Ijtimoiy fanlar fakulteti



Yüklə 196,44 Kb.
səhifə9/16
tarix11.08.2023
ölçüsü196,44 Kb.
#139198
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Mamadiyev O. DISSERTATSIYA — копия

I bob bo‘yicha xulosa
Bugun innovatsion texnologiyalar maishiy hayotdan tortib yirik ishlab chiqarishga qadar kirib kelmoqda. Yangi texnologiyalar insonlarning hayotini farovon va qulay qilishga xizmat qilmoqda. Sodda qilib aytganda, yangi g‘oyalar kam mehnat qilib, ko‘proq daromad qilish, kam harakat bilan ko‘proq samaraga erishishni ta’minlamoqda.
Sayyoramiz tabiiy resurslari tobora kamayib borayotgan bir paytda mamlakatlar o‘rtasida ilmiy jabhadagi raqobat yanada kuchayishi shubhasiz.

II BOB. G’ARB VA SHARQ JAMIYATIDA DINIY QARASHLARNING YOSHLAR XAYOTIDA O’RNI.

Mazkur bobda Sharq jamiyatida diniy qarashlarning yoshlar ongiga ta`siri va G`arb yoshlari tarbiyasida diniy qarshlar ko’rib chiqilgan.




2.1. Sharq jamiyatida diniy qarashlarning yoshlar ongiga ta`siri
Globallashuv sharoitida yoshlarda milliy va umuminsoniy g‘oyalarni singdirishning muammolari Mamlakatimizda yoshlarning ma'naviy qiyofasini, dunyoqarashini mustaqillik mafkurasi, uning insoniy tamoyillari asosida shakllantirishga bosh vazifa sifatida qaralayotgani bejiz emas. Chunki, hozirgi kunda mafkuraviy kurash o‘ta murakkablashib, eng dolzarb umuminsoniy muammolardan biriga aylanib bormoqda. Uning shakllari, usullari va vositalari kundan-kun avj olib bormoqda. Bunday vaziyatda turli shakldagi ta'sir va tahdidlarga faqat insonlarning, ayniqsa oilada yoshlarning ongini mustahkam egallagan kuchli g‘oya, mafkura bilan demokratik, dunyoviy tafakkur asosida doimo hushyor va ogoh bo‘lib, unga qarshi tura olish immunitetini shakllantirish darkor.
Ma'naviy islohotlar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lgani, diniy yot g‘oyalar tahdidi ko‘payib borayotgan, odamlar ongi va qalbini egallash yo‘lidagi kurash jarayonlari kuchaygani uchun hayotning barcha jabhalari, eng asosiysi oilada ma'naviy-ma'rifiy va mafkuraviy sohalarda jadal ishlarni amalga oshirish eng muhimdir. Buning uchun eng avvalo, yot g‘oyalarga qarshi tashviqot-targ‘ibot asosida barcha ta'lim muassasalarida, jamiyatimizning turli qatlamlarida bizga mutlaqo begona bo‘lgan diniy yot oqimlarga, xuruj va harakatlarga qarshi chiqishimiz darkor.
Bunda eng muhim masalalardan biri yoshlar o‘z fikrini ifodalashga, erkin fikrlashga o‘rganishi kerak. Shu bois yoshlarimizni maktab va oliy o‘quv yurtlarida erkin fikrlashga, bahslashishga o‘rgatishni yanada chuqurlashtirishimiz lozim. Hozirgi paytda xalqaro maydonda mafkuraviy, g‘oyaviy, informatsion kurashlar kuchayib borayotgan murakkab davrda milliy g‘oya targ‘iboti va ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirishni zamon talablari asosida tashkil etish asosiy vazifa bo‘lib qolmoqda.
Muhtaram Yurtboshimiz Islom Karimov ta'kidlaganlaridek, “Yoshlarimizni 14 turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, yurtdoshlarimizni hayotga ongli munosabatini shakllantirish, tevarak-atrofda yuz berayotgan voqealarga e'tiborlilik hissini oshirish kerak”. 11 Zero, mamlakatimiz mustaqilligi, tinch-osoyishta hayotimizni ko‘rolmaydiganlarga, tajovuzkor harakatlarga qarshi izchil kurash olib borish va doimo tayyor turish har birimizning insoniy burchimizdir. Shuning uchun ham, rivojlanish bilan birga turli xil mafkuraviy jarayonlar paydo bo‘layotgan bir davrda, yoshlarimiz qalbida milliy tafakkur va sog‘lom dunyoqarashni mustahkamlash, ularning ongli yashashga, o‘z fikriga ega bo‘lishga, turli ma'naviy tajovuzlarga qarshi sobit tura olishga qodir bo‘lgan irodali, fidoiy hamda vatanparvar insonlar etib tarbiyalash bugungi kunning dolzarb vazifasi hisoblanadi.
Bu esa, milliy g‘oyaning targ‘ibot ishlarini ta'sirchanligini ta'minlaydigan zamonaviy axborot texnologiyalari va mexanizmlarini yaratish, yoshlarimizning mafkuraviy immunitetini kuchaytirish lozimligini taqozo etadi. Buning uchun uning samarali usullarini ishlab chiqish, hayot tarzimizga zid bo‘lgan aqidaparastlik, ekstremizm, terrorizm kabi mafkuraviy xurujlarning mohiyatini chuqur ochib berish nihoyatda zarurdir.



Yüklə 196,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin