Amaliyot.
Bilishning negizini amaliyot tashkil etadi
. Bu insonning butun bilish jarayoni
sezgilardan boshlab ilmiy mavhumliklarga qadar ijtimoiy-amaliy faoliyat asosida rivojlanishi,
uning ehtiyojlari va muvaffaqiyatlari bilan belgilanishi va yo‘lga solinishini anglatadi.
Amaliyotning tarkibiy qismlari:
1) maqsad; 2) maqsadga muvofiq faoliyat; 3) amaliyot
vositalari; 4) amaliy harakat ob’ekti; 5) harakat natijasi kabilar
.
Maqsad sub’ektga yoki odamlar
guruhiga xos.
Maqsad – erishish mo‘ljallangan kelajakning sub’ektiv obrazi.
Pirovard maqsad
muqarrar tarzda muayyan predmetlarga bog‘lanadi, deb o‘ylash yaramaydi. Insonning chegara
bilmas intilishi
bilan tavsiflanadigan ideal ham maqsad bo‘lishi mumkin. Maqsad haqidagi falsafiy
ta’limot – teleologiya, deb ataladi. Amaliyot o‘z maqsadlarini ko‘zlovchi
odamning faoliyatidir.
Shu sababli u maqsadga muvofiq faoliyat hisoblanadi.
Bu faoliyatning o‘zi maqsad timsoli sifatida
amal qiladi. Bu erda sub’ekt muqarrar tarzda g‘ayri niyatni emas, balki kuchni tan oladigan tabiat
bilan
to‘qnashadi. Inson tabiatga tabiiy kuch sifatida qarshi turadi.
Maqsadga erishish uchun ishga solinadigan hamma narsa amaliyot vositasi deb ataladi
. Bu
nafaqat mashinalar, mehnat qurollari, balki odamlarning bilimlari va hayot tajribasi hamdir.
Harakat qaratilgan narsa amaliyot ob’ekti deb ataladi. Faoliyat mahsulotda to‘xtaydi, maqsad
ro‘yobga chiqadi. Ro‘yobga chiqqan maqsad
maqsad emas. Imkoniyat borliqqa aylanadi; amaliy
harakat bajariladi. Amaliy
harakatlar estafetasi inson amaliyoti, uning faol hayotini tashkil etadi.
Amaliyot natijasiga erishish bosqichida sub’ekt o‘z harakatlarining samaradorligini, ularga
yo‘ldosh bo‘lgan emotsional va oqilona jihatlarni baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Amaliyot
haqiqat mezoniga aylanadi. Amaliyot haqiqatning birdan-bir mezoni emas, biroq u haqiqatni
baholashning bosh mezonlaridan biri sifatida tan olinadi. Inson o‘z tafakkurining haqiqiyligini,
uning butun qudratini amaliyotda isbotlab berishi lozim. Amaliyot tarkibida har xil ahamiyatga
ega bo‘lgan nisbatan mustaqil jihatlar mavjud bo‘lib ular falsafiy ta’limotlar mazmunida o‘z aksini
22
Beruniy. Hindiston. –Т.: «Фан», 1966 y. 25-b.
23
Милитан В. Психология лжи. –М.: «АСТ», 1993. с. 39.
|