Ii qism. Davlat xaridlarini amalga oshrishning tartib-taomillari 6-bob. Elektron do„kon orqali davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi


Xarid qilish tartib-taomillarini monitoring va nazorat qilish



Yüklə 55,93 Kb.
səhifə13/14
tarix24.10.2023
ölçüsü55,93 Kb.
#160616
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
DAV.XAR.Full

11.2. Xarid qilish tartib-taomillarini monitoring va nazorat qilish
Davlat xaridlari sohasidagi monitoring davlat xaridlari to‗g‗risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini, davlat xaridlarining Qonunda belgilangan maqsadlari, printsiplari va cheklovlari amalga oshirilishini davlat xaridlarining o’tkazilishi haqidagi axborotni to‗plash, umumlashtirish, tizimlashtirish va baholash vositasida doimiy asosda amalga oshiriladigan kuzatish tizimidan iborat bo’ladi.
Davlat xaridlari sohasidagi nazorat mazkur sohada qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo‗yishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimidan iborat boladi.
Davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish choida qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan tekshiruvlar otkazilishiga va hisobot berish shakllarini talab qilishga yo‗l qo‗yilmaydi. Qonunning va davlat xaridlari sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning to‗g‗ri qo‗llanilishi ustidan davlat nazoratini quyidagilar o‗z vakolatlari doirasida amalga oshiradi:
 O‗zbekiston Respublikasi Hisob palatasi;
 O‗zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;
 O‗zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi;  O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;
 O‗zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‗mitasi.  O‗zbekiston Respublikasi Hisob palatasi davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan davlat xaridlarini auditdan o‗tkazadi va audit natijalarini O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga har yilning yakuni bo‗yicha kiritadigan hisobotida ko‗rsatadi, shuningdek ochiq axborot manbalariga joylashtiradi.
Ozbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning ozini o‗zi boshqarish organlari, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ro‗yxatdan o‗tkazilgan nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari davlat xaridlari togrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga haqli.
Jamoatchilik nazoratini amalga oshiruvchi Ozbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ro‗yxatdan otkazilgan nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari: davlat xaridlari togrisidagi qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflar tayyorlashga; xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish va shartnomalarni bajarishning borishi togrisida axborot taqdim etish haqidagi so‗rovlarni davlat buyurtmachilariga yuborishga; xarid qilish tartib-taomillari yuzasidan mustaqil monitoringni va davlat xaridlari samaradorligini baholashni, shu jumladan ularning ―Davlat xaridlari togrisida‖gi Qonun talablariga muvofiqligini baholashni amalga oshirishga; tekshiruv tadbirlarini o‗tkazish tashabbusi bilan davlat organlariga murojaat qilishga haqlidirlar. Shuningdek, jamoatchilik vakillari davlat buyurtmachisi, davlat xaridlari elektron tizimi operatori, vakolatli organ, xarid komissiyalari va ularning a‘zolari harakatlarida (harakatsizligida) qoidabuzarliklar aniqlangan hollarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishga yoki qonunchilikka muvofiq sudga murojaat qilish vakolatiga ham ega hisoblanadilar.

Yüklə 55,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin