Xususiy ilmiy metodlar
–
materiya harakatining asosiy shakliga mos bo‘lgan muayyan fanda
qo‘llaniladigan bilish usullari, tamoyillari, tadqiqot usullari va tartib-taomillari majmui.
Mexanika, fizika, kimyo, biologiya va
ijtimoiy-gumanitar fanlarning metodlari shular
jumlasidandir. Xususiy
fanlar metodlarining o‘ziga xos xususiyatlari moddiy ifodasini topgan
bilish
vositalari: mikrofizikada zarralarni tezlatgichlar, tibbiyotda a’zolar faoliyatini qayd etuvchi
turli o‘lchagichlar va shu kabilar hozirgi zamon metodologik
tadqiqotining muhim tarkibiy qismi
hisoblanadi.
Umumilmiy-tadqiqot
metodlari
falsafa
bilan
maxsus
fanlarning
fundamental
nazariymetodologik qoidalari o‘rtasida o‘ziga xos «oraliq metodologiya» bo‘lib xizmat qiladi.
Umumilmiy tushunchalar qatoriga ko‘pincha «axborot», «model», «tuzilma», «funksiya»,
«tizim», «element», «oqilonalik», «ehti mollik» singari tushunchalar kiritiladi.
Birinchidan, bir
qancha xususiy fanlar hamda falsafiy kategoriyalarning
alohida xossa, belgi va tushunchalari
umumilmiy tushunchalarning mazmuniga
«singdirib» yuborilganligi, ikkinchidan, (falsafiy
kategoriyalardan farqli
o‘laroq) matematik nazariya va simvolik mantiq vositalari bilan ularni
6-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI
99
formallashtirish, ularga aniqlik kiritish mumkinligi umumilmiy tushunchalarning o‘ziga xos
jihatlaridir.
Agar falsafiy kategoriyalar umumiylikning mumkin bo‘lgan eng yuqori darajasi –
muayyan umumiy darajani o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lsa, umumilmiy tushunchalarga ko‘proq
umumiy mavhum (bir xil) daraja xoski, bu ularni mavhum-formal vositalar yordamida ifoda etish
imkonini beradi
. Falsafaning asosiy masalasini (to‘la hajmda) echishda «ishtirok etish» sharti
muayyan
«tafakkur shaklini yaratish»ning «falsafiyligi», «dialektikligi» darajasini aniqlashning
muhim mezonidir.
Umumilmiy tushuncha va konsepsiyalar asosida bilishning tegishli metodlari, tamoyillari
ta’riflanadi, ular esa, o‘z navbatida, falsafaning maxsus ilmiy bilim va uning metodlari bilan
oqilona o‘zaro aloqasini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: |