isbotlangan. O’zbeklarning janubiy evropeoid irqining o’ziga xos pushti ekanligi
janubiy O’zbekistonda kashf etilgan. Markaziy Osiyodagi eng qadimiy muste
davriga oid paleolit bolaning Teshiktoshda topilgan suyak qoldiqlari orqali
isbotlash mumkin. Mazkur irqqa o’xshash tiplarning O’rta Er dengizi, Old va
Janubiy Osiyoning ayrim rayonlarida topilganligi diqqatga sazovordir.
Surxandaryo va Farg’ona vodiysining turli joylaridan topilgan har xil qurol
va buyumlar, madaniy qatlamlar bu erda yashagan aholi, teshiktoshliklar singari,
ovchilik va terimchilik bilan shug’ullanib, olovdan keng foydalanganliklari
to’g’risida xulosa qilishga imkon berdi.
Demak, arxeologik va poleantropologik tadqiqotlarga qaraganda, tarixiy-
madaniy va etnik jixatdan Markaziy Osiyo, jumladan O’zbekiston insoniyat
taraqqiyotining eng ilk davrlaridan boshlab Old Osiyo bilan bog’liq bo’lgan.
Balki paleolit davrida Markaziy Osiyoga axoli Old Osiyodan kuchib kela
boshlagan va keyinchalik ovchi va terimchi qabilalarning ko’chish jarayoni
davom qilib turgandir. Bunga Machoy g’oridan topilgan mezolit (eramizdan
avvalgi UP-U! ming yilliklar) davriga oid odam suyagi qoldiqlari va juda ko’p
moddiy buyumlar dalil bo’ladi.
Bu makondagi madaniy qatlamlarga o’xshash topilmalar Toshkent
voxasida, Turkistonda Janubiy Kozog’iston va OlD Osiyo mamlakatlaridagi
mezolit obidalaridan topilgan buyumlarga o’xshaydi. Paleontropologik
tadqiqotlar mazkur makonlarda yashagan axoli evropeoid irqiga mansub
ekanligini tasdiqlagan. Topilmalar Markaziy Osiyo axolisining eng qadimiy
davrlardan qo’shni elatlar, ayniqsa davrlardan janubiy va g’arbiy qabilalar bilan
aloqada bo’lganligini isbotlaydi.
Dostları ilə paylaş: