Oldingi tahrirga qarang. Pedagog kadrlarning malaka toifasini (lavozimini) bir pog‘onaga oshirishda mazkur Nizom kuchga kirgandan keyingi erishilgan natijalar inobatga olinadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 612-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2022-y., 09/22/612/0949-son) 10. Ilgari attestatsiyadan o‘tmagan ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlarga yoki oliy ta’lim tashkilotlarini bitirib birinchi bor ishga kirgan pedagog kadrlarga attestatsiyaga jalb etilgunga qadar quyidagi tartibda malaka toifasi (lavozim) beriladi:
bakalavr darajasiga ega pedagog kadrlarga — mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimi;
Oldingi tahrirga qarang. (10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 612-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2022-y., 09/22/612/0949-son) magistr darajasiga ega mutaxassislarga, shuningdek, oliy ma’lumot darajasi bo‘yicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumotli pedagog kadrlarga — ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi);
fan nomzodi, falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi).
11. Tuzilmasida maktabgacha, umumiy o‘rta yoki maktabdan tashqari bo‘g‘inlari mavjud bo‘lgan o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarining mazkur bo‘g‘inlarda dars berayotgan pedagog kadrlari attestatsiyadan maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
12. Ta’lim tashkilotlari rahbarlari:
navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tish muddati tugashidan olti oy oldin pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tish lozimligi to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qilishi;
pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi bilan tanishtirishi hamda attestatsiyadan o‘tish uchun hujjat topshirish boshlangunga qadar ularning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholashni tashkil etishi lozim.
13. Attestatsiyaga doir tashkiliy masalalar Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Ta’lim inspeksiyasi), manfaatdor vazirliklar va idoralar hamda ta’lim tashkilotlari rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi.
14. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi attestatsiyaning mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda pedagog kadrlarning huquqlari ta’minlangan holda o‘tishini nazorat qiladi.
15. Attestatsiyani o‘tkazishda manfaatdor vazirliklar va idoralar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘quv fani bo‘yicha test sinovlarini o‘tkazish va attestatsiya jarayonini qat’iy nazorat qilish Ta’lim inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Muvofiqlashtirish attestatsiya jadvallarini ishlab chiqishni va tasdiqlashni, attestatsiyani tashkil etishni, qo‘shma qarorlar loyihalarini tayyorlashni, pedagog kadrlar uchun test, ijodiy, nazariy (og‘zaki, yozma) va amaliy sinovlarni o‘tkazishni hamda ularning natijalarini e’lon qilishni, attestatsiyadan o‘tgan pedagog kadrlarga sertifikatlar berishni o‘z ichiga oladi.
Attestatsiyani nazorat qilish uning natijalarini tahlil qilish, baholash, ushbu Nizom talablari buzilishining oldini olish hamda attestatsiyani tashkil etish va o‘tkazish jarayonida yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar haqidagi ma’lumotnomalarni Vazirlar Mahkamasining tegishli kotibiyatiga, manfaatdor vazirlik va idoralarga hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborish orqali amalga oshiriladi.