Ielts – writing section



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə8/20
tarix12.04.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#96665
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
IELTS PREPARATION Uzb автовосстановление


Namuna:
The number of populations had been rising from about 25% to 45% before it
started to fall gradually in 2010
Aholi soni 2010 asta-sekin pasayishni boshlashidan oldin, 25% dan 45% ga
ko’tarilayotgan edi.

Present Simple - formula S + V(es,s)
Hozirgi noaniq zamon (yoki ba’zan «Hozirgi oddiy zamon» ham deb yuritiladi) (Present Simple) odat tusiga kirib qolgan, doimiy takrorlanadigan, qat’iy qoidaga aylanib qolgan ish-harakatlarni ifodalash uchun ishlatiladi. Bu zamon bilan kundalik hayotimizda bajarishimiz odat tusiga kirib qolgan, umumiy holatda doim mavjud bo’lgan ish harakatlar ifodalanadi.
Namuna: The number of populations rises from about 25% to 45% in 2020
2020 yilda, aholi soni taxminan 25% dan 45% ga ko’tariladi

Present Perfect – formula S + have/has + V3 yoki V(ed)
Umuman olganda, biz ushbu zamondan hozirgacha noma'lum vaqtda yuz bergan harakatlar haqida ta’rif berganda foydalanamiz. Aniq vaqt davri muhim emas.1-topshiriqni yozishda, biz ushbu vaqtdan foydalanib, vaqt o'tishi bilan sodir bo'lgan ma'lumotlar o'zgarishi haqida gaplashamiz.
Namuna: The number of populations has risen from about 25% to 45% for 5 years
5 yil mobaynida, aholi soni taxminan 25% dan 45% ga ko’tariladi


Present Perfect Continuous – formula S + have/has + been + Ving
Umuman olganda, siz bu zamonni o’tgan zamonda boshlanib, xozirda ham davom etib kelayotgan ish xarakatlarni ifodalashda foydalanasiz.
Namuna: The number of populations has been rising from about 25% to 45% for 5 years
5 yil dan beri, aholi soni taxminan 25% dan 45% ga ko’tarilyapti


Future Simple - formula S + will + V
Kelasi oddiy zamon, kelasi zamonda sodir bo’ladigan ish xarakatlarni ifodalashda ishlatiladi. Odatda kelajak zamoni ikki xil xolatda ishlatilishi mumkin. Oldindan rejalashtirilgan ish xarakatlar uchun yoki uzoq kutmay qilingan ya’ni momental qarorlar uchun ishlatiladi. Lekin ushbu imtihonga yo’lantirsak, kelajakda sodir bo’lishi ko’rsatilgan tendentsiyalarni (trend) ta’riflashda ishlatamiz.
Namuna: The number of populations will rise from about 25% to 45% by 2050
2050 yilga kelib, aholi soni taxminan 25% dan 45% ga ko’tariladi



Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin