Ii bo`lim. 6-Modul. Marketing asoslari


-Mavzu: Marketingni tarkibiy tuzilishi va uni boshqarishni tashkil etish



Yüklə 232 Kb.
səhifə16/19
tarix02.01.2022
ölçüsü232 Kb.
#47101
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Marketing

17-Mavzu: Marketingni tarkibiy tuzilishi va uni boshqarishni tashkil etish

17.1. Marketing tizimi haqida tushuncha va tarmoq marketinglari
Marketing tizimi - bu qo'yilgan maqsadlarga erishish va maqsadli bozor
talabini qondirish uchun marketing qismlarining aniq birikuvidir. Tarkib o'zida
to'rtta asosiy qism - mahsulot yoki xizmat, narx, taqsimot va siljitishlarni
birlashtiradi.


Tovar va xizmatlarni olganda bozorga nima tavsiya etilishi sifat darajasi,
sotish hajmi, kompaniyaning innovatsion darajasi, ulchovning holati, alohida
shartlar tadqiqotlarning hajmi va muddatlari mavjud mahsulotni sotishni
to'xtatish paytini aniqlab olish kerak.


Marketing tizimi ijtimoiy-iqtisodiy elementlar, sub’ektlar yig'indisidan
iboratdir.
Marketing tizimi o'z tarkibiga turli elementlarni qamrab oladi:

  • ta’minotchilar;

  • raqobatchilar;

  • vositachilar;

  • iste’molchilar (bozor);

  • firma (kompaniya).

Marketing tizimini shakllantirish va amal qilishi aniq urab to'rgan muhit
ta’sirida olib boriladi. Bu muhitga ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy,
demografik va ekologik omillar kiradi.


Ta’minotchilar - alohida olingan tashkilot, uyushma, shaxslar yig'indisidan
tarkib topib, firmani moddiy, moliyaviy va mahsulot resurslari bilan ta’minlaydi.


Raqobatchilar - istak bo'yicha, safdosh tovar bo'yicha, tovar turi bo'yicha,
tovar markasi bo'yicha turkumlanadi.


Marketing bo'yicha vositachilar - tashkilot uchun uning tovarlarini
mijozlarga etkazish, sotish, aloqa o'rnatish bo'yicha yordam ko'rsatuvchilardir.


Vositachilar - savdo, logistik, marketing va moliyaviy vositachilarga
bo'linadi.


Savdo vositachilari - ulgurji va chakana savdogarlardir.

Logistika vositachilari - ombor tizimi xizmatlarida tovar va oqim
holatlarini transportirovka qilish bilan shug'ullanish.


Moliyaviy vositachilar - bank, kredit, sug'urta va boshqa moliyaviy
xizmatlarni amalga oshiradi.


Iste’molchilar - firmalar, alohida fizik shaxslar yoki ularni potentsial
guruhi bo'lib, ular bozorda mavjud bo'lgan tovar va xizmatlarni olishga tayyor.


Iste’molchi - bozor kiroli, marketing vazifasi doimo iste’molchini xulq-
atvorini o'rganish, uni ehtiyojini firma mahsulotiga bo'lgan munosabatini
o'rganish, tahlil qilishdan iborat.


F
irma, marketing va bozor munosabatlari bir-biriga o'zaro ta’sir o'tkazib,
dialektik bog'liqlikda harakatlanib boradi. Firma yangi texnologik jarayonlarni
egallashga, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga faqat bozordagi munosabatlar
sabab bo'ladi.



Yüklə 232 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin