Ii qism. Davlat xaridlarini amalga oshrishning tartib-taomillari 6-bob. Elektron do„kon orqali davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi


Eng yaxshi takliflarni tanlash ishtirokchilarining takliflarini berish, tanlashni o„tkazish va g’olibni aniqlash tartibi



Yüklə 55,93 Kb.
səhifə8/14
tarix24.10.2023
ölçüsü55,93 Kb.
#160616
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
DAV.XAR.Full

8.3. Eng yaxshi takliflarni tanlash ishtirokchilarining takliflarini berish, tanlashni o„tkazish va g’olibni aniqlash tartibi
Taklifda davlat xaridi ob‘ekti bo’lgan tovarning eskizi, rasmi, chizmasi, fotosurati va boshqa tasviri, nusxasi, namunasi bo’lishi mumkin. Tanlashni o‗tkazishda ishtirokchilarning boshlang’ich narxdan yuqori bo‗lgan narx bo‗yicha takliflari xarid komissiyasi tomonidan rad etiladi va baholanmaydi. Tanlash ishtirokchilarining takliflarini ko‗rib chiqish va baholash muddati takliflar berish tugagan paytdan e‘tiboran o’n ish kunidan oshishi mumkin emas.
Ishtirokchilarning takliflarini baholash ikki bosqichda amalga oshirilishi mumkin. Summasi bir shartnoma bo’yicha bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdoridan oshmaydigan (budjet buyurtmachilari uchun bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdoridan oshmaydigan) tanlash xarid komissiyasining ishtirokisiz o’tkazilishi mumkin, biroq bir moliya yilida bir korporativ buyurtmachi uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir ming baravari miqdoridagi summadan ko‗p bo’lmasligi va bir moliya yilida bir budjet buyurtmachisi uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravari miqdoridan oshmasligi kerak.
Bayonnoma davlat buyurtmachisi tomonidan u rasmiylashtirilgan kunda davlat xaridlarining elektron tizimiga muhokama qilish uchun ikki ish kuniga joylashtirilishi kerak. Agar ikki ish kuni ichida tanlash ishtirokchilari tomonidan tanlash o’tkazish natijalari bo‗yicha e‘tirozlar kelib tushmagan bo‗lsa, davlat buyurtmachisi va xarid komissiyasi tomonidan g‗olib deb topilgan ishtirokchi o’rtasida shartnoma tuziladi.
Davlat buyurtmachisi tomonidan xarid komissiyasiga taqdim etilgan muhokama natijalari to‗g‗risidagi axborot asosida xarid komissiyasining tegishli majlisi bayonnomasi rasmiylashtiriladi va imzolangan kundan boshlab uch ish kuni ichida davlat xaridlarining elektron tizimiga joylashtiriladi.
9-BOB. TENDER ORQALI DAVLAT XARIDLARINI AMALGA OSHIRISH
9.1. Tender savdolarining mohiyati va o„tkazish mezonlari
Tender deganda davlat xaridini ikki bosqichda amalga oshirishning raqobatli tartib-taomili orqali ijrochini aniqlash usuli tushuniladi. Bunda shartnomani bajarish bo‗yicha eng yaxshi shartlarni taklif qilgan tender ishtirokchisi ushbu tartib-taomil natijalari bo‗yicha g‗olib deb topiladi.
Tender vositasidagi davlat xaridi quyidagi shartlar bir vaqtning o‗zida bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi:  g’olibni aniqlash mezonlari tovarning (ishning, xizmatning) nafaqat pul bilan baholanishini, balki miqdoriy va sifat jihatidan baholanishini ham o’z ichiga oladi;  tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati bir shartnoma bo‗yicha bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming baravaridan ortiq (budjet buyurtmachilari uchun bazaviy hisoblash miqdorining olti ming baravaridan ortiq) miqdorni tashkil etadi. Tender majburiy tartibda elektron shaklda o’tkaziladi (bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno). Davlat xaridini tender o’tkazish orqali amalga oshirish uchun kamida yetti nafar a‘zodan iborat tarkibda xarid komissiyasi tuziladi. Shartnomani bajarishning eng yaxshi shartlari tender ishtirokchilarining takliflarini baholash bo’yicha e‘lon qilingan mezonlar asosida xarid komissiyasi tomonidan aniqlanadi.
Agar majlisda xarid komissiyasi a‘zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir bo’lsa, xarid komissiyasi vakolatli hisoblanadi. Barcha qabul qilingan qarorlar bayonnomalar bilan rasmiylashtirilishi kerak.



Yüklə 55,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin