Marketing elementlari tarkibi va marketing-miks
tushunchasi
Marketing tizimida qo'yilgan maqsadga erishish uchun xaridorlar va
boshqa sub’ektlarga ta’sir etish uchun marketing vositalari, ya’ni marketing
usullari yig'indisi, uslublari zarurdir. Shunday vositalardan marketing-miks,
marketing kompleksi bo'lib hisoblanadi. Bularni marketing nazariyasiga 1964
yilda birinchi bo'lib Garvard biznes maktabi professori N. Borden kiritgan.
Marketologlar tayyorlash tizimida marketing kompleksi 4 «R» deb nomlanib,
Makkarti tomonidan 1960 yilda bu model taklif etilgan. Ushbu modelda
marketingning to'rtta asosiy elementlari ajratib ko'rsatilgan: tovar (product),
narx (price), joy (place), siljitish (promotion).
1.5-rasm. Marketing tizimidagi besh asosiy narsa
Marketing faoliyatida ehtiyoj va muhtojlikni ayirboshlash orqali qondirish jarayonida albatta inson ishtirok etadi. Shuning uchun yuqorida ko'rsatib o'tilgan marketing elementlari tarkibiga 5 «Р» ham kiritilib, u kishilar (people) ekanligi alohida takidlab o'tilgandir. Marketing-miks elementlari 1.5-rasmda ko'rsatilgan. 1968 yilda F.Kotler marketing-miks elementlari tarkibiga pablik-rileyshnz (public relations) va siyosatni (politics) qo'shib, oldingi 4 «Р» ni 6 “P” ga kengaytirib ko'rsatdi.4 “P” modelini qo'llanishini cheklanganligiga qaramasdan, marketing nazariyasini shakllanishi va amaliyotini rivojlanishida ilg'or rol o'ynaydi.
Marketing kompleksi - bozorga ta’sir etish choralari va amaliy qurollar
sifatida yig'indisi bozor holatiga firmani moslashuvidir. Yaxshi marketing
kompleksi firmani bozorda yaxshi pozitsiyani egallashga olib keladi. marketing
kompleksi konsepsiyasi Neyl Borden tomonidan 1964 yilda taklif etilgan.
Klassik marketing kompleksi 4 ta elementni o'z ichiga oladi va 4P modeli
nomi bilan yuradi.
tovar (product);
narx (price);
sotish yoki tovar harakati (place);
siljitish yoki kommunikatsiyalar (promotion).
Biroq firmaning marketing faoliyatiga bunday qarash ma’lum darajada
cheklangan hisoblanadi: u ko'proq iste’molchiga nisbatan tovarga
mo'ljallangan.
Shuning uchun 1980 yillarda marketing kompleksi 2 ta elementga
ko'paydi va 6 P deb nomlandi.
6 P modeli tarkibiga quyidagilar kiradi:
tovar (product);
narx (price);
sotish (place);
siljitish (promotion)
xodimlar
harakat tarzi.
Yangi modelda asosiy e’tibor marketing faoliyatini strategik jihatiga
qaratilgandir. Biroq XX asr oxirlarida ichki va tashqi iste’molchilar
konsepsiyasini paydo bo'lgandan keyin avvalgi modelni yangidan kengaytirish
haqida axborot paydo bo'ldi. 1999 yilda Djon Ballyer 10 R modelini nashr qildi.
Djon Ballyer yangi kengaytirilgan marketing kompleksini korporativ
marketing - miks deb ataladi.
10 P modeli quyidagi elementlarni o'z ichiga oladi:
1.
|
philosophy - tashkiliy falsafasi-g'oyasi;
|
2.
|
pyersonality - zaruriy korxona falsafasini qo'llab-quvvatlovchi
pyersonal;
|
3.
|
people - insonlar;
|
4.
|
products - tovarlar;
|
5.
|
prices - narxlar;
|
6.
|
place - o'rin-joy;
|
7.
|
promotion - siljitish;
|
8.
|
pyerformance - korxona faoliyatini baholash-bajarish;
|
9.
|
pyerception - his-tuyg'u;
|
10.
|
positioning - pozitsiyalashtirish.
|
Marketing-miks keng qo'llanadigan shaklda 4 ta marketing submiksini o'z
ichiga oladi. Bular quyidagilar: tovar miksi, shartnoma miksi, kommunikativ
miks, taqsimot miksi. Tovar miksi tovar siyosatini shakllantiradi, tovar bilan
bog'liq bo'lgan chora-tadbirlarni o'z ichiga oladi. Bu chora-tadbirlar: dizayn,
uni bezatilishi, mahsulot sifati, o'rovi, xaridorlrga xizmat ko'rsatish, kafolat
xizmati siyosati, tovar divyersifikatsiyasi, assortiment siyosati va hokazo.
Shartnoma siyosati tovarni oldi-sotdi akti shartlari kelishuvini va bitim
ko'rinishida ularni rasmylashtirishni amalga oshiradi. Bunday chora-
tadbirlariga: narx siyosati, ustama va chegirma tizimi, tovar etkazib berish va
uni to'lov shartlari, shuningdek kredit siyosati kiradi.
Taqsimot siyosati tovarni tayyorlanish joyidan oluvchiga etkazib berishni
amalga oshiradi. Bu siyosat sotish kanalini asoslash va tahlil qilish, marketing-
logistika, savdo siyosati, sotish vositalari siyosati, ishlab chiqarish kuchlarini
joylashtirish siyosati. Iste’molchilar va bozorlarni joylashuvi siyosati, etkazib
berish siyosati, tayyor mahsulotlarni omborlarga joylashtirish siyosati va
boshqalarni o'z ichiga oladi.
Kommunikativ siyosatni vazifasi xaridor ehtiyojini qondirish va foyda
olish maqsadida talabni shakllantirish va tovar va xizmatni siljitish bo'yicha
muqobil va samarali faoliyatni ta’minlash uchun marketing tizimini barcha
ob’ektlarini korxona - mahsulot tayyorlovchilar bilan o'zaro harakatini tashkil
etishdan iboratdir.
Marketingning asosiy tamoyillari
Ijtimoiy ahamiyati nuqtai nazaridan to'rtta marketingni muqobil
maqsadlarga ajratiladi.
Iste’mol darajasini oshirish;
Iste’molchilarni qondirilishini maksimallashtirish;
Iste’mol tanlovini maksimallashtirish;
Turmush tarzini (sifatini) oshirish.
Iste’mol darajasini oshirish ishlab chiqaruvchilar foydasini o'sishga olib
keladi, ishlab chiqarishni va xizmatlar sohasini rivojlantirishga, shuningdek
ishsizlikni kamayishiga olib keladi.
Iste’molchilarni qondirilganligini maksimallashtirish iste’mol kutayotgan
tovar (xizmat) xossalariga to'liq mos kelishiga erishishni ko'zlaydi.
Iste’mol tanlovini maksimallashtirish iste’molchilarga shunday tovar
(xizmat)larni turli xillarini ko'rsatib, ularning xodimlariga to'liq mos keluvchi
bozorda tovarlarni qidirib topish mumkin bo'lgan tovarlarni mujassamlashtiradi.
Turmush sifatini oshirishda marketing tovarlarni sotish, sifatini ta’minlash
va tovar (xizmat) narx bo'yicha maqbul bo'lish emas, balki jismoniy va moddiy
jihatdan sifatni anglatadi.
Marketingning asosiy tamoyillari:
Iste’molchiga yo'naltirilganlik.
Kelgusiga yo'naltirilganlik. Ishlab chiqaruvchi marketing faoliyatini qisqa
muddatli natijalariga emas, balki uzoq muddatli natijalariga mo'ljalni
olgan bo'lishi kerak.
Oxirgi amaliy natijalarga erishishga yo'naltirilganlik.
Marketing faoliyati natijasi o'lchamli bo'lishi kerak (bozor ulushi, sotish
hajmi, foydaning o'sishi).
Marketing tamoyillari marketing asosini va uning mohiyatini ochib
beruvchi holat, talabdir. Marketingni mohiyati - tovar ishlab chiqarish va xizmat
ko'rsatish albatta iste’molchiga, talab ishlab chiqarish imkoniyatlarini doimo
bozor talabiga mo'ljallashdan iborat. Marketing mohiyatidan quyidagi asosiy
tamoyillar kelib chiqadi:
iste’molchilarga nima kerak bo'lsa o'shani ishlab chiqarish kerak;
bozorga tovarlar va xizmatlar taklifi bilan emas, balki iste’molchilarn
muammolarini yechish vositalari bilan ishlash;
tovar ishlab chiqarishni ehtiyoj va talabni tadqiq qilgandan so'ng tashkil
etish kerak;
firmani ishlab chiqarish-eksport faoliyatining oxirgi natijalariga
kontsentrlashganini kuchaytirish;
marketing konsepsiyasi vositalarini qo'llash asosida marketing dasturini
shakllantirishga olib keluvchi qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun kompleks
yondoshish va maqsadli dastur uslubini ishlatish;
tovarni iste’molchiga siljitishni barcha bo'g'inlarini marketing bilan
qamrab olish maqsadida bir vaqtni o'zida maqsadli yo'naltirilgan ta’sir asosida
bozor talabiga mos keluvchi tovar ishlab chiqarish strategiya va taktikasini
qo'llash;
korxona faoliyatini va marketing xizmatini bozorda tovar xulq-atvorini
bashorat qilishi va strategik rejalashtirishni amalga oshirish asosida samarali
kommunikatsiyani uzoq muddatli istiqboliga mo'ljal olish;
tovarni yashash davrini barcha bosqichlarini ishlab chiqarish va tovar
taqsimlashni ijtimoiy va iqtisodiy omillarini hisobga olish;
tashkilot va tarmoqlar rejasiga nisbatan bozorni birlamchi ekanligini
eslash;
talab va taklifni balanslashtirish maqsadida rejalarni tarmoqlararo
koorrdinatsiyalash va o'zaro ta’sirini ushlab turish;
tovar bozori yoki firma imiji (obro'yi) va raqobatli afzallikni qidirish va
shakllantirish jarayonida aniq holatda agressivlikka, xujumkorlikka, faollikka
intilish, umumiy holda marketingning asosiy tamoyillari - bu bozorni bilish,
unga moslashish va bozorga ta’sir o'tkazishdan iborat.
Xulosa qilib aytganda, marketingning mohiyati va maqsadlaridan
quyidagicha asosiy tamoyillari kelib chiqadi:
iste’molchilarga yo'naltirilgan tamoyil, ya’ni iste’molchi sxohdir;
istiqbolga yo'naltirilgan tamoyil, ya’ni sub’ekt faoliyati istiqbolga
yo'naltirilgan bo'lishi zarur;
pirovard ko'rsatkichga erishishga yo'naltirilgan tamoyil, ya’ni bozor
hissasini, foydani oshishi va hokazolar.
Marketing funksiyalari va uning faoliyati mazmuni
Marketing konsepsiyasini olib borish uchun marketing funksiyalarini
amalga oshirish orqali hal etiladi. Marketing funksiyalari quyidagi guruhlarga
bo'linadi:
marketing tadqiqotlari;
mahsulot assortimenti ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish;
sotish va taqsimot funksiyasi;
tovarni siljitish;
narxni tashkil etish funksiyasi;
marketing-menejment funksiyasi.
Marketing tadqiqotlari funksiyasida:
xalqaro bozorni tahlil etish;
sotish bozorini tadqiq etish;
iste’molchi ehtiyojlarini tadqiq etish;
marketing opyeratsiyalarini o'rganish;
axborot to'plash va qayta ishlash;
marketing-miks kompleksini tadqiq qilish;
raqobatlarni o'rganish;
benchmarketing;
talabni va sotishni bashorat qilish va boshqalar o'rganiladi.
Tahliliy funksiyada tashqi muhit omillari, bozor, uning elementlari va
holati, iste’molchilar, bozorni tuzilishi, tovar va tovarni tuzilishi, shuningdek
firmaning ichki muhiti tahlil qilinadi. Bunda firma rahbariyati tomonidan
nazorat qilinadigan omillar- texnologik jarayon, moliyaviy ahvoli, tashkiliy
tuzilish, bozorni tanlash va boshqalar hisobga olinadi.
Tashqi muhit omillariga iste’molchilar, raqobat hukumat, iqtisodiyot,
texnologiya, mustaqil ommaviy axborot vositalari kabi nazorat qilinmaydigan
omillar kiradi.
Dostları ilə paylaş: |