Ii bo`lim. 6-Modul. Marketing asoslari



Yüklə 232 Kb.
səhifə4/19
tarix02.01.2022
ölçüsü232 Kb.
#47101
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Marketing

1.1-jadval

Marketingni rivojlanish tarixi

Yillar

Marketingda ro‘y bergan o‘zgarishlar

1902 yil

AQSH da mustaqil ravishda marketing kursini o'qitish boshlandi.

1908 yil

Ilk bor tijorat marketing tashkiloti tuzildi. AQSHning yirik sanoat
kompaniyalarida birinchi marketing bo'limlari tashkil etildi.

1920 yil

Xalqaro savdo palatasi tashkil topdi.

1926 yil

AQSHda Milliy marketing va reklama assotsiatsiyasi tashkil topdi; uning asosida keyinchalik Amerika marketing jamiyati tuzildi va u 1973 yilda Amerika marketing assotsiatsiyasi deb qayta nomlandi.

1930-1940

yillarda


Dunyoning ko'pgina iqtisodiy rivojlangan davlatlarida milliy marketing assotsiatsiyalari tashkil topdi.

1950-1960

yillarda


Xalqaro marketing fedyeratsiyasi, Jamoatchilik fikrlari masalalari va
marketing bo'yicha Evropa jamiyati hamda Evropa marketing
Akademiyasi kabi xalqaro marketing tashkilotlari tuzildi.

1980

yillarning

ikkinchi

yarmida


Mamlakatimizning iqtisodiyot yo'nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida marketing kursi o'qitila boshlandi.

1990
yillarning
oxirlarida va
hozirgi
kunlarda

Mamlakatimizda marketing bo'yicha xorijiy adabiyotlar o'zbek tiliga
tarjima qilingan holda va shu fan bo'yicha darslik, qo'llanma hamda
risolalar O'zbekistonlik mualliflar tomonidan ko'plab chop etilmoqda.


O'tgan asirning 60-yillar o'rtasida eng yirik Amerika korporatsiyalarining
barchasi o'z xo'jalik faoliyatida marketingning asosiy talablarini qo'llay
boshladi. G'arbiy Evropa va Yaponiyada marketing g'oyalari AQSHga
qaraganda sustroq joriy qilindi. Ammo 60-yillarning oxiriga kelib ular
marketing amaliyotini tezkorlik bilan o'zlashtirishga kirishdilar va bunda muhim
yutuqlarga erishdilar. Marketing an’anaviy savdo usullaridan farqli ularoq aniq
maqsadlarni ko'zlaydi, xo'jalik vazifalarini esa yaqqol ifodalaydi: korxona
shunday sifatli mahsulot tayyorlashi lozimki, uni sotish qulay bulsin.
Darhaqiqat, mahsulot ishlab chiqarilgani bilan u albatta foyda keltiradi degan
ma’noni hali aslo bildirmaydi. Ilgari xo'jalik rahbarlarining vazifasi asosan jami
resurslarni ishlab chiqarish talablari bilan muvofiqlashtirishdan iborat edi, ya’ni
korxona o'zi xohlagan mahsulotni ishlab chiqarar va hamma e’tiborini uni
sotishga qaratar edi. Marketingning maqsadi esa bozorning mavjud va kelgusida
ehtimol tutgan imkoniyatlarini aniqlash hamda sifat jihatidan to'g'ri
baholashdan, so'ngra unga tayanib, butun kuchini o'z mahsulotiga qiziqish va
ehtiyojni kuchaytirishga, xaridorga mahsulotni, shuningdek ko'rsatilandigan
tegishli ximat turini tanlash imkonini yaratgan holda, mahsulotni sotishga
qaratishdan iborat.


1966 yilda AQSHda marketing masalalari bo'yicha 350 ga yaqin tadqiqot
firmalari faoliyat olib borib, undan yirik firmalar 45 mln dollarga yaqin
aylamnaga ega edi, bunda bu firmalarning jami aylanmasi 300 mln dollardan
oshiqni tashkil etgan. Marketing muammolarini tadqiq qilishni tijorat
boshlashuvi asosida univyersitetlar ham, savdo-sanoat assotsiatsiyalari, davlat
tashkilotlari va xizmatlari ham shug'ullana boshladi.


1972 yilda F.Kotler mikromarketing va makromarketing tushunchalarini
asoslab beradi. 1976 yilda Shelbi Xant marketing ayirboshlash jarayoni haqida
ilm hisoblanishini ko'rsatdi.


