Ijtimoiy fanlar fakulteti


XXI asrga kelib dunyo globallashuv jarayonlari qurshovida qoldi



Yüklə 196,44 Kb.
səhifə11/16
tarix11.08.2023
ölçüsü196,44 Kb.
#139198
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Mamadiyev O. DISSERTATSIYA — копия

XXI asrga kelib dunyo globallashuv jarayonlari qurshovida qoldi.
Bunday vaziyatda xar bir inson o’z xayot yo’lini tanlash uchun kimningdir xayoti, fikrlari va maqsadlaridan o’ziga munosib na’muna izlaydi.
Xatarlisi shundaki: kimgadur taqlid qilib turli tuzoqlar girdobida qolish, to’g’ridan -notug’rini ajrata olmasdan butun xayot yo’lini yanglish yo’llarda besamar o’tkazish xam mumkun. Afsuski vaqtni ortga qaytarib bo’lmaydi, xatolarni tuzatib bo’lmaydi.
Shuning uchun insonlarga to’g’ri yo’lni ko’rsatish diniy va dunyoviy dunyo qarashini to’g’ri shakillantirishga ko’maklashish maqsadida turli nazariya va yo’nalishlar ustida izlanishlar olib borilmoqda.
Diniy – falsafiy nuqtai nazardan xar bir inson millati, yashash hududi va jamiyatdagi mavqeidan qatiy nazar ma’lum bir kuchga tobeelik xarakteriga egadir.
Turli tarixiy manbaalardagi ma’lumotlarga ko’ra insoniyat ibtidoiy jamoa zamonlaridanoq o’zi uchun turli e’tiqodlarni o’ylab topgan. Shuning natijasida totemizm , animizm, fetishizm ka’bi e’tiqodlar shakillanib borgan.
Davlatlar vujudga kelgach turli ko’p Xudolilik e’tiqodlari vujudga kela boshladi. XXI asrda 3 ta asiosiy din jahon dini sifatida etirof etilmoqda. Bular : Islom dini, Xristianlik va Buddizmdir. Yuqoridagi tarixiy faktlardan kelib chiqib shuni aytishimiz mumkunki xozirgi zamonaviy ilm - fan taraqqiy etgan davrimizda e’tiqod to’g’riligi katta ahamiyatga egadir.
Shu uchta jahon dini ta’moyillariga ko’ra yoshlarni axloqi ongi va xayot yo’liga ta’sirini faktlar va muloxazalar orqali ko’rib chiqamiz.
Bunda biror bir e’tiqod vakilini kamsitish yoki qaysidir dinni qora qilib ko’rsatish maqsadidan yiroqmiz, biz faqat bilimimiz doirasida aniq faktlarga asoslangan fikrlarni va mantiqiy muloxazalarni keltirib o’tamiz xolos. Mantiqiy mushoxada yurutgan xolda to’g’ri xulosa chiqarishni insonlarning o’ziga qoldiramiz.
Zero biz e’tiqod va fikr erkinligi konistitutsiya bilan tasdiqlangan mustaqil demokratik respublika fuqarolarimiz.
Buyk Britaniyalik yozuvchi, Islomiy tadqiqotlar bo’yicha lektor, siyosatchi, Kembrij universiteti Islomiy tadqiqiotlar bo’yicha lektori : Timmoti Jon Uinter (Abdulhakim Murod) “O’zining XXI asrda Islom ; yoxud Postmodern dunyoda qiblani topish” asrida Islom dini XXI asr insoniyatga qaysi yo’nalishlarda qay darajada ta’sir etayotganligi va boshqa jahon dinlari bilan taqqoslaganda Islom butun insoniyat marifatiga qanday foyda keltirayotganligi haqida batafsil keltiradi. Biz ma’lum bir din vakili sifatida emas balki obektiv fikrlovchi shaxs sifatida fikrlaydigan bo’lsak butun dunyo tan olgan jahon dinlarini insoniyatni taraqqiyot yo’liga nechog’lik to’g’ri yo’naltira olganligini mushoxada qila olamiz. Buddaviylik dini keng yoyilgan ilk o’rta asrlarga teran nigoh bilan qarasak insoniyatning ilmiy va ma’rifiy taraqqiyotiga bog’liqlilik jihatlarini anglay olmaymiz, ma’lum tarixiy faktlarga suyanilsa bu davrlarda budda xaykallarini yasash, rivojlangan shaharlar aholisi uchun yuksak rivojlanish belgisi sifatida ko’rilishi natijasida haykaltaroshlik san’ati bir qadar rivoj topganini etirof etish mumkun xolos. Arxeologlar tomonidan topib o’rganilgan va xozirda muhtasham muzeylarda yuksak tarixiy sana’t durdonasi sifatida e’tiborlarni jalb qilib turgan ushbu sana’t durdonalari o’z davrida diniy e’tiqod ramzi, Shahar aholisining diniy etiqodi darajasini belgilovchi omil, to’kin hayot uchun ilohlarga ko’rsatgan ehtiromi va ularga nisbatan qo’rquvini ifodalovchi vosita sifatida ko’rilgan. Ammo xozirgi yuksak taraqqiy etgan xayotimizda bizni yaratgan ilohga qanchalik chiroyli yoki hajman ulkan xaykal quyishimiz ilohga nisbatan cheksiz xurmat belgisi va yaxshi xayotimiz shukronasi bo’ladi degan tushuncha mutlaqo aqilga sig’masdir va insonlar buni ongli ravishda rad etmoqdadir. Buddaviylik arkonlari ma’lum bir xududlarda milliy urf odat, yuqorida ta’kidlaganimizdek tarixiy sana’t va ming yillar davomida odat tusiga aylanib qolgan xayotning bir bo’lagi sifatida yashab kelmoqda. Oila tarixiga ko’ra ushbu dinning ming yillik vakili bo’lib kelayotga va bugungi kunda ilmiy texnikaviy rivojlanish va glaballashuv jarayonining markaziga kirib borayotgan insonlar Buddaviylikni tarixiy ajdodlarining umumiy merosi sifatida ko’rishmoqda ; ularning xayot tarzi, xarakteri ish faoliyati va dunyo qarashi prinsiplariga Buddaviylik dinining ta’siri deyarli ko’zga tashlanmaydi.
Asosan Yevropa va Amerika qitasida keng tarqalgan xristianlik dini insoniytaga nechog’lik to’g’ri e’toqod va ma’rifat yo’lini ko’rsata oldi?.
Buddaviylik kabi Xristianlik dini xam o’rta asrlarda e’tiqod sifatida keng yoyildi. Shu sababli o’rta asrlarda xristianlarining foydali ilmiy ma’rifiy yutuqlari va xristianlik etiqodiga nisbatan bo’lgan munosabatlari xozirgi kunda xristianlikning etiqod vakillari xayotida ta’siriga to’xtalasak.
XII-XVIII asrlar butun yevropa bo’ylab xristianlik dini xukmron bo’lgan Rim papalari barcha yevropa davlatlariga bexisob soliqlar solgan va qirollarning taxtda ko’proq qolishi vatikanga qanchalik “Xayrixoxlik bilan boqishiga” bog’liq bo’lgan bir davrdir. “Xayrixoxlik bilan boqish” deganda Vatikanga to’lnadigan yillik soliqlarni xajmi cherkov uchun qirollik oilalarining inomlari va ajratilgan yerlar hajmini tushunish mumkun. Bu faqatgina Rim xristianlik cherkovining iqtisodiy tomoni xolos. Usha davrlar uchun oddiy xol bo’lgan Indulgensiya savdosini mantiqini xozirda yuksak bilimga ega xristian olimlari xam tushuntirib bera olishmaydi. Indulgensiya savdosida xar qanday inson malum bir to’lov evaziga qilgan gunoxini yuvish mumkun bo’lgan cherkov rohiblari xar qanday gunohi kechirilgani xaqida yozma “chek” yozib berishgan.
Yan bir xolat : Inkivizitsiya sudkaridir o’sha davrlarining ko’plab olim va ixtirochilari “lanatlangan” va “jodugar” deb e’lon qilinib olovda yoqib yuborilgan mashhur olimlar Jordano Bruno, Nikolay Koppernik lar so’zimiz dalili Galeleo Galelining inkivizitsiya sudi qiynoqlari natijasida o’z ilmiy nazariyalaridan vos kechishga majbur bo’lishi xam yaqqol dalildir. Bu ishlar faqatgina ma’lum bir din vakillari tomonidan amalga oshirilgan bo’lganbu darajada bo’lmasdi. Afsuski butun bir Xristianlik dini raxnamolari rim papalari kardinallari bu ishlarni dinning asosiy asoslariga aylantirishdi. Bu ishlarni o’rganib Xristianlik dini ilm fan xomiysi va ma’rifiy rivojlanish xayrixoxi bo’lgan deya olmaymiz.
Bundan tashqari millionlab Xristianlarni va Musulmonlarni matiqsiz qirilib ketishiga va xristianlar musulmonlar orasida dushmanlik kayfiyatini uyg’otishga sabab bo’lgan “Salb yurishlari” ilm fan va madaniyatni rivojlantirish maqsadida bo’lgan deb ayta olmaymiz. Yevropada ilmiy faktlarga asoslanib keng fikrlaydigan insonlarning ko’payib borishi natijasida Vatikan katolik cherkoviga qarshi bir qabcha qarshilik xarakatlari yuzag kelib diniy qarashlarni isloh qila boshlashdi. evropada ilmiy faktlarga asoslanib keng fikrlaydigan insonlarning ko’payib borishi natijasida Vatikan katolik cherkoviga qarshi bir qabcha qarshilik xarakatlari yuzag kelib diniy qarashlarni isloh qila boshlashdi. Yevropada ilm fan rivojlanishi cherkovning insonlar xayotidan ixtiyoriy uzoqlashtirilishi bilan mutanosib tarzda kechdi.


Yüklə 196,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin