6. Byudjet tashkilotida rivojlantirish jamg’armasi hisobidan xodimlarga rag’batlantirish hisoblanganda qanday buxgalteriya yozuvi beriladi? a. Dt 261 Kt 173.
b. Dt 210 Kt 180.
c. Dt 211 Kt 180.
d. Dt 261 Kt 180.
7. Byudjet tashkilotida to’lovlarning maxsus turlariga doir mablag`lar bo’yicha joriy yilga moliyaviy natija qaysi hisobvaraqda yuritiladi? a. 100.
b. 232.
c. 240.
d. 150.
8. Byudjet tashkilotini Byudjetdan moliyalashtirish qaysi hisobot shaklida aks etadi? a. 2-BMMJ.
b. 2-RJ.
c. 2-shakl.
d. 2-TK.
9. Byudjet tashkilotini moliyalashtirish uchun yuridik majburiyatni g’aznachilik bo’linmasiga taqdim qilingach necha kun muddatda ko’rib chiqiladi? a. 0 4.
b. 0 2.
c. 0 3.
d. 0 5.
10. Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari tashkilotning kreditorlik qarzlari bo’lmasa necha foizi moddiy texnika ba’zasini mustaxkamlashga yo’naltiriladi? a. 75%.
b. 100%.
c. 25%.
d. 40%.
5-MAVZU: BYUDJET SSUDALARI VA BYUDJETLAR O‘RTASIDA SODIR BO‘LADIGAN HISOBLASHISHLAR HISOBI.
REJA:
1. Byudjet ssudasi va uning hisobini hususiyatlari.
2. Byudjet ssudasini xujjatlashtirish va hisob registrlarida aks ettirish.
3. Byudjetlararo munosabatlar va ular hisobini maqsadi hamda vazifalari.
4. Byudjetlararo o‘zaro hisob-kitoblarni xujjatlashtirish va hisob registrlarida aks ettirish.
5. Byudjetlararo munosabatlar hamda qarzlar hisobini yuritishda xorij tajribasi.
1. Byudjet ssudasi va uning hisobini hususiyatlari. Byudjet ssudasi-yuqori Byudjetdan quyi Byudjetga yoxud respublika Byudjetidan rezident-yuridik shaxsga yoki chet el davlatiga qaytarish sharti bilan ajratiladigan mablag‘dir.
Yuqori Byudjetdan quyi Byudjetga Byudjet ssudalarini berish O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2001 yil 28 iyundagi 58-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Byudjetiga, mahalliy Byudjetlarga Byudjet ssudalarini berish va olingan Byudjet ssudalarini so‘ndirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom (2001 yil 19 iyulda 1052-son bilan ro‘yxatga olingan) bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Byudjet ssudalari daromadlar va xarajatlar o‘rtasida paydo bo‘ladigan vaqtinchalik kassa uzilishlarni qoplash uchun yuqori Byudjetdan quyi Byudjetga berilishi mumkin. Byudjet ssudalari Respublika Byudjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mahalliy Byudjetlarga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mahalliy Byudjetlardan Byudjet ssudalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mahalliy Byudjetlar tarkibiga kiradigan shaharlar va tumanlarning Byudjetlariga berilishi mumkinko‘rsatkichlar iqtisodiy kategoriyalarni aks ettirib, o‘zaro bog’langan miqdor va sifat tomonlarga egadir. Masalan, korxona xarajatlarini olaylik. Uning miqdor tomoni ma’lum bir summa hisoblanadi. Sifat tomoni, korxona xarajatlariga qanday xarajatlar qo‘shiladi va qanday xarajatlar qo‘shilmaydi. Buni bilish uchun xarajatlarning iqtisodiy tabiatini va maxsus hujjatlar (yo‘riqnomalar)ni o‘rganish talab etiladi.
.