XX asrning 80-yillar oxiri 90-yillar boshlarida marketingni globallashtirish
jarayoni kuzatildi. Shuningdek, 1990 yilda Kanberra shaxrida (Avstraliya)
«Marketing - bu hamma narsa», «Marketing biznesni anglatadi» shiori ostida
global marketing bo'yicha Xalqaro konfyerentsiya bo'lib utdi.


Hozirgi davrda jahon iqtisodiyotida sanoat davri axborot davriga o'rin
bo'shatib bermoqda. Bu davrda AQSH, Yaponiya, Germaniya va boshqa Evropa
mamlakatlariga etib keldi. Singapur, Tayvan, Janubiy Korea unga juda yaqin.
Tez o'zgaruvchan bozor sharoitlari, narxsiz raqobat usullarining rivojlanishi,
ishlab chiqarish yuksak darajada chaqqon moslashuvchan, yakka iste’molchiga
mo'ljallangan, hajmi kichik bozor sohalari, bozor segmentlari va ayrim
«so'qmoq»larning ko'pligi unga xos xuxusiyatlardir. Ayni paytda ishlab
chiqarishning ixtisoslashuvi shunday darajaga etdiki, bir bozorning oraliq
segmentlarida bush makon juda kam qoladi. Natijada bozor raqobati yanada
shiddatli tus oladi. Ammo bu jarayon narx omili negizida emas, balki
raqobatning anada takomillashgan usul va shakllari paydo bo'lishi natijasida yuz
beradi.


Tovarning «hayotiy sikli» misli ko'rilmagan darajada qisqaradi. Hozirgi
davrda yetakchi yapon elektron firmalari bozorga o'rtacha har uch oyda bir
marta mikrosxemalarning yangi turini chiqaradi. Mahsulotlar assortimentning
xilma-xilligi ortdi, bir xil buyumlarni ko'plab ishlab chiqarish kamaydi, ya’ni tup-tup qilib uyub tashlash tajribasidan voz kyechilmokda. Tovar sifatiga ega
bo'lgan tovarlar mazmuni o'zgardi. Endi yaxshi mahsulot chiqarish bilangina
ish bitmaydi, raqobatga dosh berish uchun sotuvdan keyingi darajasini, firma
ko'rsatadigan qo'shimcha xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash zarur.


Korxonalar xarajatlarini oddiy kamaytirish yo'llarini o'ylabgina qolmay,
ayni paytda tovarlarni sotish va o'tkazish, daromadlarni muttasil ko'paytirish
sohalariga ko'proq e’tibor berishga majbur.
Mahsulot sotishga yangi bozorlar,
muayyan afzalligi tufayli mahsulot o'ziga jalb etadigan yangi xaridorlarni
qondirish lozim. Bu ishlarni hozirgi zamon marketingiga tayanibgina amalga
oshirish mumkin. Korxonaning omon qolishi iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy,
konyunktura-tijorat, ijtimoiy va boshqa axborotlarni o'z vaqtida olishi kabi
omillardan ustalik bilan foydalanish natijasida ta’minlanadi.

Marketing nazariyasi konsepsiyasi va uning evolyutsiyasi



Marketing konsepsiyasi rejalashtirilayotgan va amalga oshirilayotgan firma
faoliyatining strategik tahlili asosida ishlab chiqiladi.
Marketing konsepsiyasini
ishlab chiqish odatda quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:


  • ichki va tashqi muhit strategik tahlilini amalga oshirish;

  • marketing faoliyati va korxonaning maqsadlarini aniqlash;

  • marketing strategiyasini aniqlash;

  • rejalashtirilayotgan natijalarga erishish maqsadida marketing faoliyati
    elementlarini tanlash.


Marketing konsepsiyasi ishlab chiqarish va taklif etilayotgan tovarlarga
bo'lgan talabni rivojlanish darajasiga bog'liqligi jihatidan evolyutsion taraqqiyot
bosqichini kechdi.


Marketing konsepsiyasi haqida quyida rasm va jadvalda ma’lumotlar
berilgan.


Marketing va tadbirkorlik sohasida dunyo ilmi va amaliyoti marketing
evolyutsiyasida quyidagi konsepsiyalarni asosladi va tavsiya etdi:


  • ishlab chiqarish konsepsiyasi;

  • tovar konsepsiyasi;

  • sotish konsepsiyasi;

  • an’anaviy marketing konsepsiyasi;

  • ijtimoiy-axloqiy marketing konsepsiyasi;

  • o‘zaro aloqaviy marketing konsepsiyasi.





Yüklə 232 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin