11.3. Davlat xaridlari bo„yicha shikoyatlarni berish va ko„rib chiqish tartibi Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‗rib chiqish bo‗yicha komissiya shikoyatni qabul qilib olganda shikoyat kelib tushgan kundan e‘tiboran uch ish kuni ichida shikoyat haqida davlat buyurtmachisini xabardor qiladi hamda xarid qilish tartib-taomilini o‗n ish kunigacha bolgan umumiy muddatga toxtatib turadi.
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‗rib chiqish bo‗yicha komissiya shikoyat olinganidan keyin yetti ish kuni ichida u bo‗yicha qaror chiqarishi va bu haqdagi axborotni maxsus axborot portalida joylashtirishi kerak.
Ishtirokchining shikoyati asosli deb topilgan taqdirda, Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‗rib chiqish bo‗yicha komissiya quyidagi choralarni ko‗rishi mumkin:
davlat buyurtmachisining qonunga xilof harakatlariga, qarorlariga yoki u tomonidan qonunga xilof tartib-taomillar bajarilishiga doir taqiq belgilash;
davlat buyurtmachisining qonunga xilof qarorlarini, shu jumladan davlat xaridlari sohasidagi hujjatlarning shartlarini buzadigan qarorlarini qisman yoki to‗liq bekor qilish;
xarid qilish tartib-taomillarini tugatish haqida qaror chiqarish;
ijrochini Insofsiz ijrochilarning yagona reyestriga kiritish
11.4. Davlat xaridlari to„g„risidagi qonunchilikni buzganlik uchun ma‟muriy javobgarlik choralari Davlat xaridlari rejalarini, shu jumladan reja-jadvallarini shakllantirish va joylashtirish tartibi bo‗yicha qonunchilik talablariga rioya etmaslik, shuningdek davlat xaridlari to‗g‗risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda davlat xaridlarini amalga oshirish chog‗ida maxsus axborot portaliga davlat xaridlari bo‗yicha e‘lonlar joylashtirish tartibini, majburiy muhokama o‗tkazish tartibi va muddatlarini hamda davlat xaridi natijalarini joylashtirish muddatlarini buzish – mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o„n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‗ladi.
Davlat xaridlari to‗g‗risidagi e‘lonlarga va xarid hujjatlariga qonunchilikda taqiqlangan hamda raqobatni cheklovchi axborotni, havolalar va talablarni kiritish, xarid hujjatlarini tasdiqlash hamda buyurtmalarni shakllantirish tartiblarini buzish –mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o„n baravaridan o„n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boladi.
Tovarlarni, ishlarni va xizmatlarni yetkazib beruvchilarni tender otkazish yoli bilan aniqlash talablarini buzish, shuningdek davlat xaridlari togrisidagi qonunchilikka muvofiq tovarlarni yetkazib beruvchini, ish bajaruvchini va xizmat ko‗rsatuvchini raqobatli xarid usuli vositasida aniqlash belgilangan hollarda, davlat xaridlarini yagona yetkazib beruvchidan yoki to‗g‗ridan-togri shartnomalar asosida amalga oshirish togrisida qaror qabul qilish – mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o„n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‗ladi. Davlat xaridlari jarayonidagi affillanganlik va manfaatlar toqnashuvi haqida davlat xaridlari to‗g‗risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda xabar bermaslik, shuningdek davlat xaridlari togrisidagi qonunchilikda nazarda tutilmagan hollarda, davlat xaridlari boyicha takliflarni qabul qilmaslik yoki takliflarni taqdim etish muddatlarini davlat xaridlari togrisidagi qonunchilik talablariga zid ravishda qisqartirish, shuningdek takliflar solingan konvertlarni ochish va xarid hujjatlariga muvofiq takliflarni baholash talablarini buzish – mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o„ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boladi.