Lyuter tomonidan 1523-1524 yillarda yozilgan asarda birinchi marta «Muttersprache» tushunchasi qo‘llanilgan, keyinchalik esa ushbu tushuncha adabiy tilda mustahkam o‘rnashib oladi. Lyuter til unifikatsiyasini tushunadi va ongli ravishda yagona umumiy nemis tilini targ’ib qiladi.
Lyuter bibliyasining nashr qilinishi bilan u tezda Germaniyaning barcha viloyotlarida qo‘llanma sifatida chop qilinadi. Keyinchalik Lyuterning boshqa asarlari ham keng tarqaladi, jumladan, cherkov madhiyasi, diniy-nasihat asari, shuningdek pop va katolik cherkoviga qarshi qaratilgan xatlar. Lyuterning «Ein feste Burg ist unser Gott» nomli madhiyasi XVI-asrning «Marselyozasi» deb ataladi. (Marselyoza bu 1792 yilda Frantsiya burjua revolytsiyasi davrida, yaratilgan revolyutsiyon qo‘shiq, keyinchalik esa Frantsiya davlatining madhiyasi). Lyuterning nemis milliy tilinig tiklashda qilgan xizmati quyidagicha baholanadi: «Lyuter nafaqat cherkovning, balki Avdiy otxonasini ham tozaladi (o‘ta iflos, juda chalkash betartib ekanligini bildirgan. Ushbu ibora Yunoniston podshosi madhiyasi Avdiyning 30 yillar davomida tozalanmagan otxonasi haqidagi afsonadan kelib chiqgan). Shu bilan bir vaqtda XVI asr Marselozasini yaratdi (Marseloza lirikasi. 1792 yilda Ruje de Meje tomonidan yozilgan).
Lyuterning faolyati nemis milliy adabiy tilining vujudga kelishida muhim rol o‘ynaydi. Lyuter tili nima bilan harakterlanadi. Buni quyidagi misollar orqali kuzatish mumkin: Masalan, Lyuter o‘rta yuqori nemis tildagi “-uo” tovush birikmasi o‘rniga “-u” tovushini ishlatadi:
Buch, qut;- “ie” tovush birikmasi o‘rniga xuddi shunday “-ie” ni qo‘llaydi. Lyuterda "ie” tovush birikmasidagi “-e” faqat cho‘ziqligni ko‘rsatish uchun xizmat qilgan: sieben, wiese, o‘rta yuqori nemis tilida ushbu so‘zlar quydagicha ko‘rinishga ega bo‘lgan: sibon, wise.
Qadimgi yuqori nemis tilida uchraydigan “-ei” diftongi ham Lyuterda o‘zgarishga uchramagan, ya’ni janubiy dialektda “–ei,” “-ai,” shakillarda berilgan: Bein, Stein, Lain. Lyuter tez orada sharqiy o‘rta nemis dialektlarda yoziladigan quyidagi, ya’ni gleuben, teufen, Heupt- so‘zlaridan voz kechib, ularning o‘rnida janubiy nemis dialektlarida uchraydigan - glauben, taufen, Haupt – kabi so‘zlardan foydalanadi.
Lyuterning tili janubiy nemis tilidan farq qilgan holda so‘zlarning oxiriga “-e” qo’shilib yozilgan: Nam/Name (L), Speis/Speise (L), Rede (L), Wolf/Wolfe (L); Wind/Winde(L). Lyuter sharqiy o‘rta nemis tilining devonxona hujjatlarida uchraydigan “-is” dan voz kechib, uning o‘rninga “–es” yozadi, Gottis/Gottes; Freundis/Freundes.
Xuddi shunday holatlarni Lyuterda uchraydigan undosh tovushlar sistemasida ham ko‘rish mumkin. Masalan, janubiy nemis tilida uchraydigan P-tovushi o‘rnida B-tovushi va s- o’rniga esa sch-tovush birikmasi ishlatilgan. Pot /Bote; Smerte-Schmerz, Swalbe-Schwalbe va boshqalar.
Yuqorida keltirilgan xulosalar shu narsani ko‘rsatadiki, Lyuter nemis adabiy tilining hamma vaqt ham Saksoniya devonxonasi normalariga tayanib, uni ko‘p hollarda janubiy nemis tilini normasiga yaqinlashtirib boradi. German jamiyatidagi xilma-xil sinflar Rim bilan tashkiliy bogʼlanib, mustaqil ish koʼruvchi boy ruhoniylarga dushman koʼzi bilan qarardilar. Dunyoviy knyazlar va ritsarlar cherkov ta’sirini pasaytirib, uning mulklarini musodara qilib, davlat ixtiyoriga olishni orzu qilishgan, chunki cherkov davlatning taraqqiy etishga ham tosqinlik qilib turgan kuchlardan bo‘lgan. “Jo‘n cherkov” tuzishdan manfaatdor boʼlgan shaharliklar Rimga beriladigan ogʼir toʼlovlarga xotima berish, sosloviechilik asosida yashab kelayotgan ruhoniylarni tugatish va cherkov jamoalarining ishlariga bevosita raxbarlikni byurgerlarga topshirish uchun kurashgan. Dehqonlar ruhoniylarning yuqori tabaqasini, avvalo, renta puli, ushr va boshqa har qanday toʼlovlar yigʼib oladigan oʼz “xoʼjayinlari”ni feodallar deb bilardilar. Qishloqlardagi quyi tabaqa ruhoniylar esa, dehqonlardan juda kam farq qiladigan sharoitda yashagan. Ritsarlar bilan bir qatorda cherkov feodallari, ayniqsa monastirlari ham koʼpincha dehqonlarni rahmsiz ravishda ekspluatatsiya qilishgan. Ular barshchinani kuchaytirishga, chinshini koʼpaytirishga va jamoa yerlarini dehqonlar qoʼlidan tortib olishga harakat qiladi. Germaniyada cherkov masalasi umum xalq milliy masalasi tusini olishga sababchi bo‘ldi. Shunday qilib, nemis gumanistlar orasida ham cherkovga qarshi g‘oyalar vujudga kelib bo‘lgan edi. Mislol uchun Erazm Rotterdamskiyning 1509 yilda yozilgan “Betamizlik madhiyasi” satirik asarida ko‘rishimiz mumkin, chunki mahorat bilan yozilgan bu satiradan papa cherkovi qarshi olib borgan kurashda qurol sifatida foydalangan. Germaniyada XVI asr boshida nihoyat darajada keskinlashib ketgan sinfiy ziddiyatlar oqibatlari natijasida keng revolutsion harakatga aylandi. Reformatsiya, ya’ni papa katolik cherkoviga qarshi harakat bu revolutsion harakatning birinchi davri bo‘lib qoldi. “Har bir mamlakatda dunyoviy feodallar bilan alohida-alohida kurash boshlashdan avval uning bu muqaddas markazi tashkilotini yo‘q qilish lozim edi”. Germon reformatsiyasining boshlanishi Martin Lyuter nomi bilan bog‘liq. Reformatsiyaning boshlanishi 1517 yilning 31 oktyabr Martin Lyuter cherkov eshigiga qog‘ozni yopishtirishidan boshlandi. Bu voqeya “95 tezis” - indulgensiyalarni sotishga qarshi e’tirozlar bilan xarakterlanadi. Аslida faqat ilmiy munozara uchun mo‘ljallangan ushbu tezislar lotinchadan nemis tiliga tarjima qilinib, butun Germaniyani to‘lqinlantirib yuborishga sababchi bo‘lib qoldi. Keng muhokamalar davomida Lyuterning qarashlari va pozisiyasi aniq bo‘lib bordi. 1520 yil 15 iyunida papa Lev X (1475–1521) Lyuterni cherkovdan haydashga tahdid qiluvchi bulla e’lon qildi. Papa vakillari bulla matnini Germaniya bo‘ylab tarqatib, Lyuter asarlarini yoqishni tashkil qildi. Bunga javoban Lyuter o‘z talabalari yordamida cherkov kitoblari va bulla matnini yoqadi. 1521 yil boshida Lyuter va uning tarafdorlari cherkovdan haydaldilar. Martin Lyuter Rim sudiga chaqirilganda u borishdan bosh tortdi va 1521 yilda Vorms shahridagi imperatorlik sudiga chaqirishga to‘g‘ri keldi. Lyuterning do‘stlari uning hayoti uchun xavotirlanib, Vormsga bormaslikni maslahat beradilar. “Mendan hamma narsani kutinglar, faqat qochishni va voz kechishni emas. Men qochmayman va eng so‘nggi kunimgacha tan oladiganim, o‘z ta‘limotimdan voz kechmayman!”, - Lyuter o‘z tarafdorlariga ana shunday javob berdi. Vormsga boradigan yo‘lda unga tantanali uchrashuvlar uyushtirdilar, ko‘plab xalq to‘plandi va u o‘z duolarini o‘qidi. Vorms seymi uning uchun eng sharafli onlar bo‘lib qoldi. Shahar ko‘chalari va maydonlarini xalq oqimi to‘ldirib yubordi. Imperator Lyuterdan o‘z ta’limotidan voz kechishni talab qildi, lekin u papaga bo‘ysunishdan va indulgensiyalarning sotilishini ma’qullashdan bosh tortdi. Yig‘ilganlarga murojaat qilib, Lyuter o‘zining mashhur so‘zlarini aytdi: “Men shu so‘zimda turibman. Va boshqacha bo‘la olmayman. Xudo menga ko‘maklashadi. Omin”. Uning nutqi davomida zaldan ma’qullagan xitoblar eshitilib turardi. Suddan keyin ko‘pchilik Lyuterni ham Yan Gusning (1369-1415) taqdiri kutayapti, deb o‘ylagandi. Аmmo Saksoniya kurfyursti Fridrix III Donishmand (1463–1525) uning qochishiga yordam berdi, Lyuterni o‘z qasrlaridan biriga berkitdi. U erda Lyuter risar Georg nomi bilan yashadi hamda Injil va boshqa diniy yozuvlarni nemis tiliga tarjima qilishda davom etdi9 XULOSA
Maskur maqola Germaniyada bo‘lib o‘tgan reformatsiya va dehqonlar urushi haqida boradi. XVI asrda papa va uning katolik cherkoviga qarshi bolgan harakatlar boshlangan. Aslida bu harakatlarni boshlanishi Chex gumanisti bolgan Yan Gus va guschilar harakatining davomi sifatida Germaniyada ham katolik cherkoviga qarshi bo‘lgan yangi tabaqa ajralib chiqishi bilan harakterlanadi. Bu harakat xristiyan dinining yangi oqimi protestantlik nomini olgan. Nafaqat Germaniyada balki, Angiliya (anglikan cherkovi) va Fransiyada (gugenotlar) ham vujudga keldi. Germaniyada reformatsiya va dehqonlar urushi cherkov hayotiga ma’lum ma’noda katta tasir o‘tkazdi. Reformatsiya 16-asrda Gʻarbiy va Markaziy Yevropada tarqalgan ijtimoiy harakat. Asosan, zamindorlarga qarshi harakterda boʻlib, katolik cherkovi (zamindorlarning asosiy gʻoyaviy tayanchi)ga qarshi kurash tu sini oldi. 1517-yil Germaniya da M. Lyuterningkatolik cherkoviga qarshi chiqishi bilan boshlangan. Protestantizm mafkurachilari katolik cherkovi, uning iyerarxiyasi va umuman ruxrniylarning zarurligi amalda inkor qilingan gʻoyalarni ilgari surdilar; katoliklarning Muqaddas rivoyati rad qilindi, cherkovning yer boyliklari va boshqalarga boʻlgan huquklari inkor etildi. Protestantizmning asosiy oqimlari: byurger oqimi (Lyuter, J. Kalvin, U. Svingli); katolik cherkovini yoʻqotish talabini tenglik urnatish uchun kurash bilan bogʻlagan xalq oqimi (T. Myunser, anabaptistlar); uz hokimiyatini mustahkamlash va cherkovga tegishli yerlarni tortib olishga intilgan, dunyoviy hokimiyat manfaatlarini ifodalovchi qirolknyazlik oqimi.
Protestantizmning gʻoyaviy bayrogʻi ostida 1524—26 yillarda Germaniyada Dehqonlar urushi, Niderlandiya va Angliya inqiloblari boʻlib utdi. Protestantizm protestantizmta asos soldi (Protestantizm tor maʼnoda — protestantizm ruhida diniy islohotlar utkazish). XVI asr va XVII asrning birinchi yarmi Yevropada cherkovlarga qarshi harakatlar bo‘lib, bu tarixga reformatsiya (cherkovni qayta qurish) uchun kurash bayrog‘i ostida o‘tdi. Bu harakat barcha Yevropa mamlakatlarini, jamiyatning barcha qatlamlarini qamrab oladi.
Xristiyan olamidagi har bir dindorning orzusi Xudoning yerdagi jonli mujassami hisoblanmish Rim papasi yashayotgan muqaddas shahar Rimni ko‘rish bo‘lgan. Har yili yuz minglab kishilar barcha Yevropa mamlakatlaridan va jamiyatning barcha qatlamlaridan o‘z orzulariga yetish uchun Italiyaga tashrif buyurishar edi va Rimni ziyoratga qilishardi. Ammo ko‘pincha bu ziyorat dindorlarning xafsalasini pir qilgan. Papaning qudrati faqat uning Xudoga sidqidildan ishonishi bilangina emas, Cherkovning boyligi bilan ham hisoblanardi. Oddiy dehqondan tortib to qudratli knyazgacha hamma o‘z daromadining o‘ndan birini cherkovga bergan. Rim papasi Germaniyadan juda katta pul olardi, bu mablagʼ ushurdan ajratilgan pullardan, ruhoniylik vazifasiga tayinlanganlardan olinadigan puldan, indulgentsiya (gunohlarni kechish yorligʼi) sotishdan, koʼpdan-koʼp nemis ziyoratchilarning Rimga atab beradigan nazr-niyozlaridan toʼplanar edi.
Аgar Fransiya, Аngliya va Ispaniyada kuchli korol xokimiyati mavjud boʼlganligidan papa kuriyasiga beriladigan toʼlovlar ozmi-koʼpmi (baʼzan ancha) cheklangan boʼlsa, Germaniyada imperator xokimiyatining tushkunlikka uchraganligi papaning bu mamlakatni istaganicha bemalol ekspluatatsiya qilishiga imkoniyat bergan. 1526 yilda Germaniya Reyxstagi lyuterchi-knyazlar talabi bilan har bir nemis knyazi o‘zi va fuqarosi uchun xohlagan dinni tanlash huquqiga ega ekanligi to‘g‘risida qaror qabul qildi. Biroq oradan ko‘p o‘tmay Reyxstag bu qarorni bekor qildi. Bunga qarshi imperiyaning bir qancha shaharlari va 5 nafar knyazi protest (norozilik) bildirishdi.
Ular “Protestatsiya” deb atalgan hujjatga, ya’ni ruhoniylar va dunyoviy feodallarning lyuterchilikni cheklash haqidagi umumgerman yigdlishi qaroriga qarshi protestga imzo qo‘ydilar. Shu tariqa 5 nafar knyaz protestant (norozi) deb ataldi.