Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə3/25
tarix14.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#180412
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
572 17.09.2021

Oldingi tahrirga qarang.
oliy malaka toifa (bosh o‘qituvchi lavozimi)ga ega bo‘lganidan so‘ng oliy malaka toifani 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan pedagog kadrlar;
(6-bandning uchinchi xatboshisisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Oldingi tahrirga qarang.
pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan pedagog xodimlar;
yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan pedagog xodimlar;
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 120-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/120/0161-son)
pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan pensiya yoshiga to‘lgan pedagog kadrlar;
pedagogik faoliyat bo‘yicha uch yildan kam bo‘lgan ish stajiga ega pedagog kadrlar;
homilador ayollar, ular homilador bo‘lgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;
homiladorlik va tug‘ish hamda bolani parvarish qilish ta’tillarida bo‘lgan ayollar, ular ta’tilda bo‘lgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;
pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar;
uzoq (uch oydan ortiq vaqt mobaynida) davolanishni o‘tayotgan pedagog kadrlar, ular davolanayotgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin olti oy davomida;
mazkur Nizomning 8 va 9-bandlarida ko‘rsatilgan pedagog kadrlar, ularga malaka toifasi to‘g‘ridan to‘g‘ri berilgan yoki bir pog‘ona oshirilgan vaqtdan boshlab keyingi besh yil davomida;
respublika va chet el davlatlariga o‘qishga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga yuborilgan pedagog kadrlar;
ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlar asosida raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun eng kam miqdordagi ish o‘rinlariga zaxiraga olib ishga joylashtirilgan pedagog kadrlar, bu ish joylariga qabul qilingan kundan boshlab uch yil davomida.
Qonunchilik hujjatlariga muvofiq mazkur bandda ko‘rsatilmagan boshqa pedagog kadrlar ham navbatdagi majburiy attestatsiyadan ozod qilinishi mumkin.
7. Navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagog kadrlar o‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tishlari mumkin.
Navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagog kadrlarning amaldagi malaka toifalari (lavozimlari) saqlanib qoladi hamda ularga ta’lim tashkilotlarida ishlagan davrida mazkur malaka toifasi (lavozimi) bo‘yicha haq to‘lanadi.
O‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib, malaka toifasini (lavozimini) oshirgan yoki saqlab qolgan pedagog kadrlarga oshirilgan yoki saqlab qolingan malaka toifasi (lavozim) bo‘yicha haq to‘lanadi.
O‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib, attestatsiyadan o‘ta olmagan pedagog kadrlarning malaka toifasi (lavozimi) tushirilmaydi hamda ularga navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashishdan oldin amalda bo‘lgan malaka toifasi (lavozimi) bo‘yicha haq to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Quyidagi pedagog kadrlarga malaka toifasi (lavozim) to‘g‘ridan to‘g‘ri (attestatsiyadan o‘tkazilmasdan) beriladi:
a) O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan ro‘yxati tasdiqlanadigan sport musobaqalarining:
tuman (shahar) bosqichi g‘olibini (1-o‘rin) tayyorlagan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yo‘riqchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi);
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi g‘olibini (1-o‘rin) tayyorlagan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yo‘riqchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi);
xalqaro hamda respublika bosqichi g‘olibi va sovrindorlarini (1 — 3-o‘rin) tayyorlagan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yo‘riqchilariga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi);
b) belgilangan tartibda tasdiqlanadigan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika, hududiy va jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari kalendar rejalariga kiritiladigan sport musobaqalarining:
tuman (shahar) bosqichi g‘olibini (1-o‘rin) tayyorlagan ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi);
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi g‘olibini (1-o‘rin) tayyorlagan ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi);
xalqaro hamda respublika bosqichi g‘olibi va sovrindorlarini (1 — 3-o‘rin) tayyorlagan ta’lim tashkilotlari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi);
v) jismoniy tarbiya fan olimpiadasining, shuningdek, “Besh tashabbus olimpiadasi”, olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha uch bosqichli umumrespublika sport musobaqalarining:
tuman (shahar) bosqichi g‘olibi va sovrindorlarini (1 — 3-o‘rin) tayyorlagan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi);
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi g‘olibi va sovrindorlarini (1 — 3-o‘rin) tayyorlagan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi);
xalqaro hamda respublika (final) bosqichi g‘olibi va sovrindorlarini (1 — 3-o‘rin) tayyorlagan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi);
g) xalqaro matematika (IMO), fizika (IPhO), kimyo (IChO), biologiya (IBO) informatika (IOI) olimpiadalarida oltin, kumush yoki bronza medal (birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rin) sovrindorlarini tayyorlagan ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlariga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi);
d) oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lganidan so‘ng oliy malaka toifasini (bosh o‘qituvchi lavozimini) 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi).
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 612-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2022-y., 09/22/612/0949-son)
9. Quyidagi pedagog kadrlarining malaka toifasi (lavozimi) bir pog‘onaga oshiriladi:
O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlangan pedagog kadrlar;
“Ustoz” milliy mukofoti g‘oliblari;
Worldskills musobaqalari sovrindorlarini tayyorlagan ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlari;
respublika miqyosidagi fan olimpiadalari va ko‘rik-tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarni tayyorlagan pedagog kadrlar;

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin