Ijtimoiy pedagogika


Ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi tub o’zgarishlar



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə4/100
tarix11.05.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#111365
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s (1)

Ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi tub o’zgarishlar:
? Bozor iqtisodiyotiga asoslangan mulkning xilma-xilligiga o’tildi;
? Xususiy mulk tan olindi;
? Barcha mulk shakllari teng ekanligi e’tirof etildi, uning huquqiy asoslari yaratildi.
O’zbekistonda jamiyat hayoti sohalarida amalga oshrilgan tub islohotlar natijasida o’tgan yillarda muhim yutuqlarga erishildi
Shuni ta’kidlash kerakki, I.Karimov asarlarida jamiyat rivojlanishi bosqichlari quyidagicha asoslab berilgan.
1. 1989-1991 yillar - Mustaqillik ostonasi
2. 1991-2000 yillar - O’tish davri bosqichi
3. 2000-2007 yillar - Modernizatsiyalash
4. 2007 yildan hozirgacha - Mamlakatda demokrtaik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bosqichi
Bu bosqichlar jamiyat rivojlanishida o’ziga xos ma’no-mazmunga ega.
O’tgan yigirma besh yil davomida O’zbekiston demokratik, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurish yo’lida Shunday masofani bosib o’tdiki, boshqa mamlakatlar bunga o’n yilliklar va asrlar mobaynida erishgan bo’lar edilar. Bu katta o’zgarishlar xalqimizning o’ziga xos xususiyatlari va milliy an’analarini hisobga olgan holda, islohotlarning bosqichma-bosqich usuli bilan va ijtimoiy mojarolarsiz, keskin larzalarsiz jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozini O’zbekiston sharoitida iqtisodiyotga jiddiy ta’sirini kamaytirish mumkin bo’lgan bo’lgan yo’llarini izlash masalalari naqadar teran hal qilinayotganligini O’zbekiston Respublikasining Prezidenti SH.Mirziyoevning ko’plab ma’ruzalarida berilgan takliflari hamda nazariy va tahliliy qarashlarida ko’rishimiz mumkin.
Bugungi kunda mamlakatni yanada rivojlantirishga erishishi bilan bog’liq voqeliklar taraqqiyotimizni belgilab olish jarayonida davlat tuzulmalari va institutlari bilan birga jamiyatni isloh qilish, uni boshqarish, rivojlantirish va milliy qadriyatlar asosida modernizatsiyalash zarurligini muhim vazifaga aylantridi. Bu esa o’z-o’zidan mazkur jarayonlarni tartibga solish, boshqarish yuzasidan siyosiy-huquqiy asoslarni yaratishni takomillashtirish va ushbu tizimni ijtimoiy-falsafiy jihatdan tatqiq etish orqali inson manfatlarini ta’minlashni uning huquq va erkinliklarini, osuda va farovon hayotini himoya qilishni, jamiyat boshqaruvini modernizatsiyalash ustivor vazifa sifatida namoyon bo’lmoqda.
Jamiyat boshqaruvini modernizatsiyalash doimo muayyan ijtimoiy tuzumning tabiatidan kelib chiqib amalga oshiriladi. Demokratik-huquqiy davlat esa o’z fuqarolarining ongli, maqsadli faoliyatlarini erkin ro’yobga chiqarish shaklida namoyon bo’lib boradi va jamiyatda yuzaga keladigan talab va ehtiyojlarning aql yordamida hal etilishi, davlat va jamiyat boshqaruvida xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiluvchi har qanday ilg’or g’oyani milliy qadriyatlar bilan umumlashtirgan holda amaliy hayotga tadbig’ etilayotganligini davlatimiz rahbarining saylovoldi jarayoni, jamoatchilik, ishbilarmon doiralar vakillari hamda davlat organlari bilan uchraShuvlari chog’ida bildirilgan ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarga doir fikr va tavsiyalarida o’z ifodasini topgan.
Shuningdek, asosiy qonunimizning boshidan oxirigacha inson omili, uning haq-huqulari, manfaatlarini himoya qilish asosiy o’rinni egallashni alohida ko’rsatgan holda Prezidentimiz 2017 yilni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinganligi ezgu maqsadlar asosida butun dunyo hamjamiyati tomonidan tan olingan taraqqiyotning “o’zbek modeli” ni amalga oshirish zamonaviy davlat barpo etish borasidagi strategik tamoyillarga asoslangan holda, mamlakatimizda bundan buyon ham siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy o’zgarishlarni ta’minlashning mustahkam poydevori sifatida, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning 2017 yil 7 fevraldagi Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivodlantirishning beshta ustivor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi keng jamoatchilik tomonidan barqaror taraqqiyotimizning muhim poydevori, aniq maqsad va vazifalarni qamrab olgan hayotiy dastur sifatida mamlakatimiz rivojida, jamiyat boshqaruvida modernizatsilashgan siyosiy-huquqiy asos qilib belgilab berildi.
Harakatlar strategiyasi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan yuksaltirish, davlat va jamiyatning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoit yaratish hamda barcha sohani erkinlashtirishdan ibortdir. Harakatlar strategiyasi asosida amalga oshirilishi ko’zda tutilgan keng miqiyosli chora-tadbirlar aholi turmush darajasini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish va mamlakatimizda “Inson manfatlari har narsadan ustun” tamoyilini hayotga tatbiq etishga xizmat qilshi ko’rsatib o’tilgan.
Islohotlarning tashabbuskori davlat bo’lsada, ularni real hayotiy voqelikka aylantiradigan, ob’ektivlashtiradigan fuqarolar, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligidir. Umumun fuqarolarda siyosiy madaniyat shakllanishi davlatning ichki va tashqi siyosatidan, boshqaruv sistemalar faoliyatidan ayniqsa yangi shakllanayotgan demokratik institutlar maqsad muddaolaridan xabardor bo’lish orqali yuzaga keladi. Bunday modernizatsiyaviy qadriyatlarni xalq qanday qabul qila olishi, siyosiy tizimning yangilanishga moslashishini e’tiborga olgan holda, fuqarolardagi Yuksak siyosiy madaniy jamiyat boshqaruvini modernizatsiyalash jarayoniga insonparvarlik, adolatparvarlik baxsh etilganligi, fuqarolarning inson erki tamoyillariga rioya qilishni odatga aylantiradi.
Jamiyat boshqaruvini modernizatsiyalash jarayonida, inson manfaatlari Yuksak qadriyat sifatida e’tirof etilib, davlatimiz tomonidan qabul qilinayotgan Davlat dasturi hamda Farmon va qarorlar asosida jamiyat a’zolari ongida siyosiy ong va siyosiy madaniyatni shakllantirish orqali ularda siyosiy immunitetni hosil qilish, avvalo globallaShuv davrida siyosat sub’ektlarini ichki va tashqi salbiy ta’sirlardan himoya qiladi.
Prezidentimiz sayi harakatlari, adolatli boshqaruvi uzoqni o’ylab qabul qilinayotgan maxsus Farmon va qarorlarning ijro etilishning asosiy maqsad-vazifalari mustaqlligimizni ko’z qorchig’iday asrash hisoblanadi.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin