Marketing-menejment funksiyasi esa marketingni boshqarishni
tashkil etish; nazorat qilish, marketing xizmatini tashkiliy tuzilishini ishlab
chiqish, marketing faoliyati tizimida boshqaruv qarorlarini optimallashtirish,
audit, marketing xizmati faoliyati samaradorligini baholash kabilarni o'rganadi.
Marketing funksiyalari firmani boshqa funksiyalari, ya’ni ishlab
chiqarish, kadrlar, moddiy texnika ta’minoti, moliyaviy, buxgalteriya hisobi
funksiyalari bilan birga amalga oshiriladi.
Marketingning funksiyalari xo'jalik yurituvchi sub’ektlarning boshqa
funksiyalaridan farqi shundan iboratki, marketing funksiyalari xo'jalik
yurituvchi sub’ektlar, uning iste’molchilari, mijozlari o'rtasida ayirboshlash
jarayonini amalga oshirish va tashkil etishga qaratilgandir. Shuning uchun ham
marketing funksiyalari doimo o'zgarib boradigan ehtiyoj hamda talabni
shakllanishi, yaratilishi va rivojlanishiga ta’sir etadi..
Marketingning vazifalari
Marketing - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni
faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini
yaxlit, tizimli yechish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o'zgarishlarga
tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi
tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish,
kon’yunkturani o'rganish va bashorat qilish hamda ta’sirchan reklamani
rivojlantirish masalalarini o'rganishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygandir.
Bunga erishish uchun marketing quyidagi muhim vazifalarni hal etishi
lozim:
xaridorlar ehtiyojini o'rganish va aniqlash;
narxning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish;
avvalo talab va taklif to'g'risida olingan ma’lumotlar asosida bozorni
o'rganish;
tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarni tovarlarni sotib olishga
qiziqishini orttirish;
tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi narx tadqiqotlarini amalga oshirish
uchun ma’lumotlar to'plash va tahlil qilish;
tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to'g'risida ma’lumotlar
olish;
to'ldiruvchi tovarlar va o'rnini bosuvchi tovarlar to'g'risida axborot
yig'ish;
tovarlarga bo'lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat
qilishdan iboratdir.
rasm. Marketingni vazifalari
Marketingni bosh vazifasi korxonaning mavjud va potentsial
imkoniyatlarini baholash va amalga oshirish hamda bozorda talab va taklifni
muvofiqlashtirish maqsadida imkoniyatlarni aniqlashdan iborat.
Marketing yoki tadbirkorlik faoliyati aniq natijaga erishish maqsadida
amalga oshiriladi. Marketingni asosiy maqsadlari firmaning asosiy maqsadlari
bilan o'zaro aloqadordir.