6.2. Elektron do’konda takliflarning joylashtirilishi Ishtirokchining elektron do‗konda qo‗yilgan taklifi davlat buyurtmachilariga yuborilgan ommaviy ofertadir. Ishtirokchi tomonidan elektron do‗konda joylashtirilgan taklifda quyidagilar ko‗rsatiladi: taklif etilayotgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) nomi;
sotish narxi; tovarning eng ko‗p va eng kam to‗pi;
tovarning rusumi va texnik parametrlari (standartlashtirish
bo‗yicha normativ hujjat, texnik pasport); tovarning fotosurati;
tovar yetkazib beriladigan (ish bajariladigan, xizmat ko‗rsatiladigan) hudud; tovarni ishlab chiqaruvchi va u kelib chiqqan mamlakat to‗g‗risidagi axborot; kafolat shartlari va muddati to‗g‗risidagi axborot;
tovar ishlab chiqarilgan yil (oziq-ovqatlar va tez buziladigan tovarlarning ishlab chiqarilgan kuni, oyi, yili); tovarning yaroqlilik muddati (kun, oy, yil);
ishni bajarish, xizmatni ko‗rsatish muddati; tovarni (ishni, xizmatni) majburiy sertifikatlashtirish talab etiladigan hollarda muvofiqlik sertifikati to‗g‗risidagi axborot, shuningdek sanitariya-epidemiologik, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya xulosalari yoki ekologik ekspertiza haqidagi axborot; qonunchilikka binoan litsenziyalashning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjat olishning yoxud faoliyatni boshlagani haqidagi xabarnomani yuborishning majburiy talabi mavjud bo‗lgan hollarda litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjat yoxud faoliyatni boshlagani haqidagi xabarnoma mavjudligi to‗g‗risidagi axborot. Ishtirokchining ofertasi u elektron do‗konda joylashtirilgan paytdan e‘tiboran o‗n besh ish kuni mobaynida amal qiladi. Ushbu muddat tugaganidan keyin ishtirokchi uni yana o‗n besh ish kuniga aktivlashtirishga haqli.
6.3. Elektron do„konda xarid qilish tartib-taomilini o„tkazish tartibi Davlat xaridlarining elektron tizimi avtomatik rejimda, narxlar so‗rovi mexanizmini amalga oshirgan holda tanlab olingan ofertani taklif qilgan ishtirokchiga, shuningdek elektron do‗konda o‗xshash tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) taklif etayotgan barcha ishtirokchilarga xarid qilish tartib-taomilida ishtirok etish to‗g‗risida takliflar yuborilishini ta‘minlaydi. Ishtirokchilar narxlar so‗rovida ishtirok etish to‗g‗risidagi taklif davlat xaridlarining elektron tizimi tomonidan yuborilgan paytdan e‘tiboran qirq sakkiz soat ichida o‗z takliflarini berishga haqli. Ishtirokchilarga yuborilayotgan narxlar so‗rovida ishtirok etish to‗g‗risidagi taklif davlat buyurtmachisi tomonidan tanlangan ishtirokchining ofertasiga doir havolani o‗z ichiga oladi. Xarid qilish tartib-taomilida ishtirok etish taklifini olgan ishtirokchi davlat buyurtmachisi tomonidan tanlangan oferta narxidan pastroq narx bo‗yicha taklif kiritishga haqli. Davlat xaridlarining elektron tizimi davlat buyurtmachisi va eng past narxni taklif qilgan ijrochi o‗rtasida tuzilgan bitimni ro‗yxatdan o’tkazadi. Davlat xaridlarining elektron tizimi shartnomani davlat buyurtmachisi tomonidan tanlangan ishtirokchining ofertasida bayon etilgan shartlarga muvofiq hamda ishtirokchilar tomonidan taklif etilgan eng past narxda shakllantiradi. Xarid qilish tartib-taomillarining yakuniga ko‗ra faqat tanlab olingan ofertani taklif qilgan ishtirokchigina ishtirok etgan hollarda davlat xaridlarining elektron tizimi davlat buyurtmachisiga elektron shaklda savdolashish imkonini beruvchi so‗rovni yuboradi. Bunda davlat buyurtmachisida tanlab olingan ofertani taklif qilgan ishtirokchiga u taklif qilgan narxdan pastroq asoslangan narx so‗rovini yuborish imkoniyati paydo bo‗ladi. Tanlab olingan ofertani taklif qilgan ishtirokchi bunday so‗rovni bir ish kuni ichida qabul qilishi yoki rad etishi mumkin. Tanlab olingan ofertani taklif qilgan ishtirokchi narx so‗rovini qabul qilganda davlat xaridlarining elektron tizimi davlat buyurtmachisi va ijrochi o‗rtasidagi bitimni davlat buyurtmachisi tomonidan yuborilgan so‗rov narxi asosida ro‗yxatdan o‗tkazadi. Agar tanlab olingan ofertani taklif qilgan ishtirokchi narx so‗rovini qabul qilmasa yoki rad etsa, davlat buyurtmachisi o‗z xohishiga ko‗ra mazkur ishtirokchi bilan shartnomani rasmiylashtirishi yoki Qonun talablariga muvofiq boshlang‗ich narxni pasaytirish uchun o‗tkaziladigan auksion yoki eng yaxshi takliflarni tanlash orqali xaridni amalga oshirishi mumkin. Bunda javobgarlik davlat buyurtmachisining zimmasiga yuklatiladi. Agar xarid qilish tartib-taomillari tugaganidan keyin bir ish kuni ichida davlat buyurtmachisi tomonidan narx so‗rovi yuborilmasa, davlat xaridlarining elektron tizimi davlat buyurtmachisi va ijrochi o‗rtasidagi bitimni ro‗yxatdan o‗tkazadi.