Murakkab hukmlar. Yuqorida bayon qilinganlardan ma’lumki, hukm terminlari birdan
ortiq bo‘lsa, ularni murakkab hukmlar deb yuritamiz. Murakkab hukmlarni turlarga, ajiratganda
ularning tarkibidagi mantiqiy bog‘lovchining mazmuniga e’tibor beramiz. Shunga qarab
murakkab hukmlarning quyidkgi asosiy turlarini ko‘rsatish mumkin:
birlashtiruvchi, ayiruvchi
va shartli hukmlar.
Birlashtiruvchi hukmlarda sub’ekt rki predikat, ba’zan ikkalasi ham birdan ortiq bo‘ladi.
Ularning tarkibida terminlarning teng bog‘lovchi «va» (uning o‘rniga mos keluvchi boshqa
bog‘lovchi) mavjud bo‘ladi. Masalan, «Kant va Feyrbax nemis filosoflaridir», «Hamza shoir,
dramaturg, kompozitor, ma’rifatparvar ».
SHartli hukmlar tarkibida odatda «...sa, ...bo‘ladi» so‘zlari mavjud bo‘ladi. Ko‘pincha ikki
bog‘liq hodisa haqida fikr bayon qilinadi. SHartli hukmning sabab va oqibatini ifodalaydigan
qismlarida sub’ekt va predikat alohida-alohida bo‘ladi. Masalan, «Agar jism qizdirilsa, u
kengayadi». Birlashtiruvchi hukmlar kon’yuktiv, ayiruvchi hukmlar diz’yunktiv, shartli hukmlar
implikativ hukmlar deb ham ataladi. Ayiruvchi hukmlar «