Ielts – writing section



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə2/20
tarix12.04.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#96665
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
IELTS PREPARATION Uzb автовосстановление

Paraphrasing – bu nima?


Parafrazatsiya shunchaki berilgan topshiriq savolini ma’nosini o’zgartirmagan xolatda boshqa ibora yoki (synonym) jumlalar hamda har xil so'zlar bilan yozishdir. Bu sizni imtihonchiga savolni tushinganingizni va o’z so’zlaringiz bilan savolni ifoda etib bera olishingizni ko’rsatadi. Bir so’z bilan aytganda, ushbu uslub baxoyingizni oshirishga katta yordam beradi. Parafrazatsiya Writing Task 1 uchun faqatgina savolni qaytda yozishda ishlatiladi.


Example: Paraphrasing is one of the most important skills to learn before doing your IELTS test.


Paraphrased: Prior to taking the IELTS test, mastering paraphrasing is one of the most crucial things to do.


Vocabulary:
Before – prior to – avval
Important – Crucial – muxim
Learn – Master – o’rganmoq


Overview – bu nima?
Overview – bu umumiy nuqtai nazar ya’ni sharh hisoblanadi. Sharhlash yoziladigan inshoning eng muhim bandi xisoblanib. Sharh shunchaki, grafik, jarayon yoki xaritadagi asosiy yoki eng muhim fikrlarning xulosasidir. Odatda bu 2-3 jumladan iborat va sizning inshoyingizda yozgan ikkinchi xatboshi ya’ni paraphrasing dan keyin bo'lishi kerak. Sharh bu sizning inshoning qolgan qismida nima yozishingizga ham ta'sir qiladi.
Qanday qilib grafikdan asosiy xususiyatlarni tanlab olamiz?
Buning tushinishingiz va tanlashingiz uchun, siz grafik turini yaxshi tushinishingiz kerak bo’ladi. Odatda 2 xil grafik turi mavjud. Bular dynamic va static xisoblanadi.

Biz dynamic grafiklarni ko’rganimizda, ushbu ma’lumotlarni qidirishimiz kerak bo’ladi.



  • Berilgan grafik boshidan oxirigacha nima qiladi?

  • Grafikdagi o’zgarishlari ko’tariladimi, tushadimi yoki tebranishni o’zida ko’rsatadimi?

  • Berilgan umumiy statistikada ajralib turadigan farqlar bormi?

  • Umumiy olganda grafikdagi statistika o’sadimi yoki pasayib ketadimi?

  • Eng yuqori va eng quyi natijalar

Biz static grafiklarni ko’rganimizda, ushbu ma’lumotlarni qidirishimiz kerak bo’ladi.





  • Eng yuqori yoki past qiymatlar qanday?

  • Eng sezilarni farqlar qanday?

  • Biror bir o’xshashliklar bormi?

  • Biror bir muxim istisnolar bormi?




Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin