Ii. Asosiy qisim 1-bob. Sut vasut mahsulotlar texnalogiyasi


Ishlab chiqarish sexlari va yordamchi xonalarga bo‘lgan sanitariya-gigiyena talablari



Yüklə 490,5 Kb.
səhifə30/31
tarix18.06.2023
ölçüsü490,5 Kb.
#132264
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
LUIZA TAYYOR DIPLOM

Ishlab chiqarish sexlari va yordamchi xonalarga bo‘lgan sanitariya-gigiyena talablari
12. Ishlab chiqarish sexlari bilan maishiy xonalar alohida joylashtirilishi kerak. Xonalar ko‘p yoki bir qavatli ishlab chiqarish binolarida joylashtirilishi mumkin.
13. Ishlab chiqarish sexlarining joylashuvi texnologik jarayondagi texnologik kommunikatsiyalar (sut oquvchi tarmoq) hamda xomashyo va tayyor mahsulot tarmoqlarining ketma-ketligini ta’minlashi lozim.
14. Korxona binosiga kirish eshigi oldida poyafzalni loydan tozalash uchun kurakcha, panjara yoki metall to‘r, bino ichidagi ishlab chiqarish sexlari va maishiy xonalarda esa dezinfeksiyalovchi gilamchalar bo‘lishi kerak.
15. Sutni qabul qilib olish yopiq xonalarda yoki ayvonchali yuk tushirish platformasida amalga oshirilishi lozim.

Xona yoki platforma sutni qabul qilib olish uchun sutni haydovchi moslama (kronshteyn) va shlang bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Sisterna yoki flyagadan sutni haydovchi shlang uzunligi 80 — 100 sm zanglamaydigan po‘latdan tayyorlangan poynak bilan tugashi lozim. Sisternadan sutni haydash uchun tsisternaning chiquvchi trubasiga ulangan ilmoqli-poynakli shlangadan foydalanish zarur.


