Ijtimoiy pedagogika



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə87/100
tarix11.05.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#111365
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   100
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s (1)

I jtimoiy buyurtma




a bitruentlar bitiruvchilar

11

2

3

4

5

6

Olib borilgan tadqiqot ishlarining natijalari har qanday pedagogik tizim o’zaro bog’liq bo’lgan quyidagi invariativ elementlardan tashkil topishini ko’rsatib berdi:
1. Talabalar.
2. Ta’lim va tarbiyaning maqsadi.
3. Ta’lim va tarbiyaning mazmuni.
4. Ta’lim jarayoni yoki didaktik jarayon.
5. Pedagog yoki o’qitishning texnikaviy vositalari.
6. Ta’lim va tarbiyaning tashkiliy shakllari.
YUqorida keltirilgan pedagogik tizim har qanday ilmiy nazariyaga xos bo’lgani kabi quyidagi ikki tushunchani qamrab oladi: didaktik masalalar va ularni hal etish texnologiyasi. Didaktik masalalar pedagogik tizim doirasida inson faoliyatining har qanday sohasi kabi aniq maqsad va unga erishish uchun shart-sharoitlar hamda bu faoliyat uchun axborotlar bo’lishi lozimligini
taqozo etadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, pedagog-metodistlar hozirga qadar didaktik masalalarni aniq ifodalashga va unga mos keladigan o’qitish texnologiyasini ishlab chiqishga e’tibor berishgan. Shu nuqtai nazardan, milliy dastur ijtimoiy buyurtma sifatida yangi pedagogik texnologiyaga «yangi» so’zining qo’shib ishlatilishi nazariyachi olimlarimiz va o’qituvchilarni bir qadar o’ylantirib qo’ydi, endilikda ta’lim-tarbiya jarayonini loyihalashga eskicha yondashish mumkin emasligini ko’pchilik anglab yetmoqda. Shunday ekan, pedagogik texnologiyani qanday yangilash mumkin? E’tiborni yuqorida berilgan pedagogik texnologiyaning tuzilishiga qarataylik. Bu tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy buyurtma o’z ta’sirini ko’rsatadi va ta’lim-tarbiya maqsadini umumiy holda belgilab beradi.
1.3. Pedagogik texnologiyaning paydo bo’lishi, rivojlanishi va
uning ta’riflari
Respublikamiz hukumati tomonidan ta’limni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor sohasi deb e’lon qilinishi, ijtimoiy hayotning barcha sohalarining demokratlaShuvi va insonparvarlaShuvi hamda “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi ta’lim tizimining rivojlanishiga asos bo’ldi va ta’lim tizimida tub islohotlar uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Ijtimoiy voqelik ta’limni boshqarish muammolarini ko’rib chiqish va hal qilishni mustaqil yo’nalish sifatida ajratib olish, ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarishning asoslangan usul, vositalarini ishlab chiqish va joriy qilish zaruratini belgilab berdi. Uning o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish
o’rtasidagi tashkiliy-boshqaruv, axborot aloqalari; ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik shaxsni shakllantirishdagi yaxlit jarayonning tarkibiy qismlari sifatidagi ahamiyatini oshirdi. Bugungi kunda erkin va mustaqil fikrlovchi, ijtimoiy-siyosiy hayotda ongli ravishda va faol ishtirok etishga qodir yosh avlodni shakllantirish- «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning asosiy ustuvor yo’nalishidir. Bu esa mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga demokratik asoslarni joriy etish, fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishni tezlashtirish imkonini beradi. Dastur ta’lim muassasalari mustaqilligini kengaytirish orqali ta’lim boshqaruvini demokratlashtirishni o’z ichiga oladi. O’qish, o’qitish – inson faoliyatining boshqa sohalari singari – ijtimoiy foydali faoliyatdir. Iqtisodiy tizimlar nima ishlab chiqarayotgani bilangina emas, balki qanday ishlab chiqarayotgani va qanaqa mehnat qurollari yordamida ishlab chiqarayotganligi bilan biri ikkinchisidan farq qiladi, degan
g’oya o’qish-o’qitish faoliyatiga ham taalluqlidir. Pedagogika fanida ta’lim usullari rivojlanishiga Shu nuqtai nazardan qarab, uni shartli ravishda quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:
Pedagogik faoliyat – bu inson shaxsini, uning dunyoqarashini, ishonchin,ongini, xulqini shakllantirishga bo’nsundirilgan cheksiz masalalarni yechish jarayonidir. Psixologik-pedagogik adabiyotlarda pedagogik faoliyat turlari (ta’lim beruvchi, tarbiyalovchi, rivojlantiruvchi, safarbarlik, tadqiqotchilik, tashkilotchilik va boshqalar) qator olimlar tomonidan tadqiq qilingan. Shu bilan birgalikda, pedagogik faoliyat muntazam o’zgaruvchan, yangilanuvchan, rivojlanuvchanligi bilan ajralib turadi, unga ijtimoiy buyurtma uzluksiz
ta’sir ko’rsatadi.
Ta’lim-tarbiya jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash vazifasi pedagogdan bevosita ijodiy faoliyatni hamda ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan soha bilimlarini talab etadi. Demak, texnologiya mavjud ekan, uni ta’lim-tarbiya jarayoniga singdirish shart ekan, bu jarayon qayerda kechishi mumkin, degan savol tug’ilishi tabiiy. Bu esa, shaksiz, pedagogik korxonada, ya’ni pedagogik ishlab chiqarish jarayonida ro’y beradi.
Tarbiyalash texnologiyasi – nisbatan yangi atama bo’lishiga qaramay rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan. Tarbiyalash texnologiyasi pedagogikada yangi yo’nalish hisoblangan «ijtimoiy pedagogika» bilan birgalikda fuqarolik g’ururi, vatanparvarlik, ijtimoiy faollik, mas’uliyat hissi va boshqa shaxsiy sifatlarni shakllantirishga jiddiy ta’sir qilmoqda. Ta’kidlash joizki, tarbiyalash texnologiyasi yoshlar bilan tarbiyaviy ishlarning g’oyasi, mazmuni va tarkibini emas, balki bu sohadagi respublikamiz hukumati tomonidan ishlab chiqilgan maqsad va vazifalarni samarali amalga oshirish bilan Shug’ullanadi. Tarbiyalash texnologiyasi mo’ljallangan tarbiyaviy maqsadga samarali eriShuvni ta’minlovchi vositalar majmuasini ko’rib chiqadi.
Jamiyat hayotining jadal tarzda rivojlanishi, taraqqiyot ehtiyojlari va imkoniyatlarining kengayishi, turli-tuman axborotlar oqimining tezlashishini hisobga olib, zamonaviy pedagogik texnologiya fani pedagogik prognostikaning yangi shakl, vosita va usullaridan foydalanish mexanizmini yaratishni o’z zammasiga olmog’i talab etiladi. Bugungi kunda turli tipdagi ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ta’limning o’rni va darajasini aniqlashga yo’naltirilgan tadqiqotlarda pedagogik prognostikaning imkoniyatlaridan keng foydalanishni taqozo qiladi. Shundagina ta’lim jarayonining natijalari fan, ishlab chiqarish, madaniyat, iqtisod hamda jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirishga xizmat qila oladi. Pedagogik prognostikaga tayangan holda yaratilgan nazariyalargina uzluksiz
ta’lim jarayonini uning bosqichlari va komponentlarining mazmuni, shakli va vositalarini, ta’lim natijalarining jamiyat hayotiga ko’rsatadigan ta’sir darajasini oldindan loyihalashtirishga asos bo’la oladi. Demak, Shundagina o’quv-tarbiya jarayonini yangi prinsiplar va yangi mafkuraviy negizda qayta qurish, ta’lim sohasida islohotlarni amalga oshirish mumkin. Shuningdek, pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonini tashxis qilish va
yaratilgan nazariyalar, o’quv-metodik majmualar tajriba-sinov asosida amaliyotga joriy qilishning metodologik asoslari, aniq mexanizmlari, usul va vositalarini ishlab chiqishi kerak. Ta’lim jarayonining tashxis qilish mexanizmi Shu jarayonning yutuq va kamchiliklari, ta’lim natijasining sifat ko’rsatkichlari, ta’lim jarayoniga tatbiq qilinadigan pedagogik nazariyalar, zamonaviy texnologiyalarning ta’lim amaliyotini rivojlantira olish yoki
ta’limning taraqqiyotiga to’sqinlik qilish darajasini aniqlashga yo’naltirilishi kerak. Pedagogik tajriba-sinov esa amalga oshirilgan tadqiqot natijalarining samaradorlik darajasini aniqlashda alohida ahamiyatga ega. O’tkazilayotgan tajriba-sinovning xarakteri bilan bog’liq tarzda o’quv dasturlari, darslik va dars ishlanmalari, metodik qo’llanmalar,
didaktik ishlanmalar yaratilishi va tajriba-sinov jarayoniga taqdim etilishi

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin