Tovarni siljitish funksiyasi natijasida sotishni rag'batlantirish va
reklama siyosatini ishlab chiqish; sotishni rag'batlantirishni samarali
instrumentlarini asoslash; tovarni siljitish to'g'risida multimedia
texnologiyalarini asoslash; ichki firma reklamasini tashkil etish; sotuv ishlarini
rag'batlantirish; pablik rileyshnzni tashkil qilish va boshqalar to'liq o'rganiladi.
Narxni tashkil etish funksiyasiorqali narxni shakllanish strategiyasi
va taktikasini ishlab chiqish; sotuvni har bir bozori uchun har bir mahsulot
uchun yashash davrini turli bosqichlarida narx matritsasini tuzish; joriy narxlar
o'zgarishi mexanizmini tuzish; raqobatchi narxini tahlil qilish; yangi mahsulot
uchun narx belgilash kabilar hal etiladi.