Hayot faoliyati xavfsizligi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2016-yil 23-sentabrda matbuotda e’lon qilingan yangi tahrirdagi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunga o’zgartirish kiritildi va qonunga asosan ishchi xodimlar mehnatini muhofaza qilish, ushbu tizimni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi. Qonun matbuotda e’lon qilinganidan keyin uch oy o‘tgach kuchga kiradi. Qonun 36 moddadan iborat bo`lib, unda ish beruvchilar va xodimlarning ushbu sohaga doir talablarni bajarish bo‘yicha mas’uliyati kuchaytirilgan. Mehnat sharoiti va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli sharoitlar yaratilishi ustidan nazoratni ta’minlashga doir vazifalar belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasida qayd etilganidek, har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir. Bu amalda mamlakatimiz fuqarolarining mehnat huquqlari ta’minlanishi, pirovardida har birimizning mehnatimiz samarasidan bahramand bo`lish, farovon turmush kechirishimiz uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2909-sonqaroriqabul qilindi.
Qonunda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalligiga chalinishni tekshirish hamda hisobga olish masalalari aniq tartibga solingan. Xususan, qonunning 26-moddasiga ko`ra, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va xodimlarning o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda sog‘ligining boshqacha tarzda shikastlanishi,
shuningdek, kasb kasalliklari belgilangan tartibda tekshirilishi ham hisobga olinishi shart. Bu fuqarolik-huquqiy shartnomalar bo`yicha ishlar bajaruvchi (xizmatlar ko‘rsatuvchi) shaxslarga nisbatan ham taalluqli.Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, korxonalarda sodir bo‘layotgan ishlab chiqarish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning kelib chiqish sabablaridan biri xodimlarning mehnatni muhofaza qilish talablariga va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etmasligidir. Ba’zan ish beruvchi tomonidan xodimlarning ish vaqti va dam olish vaqtini belgilashda, ularni xizmat safarlariga yuborishda xavfsizlik talablari buzilish holatlari ham uchrab turadi.Ushbu holatlarni bartaraf etish maqsadida qonunda ish beruvchilar va xodimlar tomonidan mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etish bo‘yicha mas’uliyat oshirildi. Bu borada ish beruvchilar va xodimlarning huquq va majburiyatlari belgilandi. Xodim qulay va xavfsiz ish o‘rniga ega bo‘lish huquqiga ega. Mehnat sharoiti to‘g‘risida, shu jumladan, kasb kasalliklari va boshqa kasalliklarga chalinish ehtimoli mavjudligi, shu munosabat bilan o‘ziga berilishi lozim bo‘lgan imtiyozlar va kompensatsiyalar, shaxsiy himoya vositalari va jamoaviy himoya vositalari haqidagi axborotlarni ish beruvchidan olishi zarur.Bir so‘z bilan aytganda, mazkur qonun turli soha xodimlari uchun munosib mehnat sharoitlari yaratilishiga, fuqarolarning huquq va manfaatlari yuksak darajada himoya qilinishi va ta’minlanishiga xizmat qiladi.Inson mehnatni muhofaza qilishni yaxshilash – davlatimizning amalga oshirayotgan asosiy va muhim ijtimoiy vazifalaridan biridir. Ekologik xavfsizlik muammosi allqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatnig umumiy muammosiga aylangan.Insoniyat qanday xavf qarshisida turganligini, atrof muqitga inson faoliyati tufayli etkazilayotgan zarar qanday natijalarga olib kelganligini yaqqol xis etish qiyin emas.
Turli kimyoviy vositalar, zararli moddalar mineral o’qitlarni sanoat va qurilish materiallarini saqlash, tashish va ulardan foydalanish qoidalarininig qo’pol ravishda buzilishi yer va havoni ifloslanishiga olib kelmoqda.
Mehnatni muhofaza qilish qonuniyatlari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi mehnat qonunlari Kodekslari asosida ish olib boriladi. Mehnatni muqofaza qilishning qator masalalari Konstitutsiyada aks ettirilgan.
Mehnatkashlarni xavfsiz va sog’lom mehnat sharoiti bilan ta'minlashni Davlat o’zini asosiy vazifasi deb hisoblaydi, buning uchun zarur bo’lgan chora-tadbirlarni qonun asosida amalga oshiradi.
Mehnatmuhofazasini amaliy faoliyati mehnat sharoitlarini yaxshilash, kasb kasalliklarini va shkastlanishni oldini olishdan iborat.
O’zbekistonda mehnatni muhofaza qilish borasida bir qancha qonuniyatlar qabul qilingan. Bu qonunlar faqat ishlab chiqarishda mehnat muhofazasi texnika xavfsizligi qoidalarini nazorat qilib qolmay, balki mehnat muhofazasi qonunlari buzulmasligi uchun javobgardir.
Loyihalanayotgan korxonada mehnatni muxofaza qilish borasidagi tadbirlar qabul qilingan bo’lib, ular mehnat sharoitlarini yaxshilash va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish borasidagi uslubiy qo’llanmalar, instruktsiya ko’rsatmalar, tavsiyalar kabi umumiy qoidalarni o’z ichiga oladi.
Mehnatni muhofaza qilish qoidalari O’zbekiston Respublikasi 2009 y 47-son 59- moddasida, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 2009 yil 16 noyabrda 2042- soni bilan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 2000 yil 267- sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi hukumatining qarorlar to’plami, 2000 yil 7-son 39- modda bilan tasdiqlangan.
Korxonada xodimlar xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari ularning tavsifi, yuzaga kelish ma'nbalari, ishchilarga ta'sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavfli darajasi va kelgusidagi oqibatlari to’g’risida ma'lumotga ega. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayoning havfli hamda zararli omillari to’g’risida ma'lumotlar, ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o’lchovi natijalari, shuningdek og’irligi ish joylarini mehnat sharoitlari bo’yicha attestatsiya qilinishi bilan tasdiqlanadi.
Korxona o’ta xavfli sharoitda bajariladigan kasblar va ishlar ro’yxatiga ega. Ro’yxatda, aniq tehnologik jarayon, ishlab chiqarish uskunasi, ishlatiladigan xom ashyo va ishlarni amalga oshirish xususiyatlari bilan bog’liq xavflar hisobga olingan.
Barcha xodimlar o’ta xavfli ishlarni bajarishdan oldin, mehnatmuhofazasi
bo’yicha yo’l - yo’riq olish va ishlarni xavfsiz bajarish usullarini o’zlashtirib olganlar.
Loyihalanayotgan korxona chiqindi tashlash bo’yicha SN-245-71 ga asosan 1kategoriyaga kiradi. Sanitar himoya zonasi SNIP-2.01.03-96 ga asosan (1000) m Ma'lum bir tadbirlar, ishlab chiqarish va mehnat intizomiga rioya qilmaslik, xom ashyo va undan olinadigan maxsulotning ishchilar salomatligiga zararli ta'sir o’tkazishiga olib kelishi mumkin. havo tarkibida neft mahsulotlari (gaz kondensati, neft, benzin, dizel yoqilg’isi,kerosin) bug’larining miqdori chegaralangan ijozat etilgan kontsentratsiyasidan (ChIEK) oshganida, ular bilan zaharlanish mumkin.
Uglerod (II) oksidi - rangsiz, xidsiz nixoyatda zaharli gaz. Ishlab chiqarish binolarida CO ning miqdori 11 mg ni, havoda 0,03 mg ni tashkil etadi. U avtomobildan chiqayotgan tutun gazlarida hayot uchun xavfli miqdorda bo’ladi. Shu sababli korxonada ish vaqtida xonalar yaxshi shamollatilgan bo’lishi kerak.
Vodorod sulfid - nafas olishda yuqori nafas organlarini zararlaydi, yuqori kontsentrlangan miqdori o’limga olib kelishi mumkin, zaharli gaz, palag’da tuxum hidiga ega.
Azot (IV) oksidi - sariq rangli, spetsifik hidga ega gaz, suv buqlari bilan reaktsiyaga kirishib azot kislotasi hosil qiladi.
Korxona shamol yo’nalishi bo’yicha SNIP 2.01.01.83 ga asosan joylashgan. Bunda zaharli gaz va changlarni chiqishi hisobga olinib korxona aholi punktiga teskari qilib joylashtirilgan. Bu esa zaharli gaz va changlarni aholi punkitiga etib kelmasligini ta'minlaydi.
Texnologik jarayon uzluksiz tarzda davom etadi. Ish ikki smenada olib boriladi. GOST 12-2.03.91 KMK-3-05-98 ga asosan “Texnologik jarayonlarni tashkilashtirish sanitariya qoidalari va ishlab chiqarish jihozlariga gigenik talablar” ga muvofiq tashkil qilingan. Xom ashyo va materiallarni qayta ishlash texnologik uskunaning pasportida belgilangan talablarga muvofiq amalga oshiriladi.
Korxonada SANPIN-0120-01, SANPIN 122-01 ga asosan shovqin, tebranishdan himoya choralari ko’rilgan. Shovqin, tebranishdan himoyalash maqsadida, desorbtsiya sexini ishlab chiqarish maydonidan tashqariga joylashtirilgan. Sex, bo’limlarni eshik, derazalari maxsus tovush o’tkazmaydigan materiallardan tayyorlangan.
Korxona bo’limlarini yoritish asosan tabiiy va sun'iy ravishda amalga oshiriladi. Kunduz kuni asosan tabiiy yoruqlikdan foydalaniladi. Tabiiy yoritilish SNIP 2-01-05.98 ga asosan qabul qilingan. Kechki smenalarda esa, sun'iy yoritishdan foydalaniladi, yoritilish uchun lyumenistsent lampalardan foydalaniladi.
Loyihalayotilgan korxona tsexlarini havosi mo’'tadillashtirilib turiladi. Shamollatash qurilmalaridan foydalaniladi. Isitish SanPiN -0058-96 ga asosan amalga oshiriladi. Shamollatish qurilmalaridan to’g’ri foydalanish, uni to’liq ishlaydigan holatda bo’lishi uchun javobgarlik, mexanik zimmasiga, tsexda esa sex boshliqi va mexanik zimmasiga yuklatilgan.
Elektr uskunalarining nosozligi yoki ularning ishlatish qoida talablariga amal qilmaslik ishchi-xizmatchilarning shikastlanishiga olib keladi. Insonlarni elektr toki ta'sirida shikastlanishidan himoya qilish uchun ishlab chiqarish sharoitlarida xavfsiz tok usti qoplangan simlar, erga ulangan va neytrallovchi himoya tizimlarilan foydalanilgan. Shuningdek, elektr uskunalarni tanlash, o’rnatishda mavjud bo’lgan qonun-qoidalar normalariga amal qilingan. Statik elektr zaryadlarining kelib chiqishi moddalarning deformatsiyasi, parchalanishi (sachratilishi) oqibatida, ikki muloqotda bo’lgan tanalar, suyuq yoki to’kiluvchan materiallarning aralashishi, moddalarning zo’r berib aralashuvi, kristallanishi, bug’lanishi oqibatida sodir bo’ladi. Statik elektr zaryadlaridan himoyalanish uchun erlantirish konturi bilan bog’langan, «Kimyo, neft kimyosi va neftni qayta ishlash sanoati ishlab chiqarishining statik elektrdan himoyalash qoidalari» ga muvofiq bajarilgan, barcha texnologik apparatlarni yerlantirish ko’zda tutilgan.
Ishchilar va xizmatchilarni shaxsiy himoya vostalari bilan ta'minlash.
Ta'sir etuvchi zaharli gaz va chang bilan ishlovchi sexlarda, ishchi va xizmatchilar ob'ekt fuqoro muhofazasi bo’limi (FM shtab) xodimlari tomonidan shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlanganlar.Ular quyidagilar:
- nafas olish a'zolari himoyasi vositalari uglevodorodlardan filtrlovchi A» va «BKF» rusumli protivogazlar, «PSh-1» va «PSh-2» rusumli shlangli protivogazlar,

changdan saqlovchi respiratorlar;


- maxsus kiyim: paxtaqog’ozlix bir yoqlama tugmali kostyum;
- maxsus oyoq kiyimi: rezina poshnali charm botinkalar;
- qo’lni himoyalovchi vositalar: paxtaqog’ozli qo’lqoplar, kislota va ishqorlardan rezinali qo’lqoplar;
- boshni himoyalovchi vositalar: himoyalovchi kaskalar podshlemniklari bilan;
- ko’zni himoyalovchi vositalar: himoyalovchi ko’zoynaklar;
- saqlovchi moslamalar: saqlovchi belbog’lar;
- eshitish a'zolarini himoyalovchi vositalar: shovqinga qarshi quloqchinlar (kompressorlar mashinistlari uchun).
Nafas olish organlarini muhofazalash maqsadida shaxsiy himoya vositalaridan gazniqoblar nazarda tutilgan.
Xulosa
Sut va sut mahsulotlari almashtirib bo'lmaydigan oziq-ovqat mahsulotidir. Ular parhezli va tibbiy oziq-ovqat mahsuloti bo'lib, boshqa oziq-ovqat mahsulotlaridan farqli o'laroq, tanada zarur bo'lgan barcha moddalarni maqbul muvozanat holatida o'z ichiga oladi. Sut organizmning normal o'sishini, rivojlanishini va hayotiy faoliyatini ta'minlaydi. Sutning yuqori ozuqaviy, biologik va dorivor xususiyatlari qadimdan qadrlanib kelgan, qadimgi davrlarda sutga "hayot sharbati", "oq qon", "sog'liq manbai" va boshqalar kiradi.Inson tanasida sut va sut mahsulotlarining hazm bo'lishi 95-98% ni tashkil qiladi. Sut mahsulotlarini har qanday dietaga kiritish uning foydaliligi va sifat ko'rsatkichlarini oshiradi, boshqa tarkibiy qismlarni yaxshiroq o'zlashtirishga yordam beradi.Funktsional sut mahsulotlarining yangi turlarini ishlab chiqish bir necha yo'nalishda amalga oshiriladi. Probiyotik, prebiyotik va simbiyotik sut mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda, biologik faol moddalar, o'simlik oqsillari, minerallar, vitaminlar, xun tolasi, polifenollar, o'simlik moylari va boshqalar bilan boyitilgan mahsulotlar.Pishirilgan sut yoki qaynatib pishirilgan sut bir sut mahsuloti boʻlib, qaymogʻi olinmagan sutni avval qaynatib, keyin bir meʼyorda isitish orqali tayyorlanadi. Mahsulot sargʻish rangda boʻladi. Xom sutdan farq qilib uzoqroq saqlanadi va achimaydi. Pishirilgan sutdan qizarib ivigan qatiq
tayyorlash, uni qandolatchilikda ishlatish mumkin. Pishirilgan sut yogʻliligi 6% yogʻi olinmagan sutdan tayyorlanadi. U 80—85°C haroratda 4 soat yoki 90—95°C haroratda 2-3 soat mobaynida saqlanadi. Sut yana odam va sutemizuvchi hayvonlarning laktatsiya davrida sut bezlarida ishlab chiqariladigan suyuklik; fiziologik jihatdan yangi tugʻilgan naslni oziqlantirishga moʻljallangan murakkab kimyoviy tarkibga va barcha oziq moddalarga ega. Tarkibida suv, oqsil, yogʻ, mineral moddalar, vitaminlar, fermentlar, gormonlar va boshqa moddalar bor. Sut sifatini yaxshilash, uni ishlab chiqarishni ko'paytirish kabi dolzarbdir. Bugungi kunda xom ashyoning yarmidan ko'pi qayta ishlash talablariga javob bermaydi. Faqat yuqori sifatli sut sog'liq uchun foydali. Ammo, Gomogenlangan sutdan tayyorlangan sut mahsulotlarida yog 'pufakchalari massa bo'ylab bir hil taqsimlanadi va cho'kmaydi. Yog 'pufakchalarining parchalanishi ularning sirtini kattalashishiga olib keladi va shu bilan lipazning yog'ga ta'siri uchun qulay sharoit yaratadi, bu uning fermentativ gidrolizini tezlashtiradi va osonlashtiradi.

Yüklə 490,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin