Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə129/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

6-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI 

98

topadi. Kantchilar amaliyotni tahlil qilishda sub’ektning faolligidan kelib chiqadilar. Markschilar 
amaliyot vositalarini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Vaholanki, amaliyot yaxlit hodisa bo‘lib, bu erda
hamma narsa o‘zaro bog‘langandir. Amaliyotni tarkibiy qismlarga ajratish va ular o‘rtasida 
subordinatsiya o‘rnatish doim ham o‘rinli bo‘lavermaydi.Dunyodagi barcha narsalar va hodisalar
kabi amaliyot ham u yoki bu darajada rivojlangan shakllarda mavjud bo‘ladi. Nafaqat ijtimoiy 
ishlab chiqarish,balki insonning har qanday faoliyati amaliyot hisoblanadi. Masalan, individual
tafakkur jarayoni ham amaliyotdir. Amaliyotda nafaqat ishchi va muhandis, balki siyosatchi, olim, 
xullas, har bir odam ishtirok etadi. Agar tabiiy jarayonlar inson faoliyati sohasi bilan bog‘liq
bo‘lmasa, ular amaliyot sohasiga kirmaydi. Nazariya va amaliyot o‘rtasidagi tafovutni bartaraf 
etish lozimligi to‘g‘risida ko‘p so‘z yuritiladi, demak, nazariya amaliyotga zid bo‘lishi mumkin.
Boshqa bir yondashuvga ko‘ra, yaxshi nazariyadan amaliyroq narsa yo‘q. Nazariya va amaliyot 
o‘rtasidagi soxta tafovutni bartaraf etish emas, balki amaliyotni rivojlantirish, uning
samaradorligini oshirish muhim vazifadir. Samarali ish ko‘radigan sub’ekt va jamiyat yaxshi 
amaliyotchidir. Amaliyot shakllariga kelsak, ular inson faoliyatining tarkibiga muvofiq ancha
ko‘p. Masalan, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy hayot amaliyoti, san’at va fan amaliyoti, til 
amaliyoti va hokazolar bor. Falsafa amaliyotga kategoriyalar, ya’ni amaliyotning barcha
shakllariga xos bo‘lgan umumiy jihatlar nuqtai nazaridan yondashadi.
5.
«Metod» va «metodologiya» tushunchalari
. «

Metod» (yunon. «metodos» –«usul») keng 

ma’noda yo‘l, ijodiy faoliyatning har qanday shakli kabi ma’nolarni anglatadi. Metodologiya 

tushunchasi ikki asosiy mazmunga ega – faoliyatda qo‘llaniladigan ma’lum usullar tizimi (fanda, 

siyosatda, san’atda va h.k.) tizim haqidagi ta’limot yoki metod nazariyasi. 


Fan metodlari 


ma’lum fan tarmog‘iga kiruvchi yoki fanlar tutashgan joyda vujudga kelgan 

muayyan fan sohasida qo‘llaniladigan usullar tizimi. 
Har bir

fundamental fan, mohiyat-e’tibori 


bilan, o‘z predmetiga va o‘ziga xos tadqiqot

usullariga ega bo‘lgan sohalar majmuidir. Fanda, ko‘p 


hollarda tanlangan metod

tadqiqotning taqdirini hal qiladi. Aynan bir daliliy materialni turli

metodlar asosida o‘rganish ziddiyatli xulosalarga olib kelishi mumkin. Ilmiy

bilishdagi to‘g‘ri 


metodni xarakterlar ekan, F.Bekon uni, yo‘lovchining yo‘lini

yorituvchi chiroq bilan qiyoslaydi. 


Noto‘g‘ri yo‘ldan bora turib, y yoki bu masalani

hal qilishda muvaffaqiyatga erishishga umid 


qilish mumkin emas. 3epo, nafaqat

natija, balki unga eltuvchi yo‘l ham to‘g‘ri bo‘lmog‘i lozim.


Fan metodlarining guruhlarga bo‘linishi bir nechta asoslarga ega. 
Bilish

jarayonida uning roli va 


o‘rni nuqtai nazaridan: formal, empirik, nazariy-tadqiqot, izohlash, shuningdek, boshqa
metodlarga ajratish mumkin. O‘z navbatida, bilishning sifat va son, bilvosita va bevosita original 
hamda faoliyatli

metodlari ham mavjud. Metodlarni tanlash va turli metodik tadqiqot faoliyatida 


qo‘llash o‘rganilayotgan hodisa tabiati va qo‘yilgan vazifalar bilan xarakterlanadi.



Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin