Ii qism. Davlat xaridlarini amalga oshrishning tartib-taomillari 6-bob. Elektron do„kon orqali davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi


Davlat buyurtmachilari tomonidan to„g„ridan-to„g„ri shartnomalar bo„yicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)



Yüklə 55,93 Kb.
səhifə12/14
tarix24.10.2023
ölçüsü55,93 Kb.
#160616
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
DAV.XAR.Full

10.3. Davlat buyurtmachilari tomonidan to„g„ridan-to„g„ri shartnomalar bo„yicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)
Davlat tomonidan himoya qilinishi lozim bo‗lgan shaxslarning xavfsizligini ta‘minlash, Ozbekiston Respublikasida mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni ta‘minlash va ichki tartibni saqlash uchun, shuningdek davlat sirlari bilan bog‗liq bo‗lgan hollarda;Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga, Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga, shuningdek, Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan ro‗yxatlar bo‗yicha O‗zbekiston Respublikasining referendumlariga tayyorgarlik ko‗rish hamda ularni o‗tkazish uchun;O‗zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan amalga oshiriladigan davlat xaridlari xarid komissiyalari tomonidan baholanadigan eng yaxshi takliflarni saralab olish yo‗li bilan amalga oshiriladi. Shuningdek, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 sentabrdagi PQ-3953-sonli Qarorining ilovasidagi ro‗yxatga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni keyinchalik ular togrisidagi ma‘lumotlarni shartnoma tuzilgan sanadan boshlab 3 kundan kechiktirmasdan davlat xaridlarining maxsus axborot portaliga joylashtirgan holda togridantogri shartnomalar asosida xarid qilish tartibini belgilangan. Bunda, ro‗yxatdagi tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridi bo‗yicha tuzilgan shartnomalar va ularga qo‗shimcha kelishuvlar O‗zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‗allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi «Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi» davlat unitar korxonasida kompleks ekspertizadan o‗tkazilmaydi 9bundan qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming (budjet buyurtmachilari uchun olti ming) baravari miqdoridan oshgan shartnomalar va ularga qo‗shimcha kelishuvlar mustasno). Davlat buyurtmachilari tomonidan quyidagi tovarlar (ishlar, xizmatlar) to‗g‗ridan-to‗g‗ri shartnomalar bo‗yicha xarid qilinadi34 :

  1. Qonun hujjatlariga muvofiq O‗zbekiston Respublikasining alohida maxsus savdo maydonchalaridagi elektron (birja) savdolari natijalariga kora xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar).

2. Davlat buyurtmachisi faoliyatini amalga oshirish bilan bog‗liq xizmat safarlari uchun va boshqa holatlardagi chiptalar (avia, temir yo‗l va yo‗nalish transportiga).
3. Davlat buyurtmachisi faoliyatini amalga oshirish bilan bog‗liq xizmat safarlari va boshqa holatlardagi yashash xarajatlari.
4. Avval tuzilgan shartnomalardagi yetkazib beruvchilar bilan aloqa, internet va teleradiouzatish xizmatlari bo‗yicha xaridlar.
5. Boshqa yetkazib beruvchi tomonidan xizmat ko‗rsatish imkoniyati bo‗lmagan taqdirda, yetkazib beruvchi tomonidan avval olib kelingan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga kafolat muddati tugagandan keyin va joriy xizmat ko‗rsatish (ehtiyot qismlarni xarid qilish), shuningdek, avval xarid qilingan dasturiy mahsulotni kuzatish va (yoki) uni funksional kengaytirish.
6. Giyohvand vositalar va psixotrop moddalarni saqlash va olib kirish (olib chiqish).
7. Bank (banklararo) xizmatlar va operatsiyalar.
8. Mualliflik nazorati (hamrohligi) bo‗yicha xizmatlar.
9. Vazirlik (idora, muassasa) va uning tarkibidagi tashkilot (muassasa) o‗rtasida tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning xarid qilinishi.
10. Sport, madaniy-ommaviy tadbirlar, ko‗rgazmalar, yarmarkalar, anjumanlar, seminarlar va o‗quv mashg‗ulotlarini tashkil etish hamda o‗tkazish uchun binolar, inshootlar va asbob-uskunalarni ijaraga olish.
Davomi kitobni 104 betida.
III QISM.DAVLAT XARIDLARINI AMALGA OSHRISHNI TAKOMILLASHTIRISH YO„NALISHLARI 11-MAVZU. XARID QILISH TARTIB-TAOMILLARINI MONITORING VA NAZORAT QILISH 11.1 Davlat tomonidan davlat xaridlari sohasini tartibga solish.
Davlat xaridlari sohasini davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
 davlatning strategik maqsadlari va vazifalariga erishish;
 davlat buyurtmachilarining tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) bo‗lgan ehtiyojlarini ta‘minlash;
 O‗zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini va boshqa davlat dasturlarini bajarish;
 davlatning ijtimoiy vazifalarni hal qilish bo‗yicha funksiyalarini bajarish;
 davlat xizmatlarini ko‗rsatish uchun davlat xaridlari sub‘ektlariga qulay muhitni shakllantirishdan, shuningdek davlat xaridlarini amalga oshirishda korrupsiyaga va qonunchilikning boshqacha tarzda buzilishlariga qarshi kurashishdan iborat.
Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridlarida chet ellik yetkazib beruvchilar bilan bir qatorda kamida uchta mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirok etsa, agar O‗zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‗lsa, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlariga ko‗ra ushbu mahalliy ishlab chiqaruvchilarga takliflarni baholashda foydalaniladigan imtiyozlar va preferensiyalar berilishi mumkin.
Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat xaridlari sohasida davlat siyosati shakllanishi va amalga oshirilishini ta‘minlaydi.
Shunuingdek, Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat buyurtmachilarining davlat xaridlari sohasidagi faoliyati ustidan nazorat bo‗yicha ishlarni muvofiqlashtiradi; xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilarining takliflarini baholash va taqqoslash usullarini hamda mezonlarini, shuningdek ular o‗tkazilishini tashkil etish tartibini belgilaydi; xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilari tomonidan eng yaxshi takliflarni tanlab olish va tenderda ishtirok etish uchun elektron shaklda takliflar berish tartibini belgilaydi; davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni korib chiqish bo‗yicha komissiya tarkibini tasdiqlaydi.
Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ sanaladi.
Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
 davlat xaridlari sohasida davlat tomonidan tartibga solishni va davlat siyosatini amalga oshiradi;
 davlat xaridlarini tashkil etish va o‗tkazish tizimini, shu jumladan, elektron tizimni rivojlantirish bo‗yicha dasturlarni ishlab chiqish hamda ro‗yobga chiqarishning samaradorligi va ochiqligini oshirish bo‗yicha choralar ko‗radi;
 davlat xaridlari elektron tizimi operatorlarini hamda ularning davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirishga taalluqli faoliyati tartibini, shuningdek maxsus axborot portali faoliyati tartibini belgilaydi;
 davlat xaridlarining elektron tizimiga nisbatan talablarni belgilaydi;
 iqtisodiy jihatdan eng foydali taklifni baholash usulini qo‗llash tartibini (baholashning narxga asoslanmagan mezonlarini) ishlab chiqadi;  davlat xaridlari bo‗yicha axborotni joylashtirish, oshkor qilish va undan foydalanish tartibini hamda hajmlarini, shuningdek tovarga (ishga, xizmatga) hamda davlat xaridlarini amalga oshirish usuliga qarab e‘lon qilishga doir qo‗shimcha talablarni belgilaydi;
 xarid qilish tartib-taomillarini o‗tkazish to‗g‗risidagi e‘lonlarning, xarid qilish hujjatlarining namunaviy shakllarini tasdiqlaydi;
 Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini shakllantirish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
 Shartnomalarning yagona reyestrini yuritish tartibini belgilaydi;  davlat xaridlari sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning bajarilishi ustidan monitoring va nazoratni ta‘minlaydi;
 davlat xaridlari sub‘ektlaridan axborotlarni so‗rab oladi, jamlaydi, ularni tahlil qiladi va hisobotlarni shakllantiradi;
 davlat xaridlari sohasida xarid qilish va korrupsiyaga qarshi kurashish standartlari bo‗yicha sertifikatlashtirish tizimini joriy etishga doir takliflarni ishlab chiqadi va Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ko‗rib chiqish uchun kiritadi.

Yüklə 55,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin