Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə132/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

6-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI 

100



umumiy o‘zgaruvchanligi bir narsaning ikkinchi narsaga – erning suvga, suvning havoga, 
havoning olovga, olovning efirga aylanishi va qayta takrorlanishi bilan xarakterlanadi, deb
hisoblaganlar.
Dialektik metod yangi davrda, xususan, nemis falsafasida, ayniqsa, Kant, Fixte, SHelling va Gegel
tomonidan yanada chuqurroq tahlil qilingan. YAngi davrning o‘ziga xoc xususiyati shundaki, bu 
davrga kelib taraqqiyotga yangicha munosabat shakllandi. Dialektik metod predmetlarda emas,
balki munosabatlarda o‘z aksini topa boshladi. Bu cheksizlik haqidagi g‘oyani qayta ishlash bilan 
bog‘liq edi. CHeksizlik g‘oyasining yangicha talqini paradoksal nazariya shaklida namoyon
bo‘ldi. Bu Kantning planetar tizimlarning tumanlikdan paydo bo‘lganligi haqidagi gipotezani 
yaratishi bilan bog‘liq. Bilish nazariyasida Kant ikki mulohazaning ziddiyatliligi antinomiyasini
ochib tashlar ekan, bunda har ikkalasini etarli asosga ega, deb hisoblaydi. Masalan: 1. Dunyo 
vaqtda boshlang‘ich nuqtaga ega va vaqtda cheklidir. 2. Dunyo vaqtda boshlang‘ich nuqtaga ega
emas va vaqtda cheksizdir. Kant ziddiyatlarga eskicha, ya’ni inson aqlining illyuziyasi sifatida 
qaraydi. U bu ziddiyatlarni yangi nazariya yaratish jarayonida kashf qiladi, biroqundan qutilish
yo‘lini ko‘rsata olmaydi. Ularga aqlning xatosi sifatida qarash kerakmi? Hissiy idrok qilishda 
xatoga yo‘l qo‘yilar ekan, aqlning xatoligidan shubhalanish to‘g‘rimikan? – degan savollarga
javob izlagan Kant aqldagi ziddiyatlarni bartaraf qilish yo‘lini topadiki, aynan shu yo‘l pozitiv 
dialektikaning asosi bo‘ladi. Bunda inson aqli o‘zgaruvchanligining tarixiyligi tan olinadi, aqlning
xatosi esa, tarixiy asosga ega bo‘lib, u taraqqiyotning cheksizligi, bilish jarayonini to‘g‘ri 
tushunish qobiliyatiga ega emas. Kant dialektika metodidan yangicha foydalanish imkoniyatini
ko‘rsatdi, taraqqiyot muammosini yangicha qo‘yish va hal qilish zaruriyatini e’tirof etdi. 
Taraqqiyotning yangi nazariyasini Kant sub’ekt aqlining dialektik xarakteri bilan bog‘laydi va
sub’ektiv dialektikani asoslab beradi. Dialektika taraqqiyotining keyingi imkoniyatlari Gegel 
falsafasida o‘zifodasini topdi. Gegel dialektikani falsafa taraqqiyotining umumiy nazariyasi
sifatida asoslab bergan. Ma’lumki, o‘rta acp ratsionalizmi tajribaning ahamiyatini va nazariyaning 
empirik paydo bo‘lishini tan olishi bilan xarakterlangan. Gegel fikrlari boshqacha xarakterga ega.
U, falsafa o‘z xususiyatlarini asoslovchi metodga ega bo‘lmas ekan, fan bo‘la olmaydi, deb 
hisoblaydi. Gegel dialektik metodni mukammallashtirish mumkinligini va u yagona haqiqiy
metodligini ta’kidlaydi. Falsafa metodi tabiat va ruh taraqqiyotini ifodalovchi fikr harakatiga 
adekvat bo‘lishi lozim. Gegel o‘z metodida shunday adekvatlikka erishilganligiga ishonadi.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin