8.2. Eng yaxshi takliflarni tanlash o„tkazilishi to„g„risidagi e‟lon va tanlov hujjatlari Tanlash o‗tkazilishi to‗g‗risidagi e‘lon va tanlash bo‗yicha xarid qilish hujjatlari davlat buyurtmachisi tomonidan takliflarni qabul qilish muddati tugaydigan sanadan kamida besh ish kuni oldin maxsus axborot portali orqali davlat xaridlarining elektron tizimiga, shuningdek davlat buyurtmachisining xohishiga ko/ra — o’zining rasmiy veb-saytiga yoki o‗zining yuqori turuvchi organining rasmiy veb-saytiga, shuningdek ommaviy axborot vositalarida joylashtiriladi.
Tanlash o/tkazilishi to‗g‗risidagi e‘lon quyidagi axborotlarni o‗z ichiga olishi kerak:
tanlashni o‗tkazish shakli;
tovarning (ishning, xizmatning) batafsil tavsifi va boshlang‗ich narxi;
tanlash o‗tkaziladigan joyning manzili;
ishtirokchilarga qo‗yiladigan talablar;
davlat buyurtmachisining ishtirokchilar bilan bog‗lanish uchun aloqa bog‗lovchi shaxslar sifatida belgilangan bir yoki bir nechta mansabdor shaxslarining yoki boshqa xodimlarining familiyasi, ismi, sharifi, lavozimi va manzili;
ishtirokchilar tomonidan takliflar berish muddati tugaydigan sana va vaqt; taklifni rasmiylashtirishga doir talablar.
Tanlash bo„yicha xarid qilish hujjatlari. Tanlash bo‗yicha xarid qilish hujjatlari maxsus axborot portali orqali davlat xaridlarining elektron tizimiga tanlash o’tkazilishi to’g’risidagi e‘lonni joylashtirish bilan bir vaqtda davlat buyurtmachisi tomonidan joylashtiriladi.
Tanlash bo‗yicha xarid qilish hujjatlari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
tanlash o‗tkazilishi to’g’risidagi e‘londa ko’rsatilgan axborot;
ijrochilar bilan hisob-kitoblarni shakllantirish uchun foydalaniladigan valyuta, to‗lov tartibi va yetkazib berish shartlari haqidagi axborot;
tanlashda ishtirok etish uchun taklifni davlat tilida va, zaruriyatga qarab, boshqa tillarda tayyorlash majburiyligi to‗g‗risidagi talab;
ishtirokchilarga tanlash bo’yicha xarid qilish hujjatlari qoidalariga doir tushuntirishlarni taqdim etish tartibi, taqdim etish muddati boshlanadigan va tugaydigan sana; texnik topshiriq;
Qonunga muvofiq takliflarni baholash mezonlari va ko’rib chiqish tartibi; tanlash ishtirokchilari tomonidan korrupsiya ko‗rinishlariga yo‗l qo‗ymaslik bo‗yicha ariza taqdim etish majburiyligi haqidagi talab.
Davlat buyurtmachisi xarid komissiyasi bilan kelishilgan holda tanlashda ishtirok etish uchun takliflar berish muddati tugaydigan sanadan bir ish kunidan kechiktirmay tanlash bo‗yicha xarid qilish hujjatlariga o‗zgartirishlar kiritish to’g’risida qaror qabul qilishga haqli.
Bunda ushbu tanlashda takliflarni taqdim etishning tugash muddati kamida uch ish kuniga uzaytiriladi. Shu bilan birga, e‘londa ko‗rsatilgan axborot o‗zgartirilgan bo‗lsa, tanlash o’tkazish to‗g‗risidagi e‘longa o‗zgartirishlar kiritiladi. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) o’zgartirishga yo’l qo’yilmaydi.