo‘yicha tovar sotish.
5.
Savdo shaxobchalarida sotilgan transport chiptalari.
6.
Bolalar bog‘chalariga, sog‘liqni saqlash va boshqa muassasalarga
meditsina jihozlari, inventarlari, maxsus mebel, medikomentlar.
7.
Savdo shaxobchalariga, ommaviy ovqatlanish korxonalariga inventarlar,
choyshablar, idish tovoqlar.
8.
Sport muassasalariga sport tovarlari.
9.
Ishlab chiqarish korxonalaridan to‘g‘ridan – to‘g‘ri chakana sotish.
9.1.2.
Chakana tovar aylanishi
tasnifi
.
Chakana tovar aylanishi quyidagicha tasniflanadi.
I.
Mulk shakli bo‘yicha:
1.1. Davlat savdo korxonalari.
1.2. Matlubot korperatsiyasi.
1.3. Xususiy savdo korxonalar.
1.4. qo‘shma mulk korxonalari.
1.5. Yakka tartibdagi xo‘jaliklar.
1.6. Aksioner jamiyatlari.
II. Savdo bilan shug‘ullanuvchi korxonalari turlari bo‘yicha:
2.1. Chakana savdo shaxobchalari.
2.2. Ommaviy ovqatlanish korxonalari.
2.3. Firma magazinlari.
2.4. Dexqon bozori.
2.5. Tashkil qilinmagan bozor.
www.sies.uz
Page 234 of 356
235
235
2.6. Komission savdo.
III. Chakana tovar aylanishi tarkibidagi assortimenttlar bo‘yicha:
3.1. Oziq – ovqatlar.
3.2. Nooziq – ovqatlar.
IV. Oldi sotdi munosabatlari bo‘yicha:
4.1. Naqt pul orqali.
4.2. Pulsiz aloqalar.
4.3. Bank cheklari orqali.
4.4. Kredit yoki elektron kartochkalari orqali.
4.5. Kreditga sotish.
9.1.3 Chakana tovar aylanishi ijtimoiy – iqtisodiy ahamiyati.
Chakana tovar aylanishi jamiyatining ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishining asosiy
ko‘rsatkichlaridan biri. U orqali ishlab chiqarilgan, keltirilgan (mahsulotlar) tovarlar
qiymatini va iste’mol qiymatini jamiyat tomonidan tan olinganligi izhor qilinadi. Oldi-
sotdi jarayonida tovar aytiboshlashni oxirgi bosqichi bo‘lib unda butun tovarlarni ishlab
chiqarish va ayriboshlash bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar pul shaklida qaytariladi. Shu
sababli sanoat korxonalari qishloq xo‘jalik sub’ektlari, transport va savdo tashkilotlari
o‘z faoliyatini takrorlash imkoniyatiga ega bo‘ladi, ya’ni takror ishlash jarayoni doimiy
jarayonga aylanadi.
Tovarlarni 80-90% savdo korxonalari orqali sotiladi.
Chakana tovar aylanishi jamiyatning pul muomalasi jarayoniga ta’sir qiladi.
Jamiyatdagi pul tushumining ko‘p qismi chakana savdoda tovarlar oldi sotdi jarayonida
qatnashadi.
Chakana tovar aylanishi jamiyatning pul muomalasi jarayoni bilan chambarchas
bog‘liq, naqt pulning 70-80% chakana tovar aylanishida o‘z aksini topdi. Pul emissiyasi
chakana tovar aylanishi bilan bog‘liq, chakana tovar aylanishi o‘sishi yoki kamayishi
kassalarga pul tushumlariga tegishlicha ta’sir qiladi.
Chakana tovar aylanishi ko‘rsatkichi jamiyatdagi ayrim mutonosibliklar
www.sies.uz
Page 235 of 356
236
236
(propotsiyalar)ni ta’minlashga ta’sir qiladi.
Tovar va pulni ayriboshlash jarayonini normal holda tashkil qilish bir tomondan
bozorga chiqarilgan tovarlarning miqdori va tarkibiga, ikkinchidan, aholining harid fondi
miqdoriga va talabning tarkibiga bog‘liqdir.
Davlat byudjetiga tushumlarni ko‘p qismi chakana tovar aylanishi orqali ro‘yobga
chiqariladi.
Chakana tovar aylanish miqdorida ishlab chiqarish va iste’mol, talab va taklifni
muvofiqlanishi o‘z aksini topadi.
Chakana tovar aylanishi hajmi savdo korxonalarining daromad va foydasining
miqdoriga to‘g‘ridan – to‘g‘ri bog‘liq.
Chakana tovar aylanishini yana bir tomoni u aholi yashash darajasini baholashga
imkoniyat yaratadi. Chunki chakana tovar aylanishi aholini shaxsiy iste’molini asosiy
qismini tavsiflaydi. Shu bilan bir qatorda chakana tovar aylanishi iqtisodiyotni
rivojlanishini tavsiflaydigan ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Chakana tovar aylanishi orqali aholining moddiy farovonligiga, ularni alohida
tovarlar bilan ta’minlanishiga baho beriladi.
Chakana tovar aylanishi ko‘rsatkichi ish haqi, nafaqa, stipendiya to‘lashni o‘z
vaqtida amalga oshirishga ta’sir qiladi.
9.1.4. Chakana tovar aylanishi ko‘satkichlari va ularni balans bog‘liqligi.
Chakana tovar aylanishi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tig‘iz balansli bog‘liqlikda
namoyon bo‘lib turadi.
Ularga:
Birinchidan, tovarlani sotilish hajmi, bu ko‘rsatkich chakana tovar aylanishi deb
yuritiladi chakana savdo va ommaviy ovqatlanish shaxobchalaridan sotilgan tovarlar
hajmidan iborat bo‘ladi. Ushbu ko‘rsatkich savdo va ommaviy ovqatlanish uning tuman,
viloyat, respublika miqyosida ishlatiladi.
Alohida olingan savdo shaxobchasida ushbu ko‘rsatkich uning chakana tovar
aylanishi ko‘rsatkichiga teng bo‘ladi;
www.sies.uz
Page 236 of 356
237
237
Ikkinchidan, tovar zahiralari, ular davr boshiga va davr oxiriga hisobga olinadi;
Uchinchidan, tovarlarni kelishi, ya’ni tovar taklifi;
To‘rtinchidan, tovarlarni tabiiy yemirilishi va tovarlarni boshqa savdo
shaxobchalariga berib yuborish kabilar kiradi.
Ushbu ko‘rsatkichlar tovarlarning umumiy hajmi bo‘yicha va ularni assortimenti
bo‘yicha hisob – kitob qilinadi, tahlil qilinadi, prognoz qilinadi va rivojlantiriladi.
Bu ko‘rsatkichlar balans bog‘liqlikda bo‘lib, uning bir qismi talab miqdorini,
ikkinchi qismi taklif, ya’ni tovarlar bilan ta’minlanganlik darajasini anglatadi.
Ushbu bog‘liqlikni quyidagicha ifodalash mumkin:
Z
1
+CHTA+Ty+Xx=Tk+Z
2
;
Bu yerda:
Z
1
– davr boshidagi tovar zahiralari;
CHTA – chakana tovar aylanishi;
Ty – tovarlarni tabiiy yemirilishi;
Xx – hujjatlashtirilgan harajatlar;
Tk – tovarlarni kelishi;
Z
2
- davr oxiridagi tovar zahiralari.
9.1.5.Chakana tovar aylanishi rivojlanish tendensiyalari.
O‘zbekiston Respublikasida chakana tovar aylanishi tendensiyalarini aniqlash
uchun quyidagi jadvaldagi ma’lumotlarni tahlil qilamiz.
9.1.5.1 – jadval
Aholiga tovar sotish va xizmat ko‘rsatish hajmi.
Jumladan
Aholiga tovar
sotish va xizmatlar
ko‘rsatish hajmi
Tovarlar sotish
Xizmatlar ko‘satish
Yillar
mlrd. sum
%
mlrd. sum mlrd. sum mlrd. sum
%
2000
2079,4
100
1787,5
85,2
309,9
14,8
www.sies.uz
Page 237 of 356
238
238
2001
3172,2
100
2699,9
85,1
472,3
14,9
2002
4497,7
100
3786,3
84,2
711,4
15,8
2003
5238,1
100
4289,7
81,9
948,4
18,1
2004
5991,3
100
4764,7
79,5
1226,6
20,5
Manba: O‘zR Davlat statistika qo‘mitasi.
Ushbu ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki aholini tovar va xizmatlarga
harajatlarini umumiy hajmida tovarlarning hissasi yuqori (85-80%), va xzmatlar esa 15,0
– 20,0 atrofida. Kam miqdorda bo‘lsa ham xizmatlarning hissasi ortib borishi
kuzatilmoqda.
Chakana tovar aylanishi hamda pullik xizmatlar solishtirma baholarda yildan
yilga o‘sib borishi kuzatilmoqda, (9.1.5.2 jadval) jumladan xizmatlar hajmi chakana tovar
aylanishiga nisbatan tezroq sur’atlarda ortib bormoqda, xuddi shunday ularning hajmi
haqiqiy baholarda 2000 yilga nisbatan tez sur’atlarda ortib borgan. Chunki chakana tovar
aylanishi 2,6 marotaba ortgan bo‘lsa, xizmatlar – 4,0 marotabbaga ortgan. Ushbu
ko‘rsatkichlar tovar bahosi indeksiga nisbatan xizmatlar bahosi indeksi yuqori miqdorda
ortib borayotganligidan ham dalolat beradi. Shu bilan bir qatorda har yili ularni fizik
miqdori ham ortib borayotganligini ko‘rish mumkin.
9.1.5.2 jadval
Dostları ilə paylaş: |