Ijtimoiy pedagogikada ishontirish metodi


Ma’naviy, g’oyaviy-mafkuraviy sohadagi tub o’zgarishlar



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə30/57
tarix22.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#190472
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   57
Ijtimoiy pedagogikada ishontirish metodi-fayllar.org

Ma’naviy, g’oyaviy-mafkuraviy sohadagi tub o’zgarishlar: 
? Kommunistik g‘oya aqidalaridan voz kechildi. Milliy g‘oya: asosiy
tushunchalari va tamoyillari ishlab chiqildi;
? Milliy g‘oya negizlariga tayangan holda O‘zbekiston jamiyati rivojlanishi,
uning o‘ziga xos xususiyatlari asoslab berildi;
? Jamiyat rivojlanishida milliy madaniy meros hamda umuminsoniy
qadriyatlar, demokratik prinsiplarga amal qilina boshlandi;
? Jamiyat rivojida manaviy va moddiy hamda uyg‘unligi oshadi;



2 kurs talabasi (………)


61
17. 
MTT NING OTA –ONALAR BILAN OLIB BORADIGAN 
ISHLARI 

Oila shaxs tarbiyasida boshqa ijtimoiy institutlar bilan taqqoslaganda


birinchi darajali rolni bajaradi. CHunki, aynan oilada individual qobiliyatlar,
shaxsiy, kasbiy qiziqishlar, axloqiy normalar shakllanadi. Oila omili insonga butun
unum davomida ta‘sir etadi. Ijtimoiy jihatdan oila inson turli ijtimoiy rollarni
egallaydigan jamoa hisoblanadi. Oila insonning o‘z-o‘zini belgilab olishga, uning
ijtimoiy-ijodiy faolligini oshishiga yordam beradi.
Oilaviy
munosabatlar
oliy
qadriyat
hisoblangan
bizning
respublikamizda O‘zbekistonda oilaning ijtimoiy maqomi nihoyatda balanddir va
o‘z mavqe‘ini xozirgacha ushlab turibdi. Biroq bu holatdagi oila inqirozi ko‘pgina
oilalar, Shu jumladan, o‘zbek oilalariga ham ta‘sir qiladi. Ko‘pbolali o‘zbek
oilalarida patriarxal tartibning saqlanishi oiladagi munosabatlarning barqarorligini
ta‘minlagan, chunki o‘zbek oilasida zaruriy tarbiyaviy omil va ko‘nikmalar
avloddan-avlodga o‘tib keladi. Oila a‘zolari sonining qisqarishi, avlodlarning
uzoqlaShuvi muammosining kuchayishi munosabati bilan oilaviy munosabatlarni
shakllantirish masalasi borgan sari muhim ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Oila
bugungi kunda Yuksak malakali psixolog, ijtimoiy pedagog, ijtimoiy ishchilar
yordamiga nihoyatda muhtoj bo‘lib qolgan.
Oila ikki yo‘nalishda mavjud bo‘ladi: kichik ijtimoiy guruh sifatida va
ijtimoiy institut sifatida. Birinchi holatda u qarindoshlik asosida tuzilgan va birga
yashash bilan birlashtirilgan hamjamiyatdir. Ikkinchisida esa insonlarning kundalik
hayoti kechadigan ijtimoiy institutdir.
Inson jamiyatida oila bir nechta vazifalarni bajaradi:
reproduktiv-homilani davom ettirish bilan bog‘liq O‘zbekistonda ko‘p bolali
oilalarning mavjudligi bilan bir qatorda oila a‘zolari sonining qisqarishi ham
kuzatilmoqda. Bu hodisalar asosan moddiy-iqtisodiy qiyinchiliklar, ma‘naviy
inqiroz, yosh oilalarning ota-ona uyidan ajralib chiqishi, tibbiy xizmatning past
darajasi, noqulay ekologik holat bilan izohlanadi.


2 kurs talabasi (………)


62
Iqtisodiy-oilaning bir a‘zosi tomonidan boshqalar uchun moddiy mablag‘lar
topilishi, voyaga yetmaganlar va qariyalarni moddiy ta‘minlash, pul mablag‘larini
to‘plash. Zamonaviy bozor munosabatlari mulk to‘plash, mulkka ega bo‘lish,
meros masalalarida oilaning iqtisodiy vazifasini faollaShuvini talab qiladi.
Ijtimoiylashuv vazifasi-oila bola shakllanishiga ta‘sir qiluvchi birinchi
va asosiy ijtimoiy guruh hisoblanadi. Oilada ota-onalar va bolalarning tabiiy-
biologik va ijtimoiy aloqalari uzviy bog‘lanib keladi. Oila mikromuhit sifatida
bolaning ruhiy, jismoniy va ijtimoiy rivojlanishiga o‘z ta‘sirini ko‘rsatadi. Oilaning
vazifasi bolani asta-sekinlik bilan jamiyatga tayyorlashdir. Oilada insonga ta‘lim
va tarbiya beriladi, uning aqliy, ijodiy qobiliyatlarining rivoji sodir bo‘ladi. Aynan
oilada bola mehnat va mustaqillikka o‘rganadi.
Xo‘jalik-maishiy-oila jamiyatning asosiy va doimiy xo‘jalik negizidir.
Unda oila a‘zolarining jismoniy holatini bir maromda ushlab turish, kasallar va
qariyalarga g‘amxo‘rlik qilish amalga oshiriladi.
Tarbiyaviy vazifa. Biz bu funksiyani alohida ajratib ko‘rsatamiz,
chunki u bolaning ilk ijtimoiylashuvi jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Bola
shakllanishiga Shuningdek, atmosfera va iqlimning ta‘siri ham bor. Tarbiyaning
eng muhim vositalaridan biri shaxsiy namunadir.
Rekreatsion va psixoterapevt funksiyasi. Bu funksiya Shunda
namoyon bo‘ladiki, oilada hamma o‘zini qulay sezishi lozim. RuhShunoslar,
sotsiologlar, pedagoglarning kuzatishlariga ko‘ra inson kuchlari oila sharoitida
jadal tiklanadi.
O‘zbekistonda ko‘pbolali oilalarning
mintaqaviy xususiyatlari
O‘zbekistonda yuqori tug‘ilish darajasi
quyidagi mintaqaviy omillari bilan izohlanadi:
-inson organizmiga geografik va iqlim sharoitlarining ta‘siri, ayollarda
homila davrining uzunligi,
-erta nikohdan o‘tish an‘anasi,
-ijtimoiy omillar-ayolning jamiyat va oiladagi o‘rni. Hozirgi kungacha
oilaviy tarbiya amaliyotida ko‘pbolalikning ijobiy va salbiy xususiyatlari borasida


2 kurs talabasi (………)


63
bahslar olib borilmoqda, chunki bu muammoning ahamiyatli ekanligiga qaramay
bu masala yetarli darajada o‘rganilmagan.
Ko‘p bolali oila-kattalar va bolalardan iborat, o‘ziga xos jamoadir.
Unda shaxsning ijtimoiylashuvi uchun qulaysharoitlar yaratiladi. Bunaqa oilada
tarbiya jarayonini tashkil etish muammosi bilan Shug‘ullanuvchi olimlar ham turli
qarashlarga egadirlar. Ularning ba‘zilari ko‘p bolali oilada bola jamoa
munosabatlari orqali tajriba to‘playdi deyishadi, chunki ko‘p bolali oila tarbiya
uchun qulay sharoitlar yaratadi va ota-onalarning bolalari haqida qayg‘urishlari
teng taqsimlangan bo‘ladi. Boshqa tadqiqotchilar esa, aksincha ko‘p bolali oilada
bola har tomonlama yetarli rivojlanmaydi, deb hisoblashadi.
Agar oilaviy tarbiya bola individualligini aniqlash va uning
qobiliyatlarini rivojlantirish kerak degan qoidadan kelib chiqsak, bu uchun oila
nihoyatda rivojlangan bo‘lishi kerakligiga amin bo‘lamiz.
Ko‘pbolali oilada individual yondaShuv bo‘ladimi? Bu yerda tarbiya
jarayonining ko‘p tamonlamaligi va standartlaShuvi ro‘y bermaydimi? Individual
yondaShuv uchun avvalo psixologik va pedagogik bilimlar, Shuningdek esa
tarbiya jarayonida bolalarni kuzatish uchun maxsus vaqt va psixologik tahlil
o‘tkazish kerak.
Ba‘zi nohush tarbiyaviy omillar o‘zbek oilasida, xususan ko‘pbolali
o‘zbek oilasida uy xo‘jaligini yuritish bilan bog‘liq. Ko‘p o‘zbek oilalarida uy
ishlarini qiz bolalar bajarishadi, o‘g‘il bolalar esa bu vazifalardan deyarli ozod
etilganlar. Bu holat keyinchalik o‘g‘il bola xarakterida oiladagi muomalasiga
xalaqit beruvchi odatlarni paydo qilishi mumkin. ba‘zan esa bolalar uy
yumushlariga haddan ortiq vaqt ajratishadi. Bu ham ularning ta‘lim olishiga salbiy
ta‘sir ko‘rsatadi. Ba‘zan o‘zbek oilalarida ota-onalar bolalarining o‘qishiga
umuman befarq bo‘lishadi, ularga uy vazifalarini bajarishda amaliy yordam
barishmaydi. O‘zbek oilalarida bola uy vazifalarini kechqurun-barcha oila a‘zolari
to‘planishganda qilish odat bo‘lgan. Bu vaziyatda ko‘pgina chalg‘ituvchi omillar
ham paydo bo‘ladi-televizor ko‘rish, oila a‘zolarining o‘zaro suhbatlashishi qilishi,
uy yumushlarini bajarish talabi. Ko‘pgina oilalarda bolalarning o‘qishi uchun


2 kurs talabasi (………)


64
sharoitlar bor, biroq ular har doim ham yaxshi jihozlanmagan bo‘ladi. Bu borada
aksariyat ota-onalar pedagogik maslahatlarga ehtiyoj sezadilar. Ularni bolalarga
yordam berishning aniq usullari bilan tanishtirish lozim.
O‘zbek oilalaridagi yigit-qizlarning ijtimoiy moslaShuvigasiga
xalaqit beruvchi omillarga qizlarni oilaviy hayot uchun yigitlarni esa mehnat, kasb
uchun noto‘g‘ri tayyorlashni kiritsak bo‘ladi. Ayol kishidan malakaviy va kasbiy
faollikni, erkak kishidan esa o‘z xizmat va oilaviy majburiyatlarini bajarishni talab
qiluvchi hozirgi kunda bu an‘analarning saqlanib qolishi zamonaviy ijtimoiy
talablarga zid keluvchi hodisadir. Bu hodisa ijtimoiy tarbiya va oilaviy tarbiya
o‘rtasida kelishmovchiliklar borligidan guvohlik beradi. Bunaqa oilalarning salbiy
ta‘sirini bartaraf etish oilani shaxs ijtimoiylashuvining asosiy omili sifatida
mukammallashtirishni talab qiladi. Bu masalaning muhimligi kadrlar tayyorlash
milliy dasturida ilgari surilgan ta‘lim-tarbiya jarayoni talablari bolalar tarbiyasiga
nafaqat maktabda balki, oilada ham o‘z talablarini qo‘yganligi bilan katta
ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Shu bilan birga bir qator o‘zbek pedagog olimlari aynan ko‘pbolali
oilalarda bolalar tarbiyasi uchun qulay sharoitlar mavjud deb hisoblashadi. Avvalo,
ko‘pbolali oila pedagogik munosabatda qulay bo‘lgan yosh tuzilmasiga ega. Bir
nechta bola mavjud bo‘lganida ota-onalarning g‘amxo‘rligi ham ular orasida teng
taqsimlanadi. Katta oilada bola yoshligidanoq jamoaviy munosabatlarga kirishadi.
Katta va kichik boalar o‘rtasida turli o‘zaro munosabatlar shakllanadi. Ko‘pgina
ota-onalar ko‘pbolali oilalarda bolalarni tarbiyalash oson, chunki bunda katta
farzandlar yordam berishadi deyishadi. Ko‘pbolali oilalardagi tarbiyaning eng
muhim omillari muomula muhiti, birgalikdagi mehnat, jamoaviy tashabbus, ota-
onalarning talabchanligi, bolalar yoshini inobatga olish hisoblanadi. Bunaqa
oilalar farzandlari axloqiy hislatlarining shakllanganligi, mehnatsevarligi,
mehribonligi, to‘g‘riligi, mustaqilligi, ishbilarmonligi bilan ajralib turishadi. Katta
oilada mustahkam va tabiiy bolalar jamoasi shakllanib, unda bu jamoa a‘zolari
birgalikda g‘amxo‘rlik ko‘rsatishadi, boshqa a‘zolar oldida mas‘uliyatli
ekanliklarini his etishadi.


2 kurs talabasi (………)


65
Shunday qilib o‘zbek oilasining ko‘pbolalik omili bola tarbiyasiga
umuman olganda ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.
Oilaning ijtimoiy maqomi.
Oilaning jamiyatda moslaShuvining ko‘rsatgichi uning ijtimoiy maqomi
hisoblanadi, ya‘ni oilaning bugungi kundagi holati. Oila maqomi oila a‘zolarining
individual tavsiflari majmuasidan shakllanadi. Oilaning to‘rtta maqomi mavjud
bo‘lib, ular: ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-ruhiy, ijtimoiy-madaniy, vaziyat-rol
maqomlaridir.
Ijtimoiy-iqtisodiy maqom-oilaning moddiy holatini belgilaydi. Bu oila
daromadlari,
yashash
ko‘rsatgichlarini
o‘z
ichiga
oluvchi
moddiy
ta‘minotlanganlikdir. Daromadlar yuqori, o‘rta va past bo‘lishi mumkin.
Yuqori-daromad va yashash sharoitlari darajasi nafaqat maishiy
ehtiyojlarni
qondirish
imkoniyatini
beradi,
balki
boshqa
xizmatlardan
foydalanishga ham zamin yaratadi.
O‘rta-holat minimal ijtimoiy ehtiyojlarni qondira oladi, biroq dam
olish ta‘lim va boshqa xizmatlardan foydalanishga ham zamin yaratadi.
Past-daromad
va
yashash
sharoitlari
darajasi
belgilangan
me‘yorlarlardan past, ovqat, kiyim-kechak, yashash joyi to‘lovi kabi masalalarda
ham muammo chiqib turadi.
Psixologik (ruhiy) maqom-bu oilaning psixologik iqlimi. YAxshi
iqlim emotsional yaqinlik, hamkorlik, teng huquqlilik bilan xarakterlanadi.
Yomon, noxush iqlim esa nizo-janjallar ko‘pligida emotsional noqulayliklarda
namoyon bo‘ladi.
Ijtimoiy-madaniy maqom-ta‘lim darajasi, yurish-turish madaniyati,
an‘nalarni saqlab qolish va o‘tkazish vazifasi, qiziqishlarning keng doirasi,
rivojlangan ma‘naviy ehtiyojlar, dam olish va maishiy hayotning birgalikdagi
shakllari.
Vaziyat-rol maqomi-bolaga munosabat xarakteri______?___.
Oilaning ijtimoiy moslaShuv bo‘yicha tadqiqot o‘tkazish uchun
ijtimoiy pedagogika uning xususiyatlarini bilishi, ularga baho berish lozim. A. Q.


2 kurs talabasi (………)


66
Minavarovning
9
fikricha oilaning tarbiyaviy funksiyasining darajasi uch
yo‘nalishda bo‘luvchi uning tuzilmasiga bog‘liq.
Bu yo‘nalishlar demografik-ko‘pbolalik, kambolalik, ikki yoki uch
avlodning birgalikda yashashi, ota-onalarning ikkalasini ham bo‘lishi, oila
a‘zolarining ta‘lim olganliklari darajasi, bolalarni tarbiyalashda vazifalarni
taqsimlash, oila tarbiyasining o‘ziga xosligi, Shuningdek oilaning milliy
xususiyatlari ham inobatga olinadi.
Oila tipologiyasi ijtimoiy moslaShuv darajasi bo‘yicha farq qiluvchi
to‘rttaasosiy kategoriya asosida shakllanadi:
YAxshi oilalar-o‘z vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishadi, o‘z
bolasi ehtiyojlariga tez ko‘nikishadi. Muammo paydo bo‘lib qolsa ularga bir karra
yordam ko‘rsatish kifoya.
Tavakkalchi oilalarda adaptativ qobiliyatlar pastroq. Ular bola
tarbiyasini qiyinchilik bilan eplashadi va ijtimoiy pedagog yordami va nazoratiga
ehtiyoj sezadilar.

9
Минаваров А. К. Оилавий тарбия эффективлигини педагогик шарт-шароитлари. Т.: Фан. 1989 й,


17 б.


2 kurs talabasi (………)


67

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin