8-MAVZU. IJTIMOIY MENEJMENTNING ILMIY USLUBLARI - UNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH ASOSI Quyidagi atamalarga izoh bering: Boshqaruvning ilmiy uslublari. Kibernetik modellashrish. Ijtimoiy tizimlarni
bashorat qilish. Axborotlashtirilgan boshqaruv tizimlari.
“
MUSTAQIL ISH MAVZULARI 1.Boshqaruvning ilmiy uslublaridan yanada to’laroq foydalanish zarurati
2. Boshqaruvning o’zbek amaliyotida boshqaruvning ilmiy uslub-larini
qo’llash darajasi
MAVZU BO‘YICHA MASALALAR 1-topshiriq Menejer ishchilarga yoqa bilishi kerak, ularda ijobiy emotsiyalar chiqara bilishi lozim. Quyidagi iboralarni tahlil qiling: 1.
Yaqinlaringizga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantiring.
2.
Atrofdagilarga qiziqish bilan munosabatda bo‘ling.
3.
Hamsuhbatingizni diqqat bilan tinglang.
4.
O‘zingizni boshqalar o‘rniga qo‘yishga urining.
5.
O‘zgalarga yordam berishga doim tayyor turing.
6.
O‘zgalarning kuchli tomonlari va yutuqlarini ko‘ra biling. Ularga bu
xaqda mulozamat tarzda aytishingiz mumkin.
7.
Suhbatdoshingizni tez-tez ismini aytib murojat qiling.
8.
Atrofdagilarga nisbatan o‘zingizni muloyim va
korrektno tuting.
9.
Fikrlaringizni aniq va tushunarli tarzda bayon eting.
10.
Atrofdagilar bilan muloqotda ko‘proq “men” va “biz” emas, balki
“sen” va “siz” iboralarini ishlating.
11.
Tanqidiy kamchiliklarni bosiqlik va muloyimlik bilan bildiring.
Savollar: 1.
Siz ko‘rsatilganlarning qaysi birini qo‘llaysiz.
2.
Sizningcha yana qanday tasavvurlar shaxsiy “imidj” shakllanishida
muximroq.