Ijtimoiy pedagogikada ishontirish metodi


  MAHALLA INSTITUTINING BOLA RIVOJLANISHIDAGI



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə33/57
tarix22.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#190472
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   57
Ijtimoiy pedagogikada ishontirish metodi-fayllar.org

20. 
MAHALLA INSTITUTINING BOLA RIVOJLANISHIDAGI 
O’RNI
Oila,
maktab,
mahalla
hamkorligining
shaxs
ma‘naviyatini
shakllantirishdagi o’rni Inson atalmish zotning tug‗ilib, kamolga yetishi uchun
ozmuncha vaqt yetmaganidek, uning shaxs sifatida kamol topishida, shu yurt,
qolaversa, oilasiga sodiq farzand bo’lib voyaga yetishiga ko’pchilikning mehnati
„singadi―. Jumladan, inson ma‘lum bir oilada tug‗ilib, tarbiyalana boshlaydi.
Uning kamol topishida keyingi muhim vazifa maktabning zimmasiga tushadi.
Shuningdek, jamoatchilik ham bu vazifadan chetda qolmaydi. Uzoq va boy tarixga
ega bo’lgan xalqimiz o’zining ta‘lim-tarbiyaga oid ulkan merosiga ega. Bu meros
bugungi avlodni insonparvarlik, mehr-muhabbat, oqibat, mehnatsevarlik, yuksak
axloq ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Har bir inson dunyoga kelar ekan, uning
insoniyligi, axloq-odobi, xulq-atvori dastlab o’z oilasida shakllanadi. Shundan
kelib chiqib aytish mumkinki, yosh avlod qalbida vatanparvarlik, o’z oilasiga
mehr-muhabbat tuyg‗usini shakllantirish har bir ota-onaning, tarbiyachi-
murabbiylarning Vatan oldidagi burchidir. Barkamol shaxsni voyaga yetkazish
uchun, eng avvalo, oila, mahalla, maktab, jamiyat va davlat hamkorligini yuqori
pog‗onada ko’rish lozim. Oila jamiyatning asosi, mahalla — milliy qadriyatlar
beshigi. „Ahil xonadonda, ma‘rifatli mahallada, insonparvar jamiyatda, — deb
ta‘kidlagan
edi Islom Karimov
, — zukko yigitlar, oqila qizlar, umr bo’yi elim deb,
yurtim deb yonib yashaydigan komil farzandlar ulg‗ayadi―. Oila muhiti farzand
tarbiyasida eng muhim va dastlabki bo’ g‗in hisoblansa-da, u shaxsni to’liq tarkib
toptira olmaydi. Ana shunda maktab va mahallaga ehtiyoj seziladi. Bola maktabga
kelgunga qadar ham, maktabda o’qish davrida ham, asosan, oilada tarbiyalanadi.
Oila davlatning asosiy kurtagi sifatida bolalarning dunyoqarashi, xulqi, didiga
ta‘sir ko’rsatadi. Oila a‘zolarining ma‘naviy birligi yoshlarni har tomonlama kamol
toptirishning dastlabki va asosiy omillaridan biridir. Oilada kundankun kamolga
yetib borayotgan farzand atalmish ne‘mat, eng avvalo, shu oilaning azaliy
qadriyatlariga, urf-odat va an‘analariga to’la amal qilmog‗i, qolaversa, ota-onaning
o’zi farzandiga ibrat bo’la olishi lozim. Bolalarni barkamol inson qilib


2 kurs talabasi (………)


76
tarbiyalashda maktabni oila bilan mustahkam bog‗lamay turib tarbiya sohasidagi
butun ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirib bo’lmaydi. Estetik, axloqiy va
tarbiyaviy sifatlar kundalik hayot ehtiyojiga aylanib, ular oilaviy ijtomoiy tarbiya
orqali tarkib toptiriladi. O’z o’quvchilar jamoasini uyushtira olgan, jamoatchilikni
bolalar tarbiyasiga yo’naltira olgan, ularning ota-onalarini yaxshi bilgan maktab
ma‘muriyatigina tarbiyaviy yutuqlarni qo’lga kirita oladi. O’qituvchi ota-
onalarning faol yordamisiz bolalarning barkamolligini ta‘minlay olmaydi. Bu
o’rinda tarbiyachining o’zinio’zi tarbiyalashi lozimligini ham esdan chiqarmaslik
kerak. O’ziga nisbatan talabchan muallim ota-onalar bilan hamkorlikda
o’quvchilarda mustaqil fikrlash, yangilikni sezish, tashabbuskorlik hamda
ijodkorlik qobiliyatini shakllantirish maqsadida ularga qat‘iy talablar qo’yish
uchun ma‘naviy huquqqa ega bo’- ladi. Maktabni oila bilan bog‗lovchi vosita —
bu o’qituvchidir.
O’quvchilar bilan ishlash, ularning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish,
ijtimoiy faolliklarini ta‘minlash orqali ota-onalarga ta‘sir ko’rsatish usullarini
ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Bu borada maktab va oila aloqasini
ta‘minlovchi ota-onalar majlislari, bolalar tarbiyasiga aloqador muammolarni
jamoa bo’lib hal etish kabilarning rolini inkor etib bo’lmaydi. Jumladan,
„Bolangizning qanday o’qishini bilasizmi?― „Bolangizning odobi haqida
suhbatlashaylik―, „Mustaqil hayot bo’sag‗asida― kabi mavzularda olib boriladigan
suhbatlar ota-onalarning o’z bolalari haqida, ularning kelajagi haqida
qayg‗urishlariga sabab bo’ladi. Maktabda o’qitiladigan darslar, ularning mazmuni
va eng asosiysi, shu ma‘lumotni o’quvchiga yetkazib beruvchi o’qituvchining
xulq-atvori,
kiyinishi
, hattoki har bir xatti-harakati ham bola dunyoqarashi
shakllanishiga ta‘sir etuvchi omildir. Bola insoniy xislatlarni, ezgulikni,
odamiylikni, yaxshilik va yomonlikni, eng avvalo, oiladagi kattalarning,
ustozlarining xatti-harakatidan o’rganadi. Ota-onalar bilan bir qatorda tarbiyachio’
qituvchilar o’z xulq-atvori bilan bolalar hurmatiga sazovor bo’lishlari, ularning
hayot yo’lida o’rnak ko’rsatishlari kerak. Shunday muhitda tarbiyalangan bolagina
ota-onani, qolaversa, o’z ustozlarini hurmat qiladigan, mahalla-ko’yda o’zidan


2 kurs talabasi (………)


77
kichikni izzatlash, kattalarni hurmatlashni o’z o’rniga qo’yadigan, xalqparvar
bo’lib voyaga yetadi. Xalq ta‘limi vazirligining 2004-yil 26-fevralda „Oila,
mahalla, maktab― to’g‗risidagi Konsepsiyasi qabul qilindi. Bu Konsepsiyada
belgilab berilgan vazifalarni hal qilish uchun Respublikamizdagi har bir davlat va
nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda „Jamoatchilik maslahat kengashi― tuzilib,
joylarda tarbiyasi og‗ir bolalar bilan ishlash, ularning ta‘lim-tarbiyasiga va „Oila,
mahalla, maktab― Konsepsiyasini amalda joriy etishga e‘tibor qaratildi. Kengash
o’z oldiga:
• mahallalarda bolalarning dam olishlari, qiziqarli ish bilan
shug‗ullanishlariga imkoniyat yaratish;
• mahallalarda tarbiyaning ta‘sirchanligini oshirish;
• homiy tashkilotlar yordamida mahallalarda sport sog‗lomlashtirish
maydonchalarini tashkil etish;
• mahallalarda qizlar hayosi, ularni turmushga tayyorlash haqida bahs-
munozaralar o’tkazish;
• yoshlarda milliy urf-odatlar, azaliy udumlar, tarixiy an‘analarni o’rganish;
• maktab, jamoatchilik, mahalla ahli hamkorligida tadbir o’tkazish;
• Joylardagi hokimiyatlar, mahallalarda „Kamolot― yoshlar
ijtimoiy harakati va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda yordam berishni
maqsad qilib qo’ygan.
Oilada bolani to’g‗ri tarbiyalashning asosiy shartlaridan biri — tarbiyadagi
birlikdir. Bunday ulkan mas‘uliyatni,
sharafli ishni oila
, maktab, mahalla, keng
jamoatchilik bilan hamkorlikda olib borish muhim o’rin egallaydi. Umumta‘lim
maktablarida o’quvchilarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil qilishda
quyidagilarga e‘tibor qaratish lozim:
• O’quvchilar o’rtasida kitobxonlik darajasini ko’tarish;
• Kino, teatr, konsert va ko’rgazmalarga borish;
• Sayohatlar, sayillar, sport musoboqalari tashkil etish;
• Tanlovlar, tarbiyaviy tadbirlar, bayramlarda ishtirok etish;


2 kurs talabasi (………)


78
• Milliy xalq hunarmandchiligi to’garaklari tarmoqlarini kengaytirish, xalq
ustalarini to’garak ishiga jalb qilish, ushbu to’garaklarni ko’proq maktablar,
mahallalar, ijodiy ustaxonalar qoshida tashkil etish ishlariga alohida e‘tibor berish;
• Novvoychilik, kashtachilik, naqqoshlik, duradgorlik hamda boshqa
hunarlarga bolalarni qiziqtirish;
• O’quvchilarning qiziqishlarini o’rganib, ijodiy imkoniyatlarini
rivojlantirishga mo’ljallangan turli to’garaklar, klub yoki seksiyalar tashkil etish;
• Yoshlar o’rtasida jismoniy tarbiya, sportni rivojlantirishga alohida e‘tibor
qaratish;
• Ta‘lim muassasalaridagi kutubxonalarni badiiy adabiyotlar bilan boyitish;
• Yozgi dam olish oromgohlariga ko’proq o’quvchilarni jalb etishni yo’lga
qo’yish;
• Barcha o’quv fanlari asosida to’garaklar tashkil etish va unga tarbiyasi
og‗ir bolalarni jalb qilish;
• O’quvchilar iqtidorini yanada takomillashtirish maqsadida turli ommaviy
tadbirlar, musobaqalar va ko’rik tanlovlar o’rkazish yo’li bilan boy madaniy
merosimizga hurmat, ona-Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash.
Sinf rahbarlari
,
ma‘naviy-ma‘rifiy, tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari, maktab
direktorlari, bolalar yetakchilari maktab mikrorayonida ijtimoiy-pedagogik,
tarbiyaviy ishlarni olib borishda o’tkaziladigan tadbirlarning tashkilotchilaridirlar.
Ota-onalar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlarni tahlil qilib, ular bilan
bog‗liq bo’lgan shakl va usul asosida rejali va izchil ishlarni olib borish maqsadga
muvofiqdir.
1. Ota-onalar, oilalar bilan yakkama-yakka ishlash. Tarbiya jarayonida bu tur
katta ahamiyat kasb etib, yaxshi natijani qo’lga kiritish imkonini beradi. Bunda
tarbiyachi oila va bolalarning shaxsiy xususiyatlarini o’rganib, tarbiyaviy
jarayonda inobatga oladi. Buning natijasida tarbiyachi va ota-ona o’rtasida o’zaro
ishonch, hurmat va do’stlik munosabatlari shakllanadi.
2. Ota-onalar bilan jamoa tarzida tashkil qilinadigan ishlar. Bularga ota-
onalar majlisi, anjumanlar, tadbirlar kiradi.


2 kurs talabasi (………)


79
3. Tarbiya ishlarini atrof-muhit va mahalla bilan hamkorlikda olib borish.
Bunda „Bir bolaga yetti mahalla ota-ona―, deganidek, mahallalar bilan
hamkorlikda olib boriladigan ishlar yaxshi samara beradi. Biz oila ma‘naviyati
haqida fikr yuritar ekanmiz, uning ehtiyoj, manfaat va mafkuraviy jarayonlar bilan
bog‗liq yana bir jihatini, ya‘ni tarbiya jarayonida yoshlar va o’smirlarning ruhiy
ehtiyojlarini inobatga olishni ham unutmasligimiz kerak. Ayni mana shu
ehtiyojlarning shakllanishiga mahalla muhiti bevosita ta‘sir qilsa, jamoatchilik bu
ehtiyojlarni
tartibga
soladi.
Mahalla-ko’y,
qo’ni-qo’shnilar hamkorligi,
hamdardligini ko’rsatuvchi mahallalarimizdagi to’y, katta yig‗inlar, marosimlarda
xalqimizning jamoatchilik fikri ta‘sirida shakllangan qadriyatlari namoyon bo’ladi.
Aynan shu qadriyatlar ta‘sirida yoshlarimiz o’zi yashab turgan mahalladaga,
insonlarga nisbatan mehr-muhabbatli, oilasiga sadoqatli bo’lib tarbiyalanadilar.
Umumiy o’rta ta‘lim maktablarida: bu yoshdagi o’smirlarning yildan-yilga atrof-
muhitga, voqealarga qiziqishi ortib boradi. Ular ko’proq o’zlari qiziqqan ishni
kattalardan yashirincha bajarishga harakat qilishadi. Yolg‗on so’zlash, qilgan
aybini yashirish va kattalar oldida o’zini aqli raso qilib ko’rsatishga urinishadi.
Bu yoshdagi bolalarning barkamollik darajasini oshirib borish uchun barcha
o’qituvchi-murabbiylar,
ota-onalar,
mahalla-ko’y,
nazorat
inspeksiyasi
hamkorligida tarbiyaviy ishlar yo’lga qo’yib borilmog‗i lozim. Bu yoshdagi
bolalarning uyda va ko’chadagi bo’sh vaqtlarini qanday o’tkazayotganligi doimo
kattalar nazoratida bo’lmog‗i shart. Bolalarni teatr, muzeylarga olib borish, asosan,
maktabning zimmasida. Ammo shunga yarasha ota-onalar „Bugun teatrga
boribsan, nimani ko’rding, nimani tushunding?― deya ular bilan suhbatlashish ota-
onalarning vazifasidir. O’rta maxsus kasb-hunar ta‘limi muassasalarida: bu ta‘lim
dargohiga o’qish uchun kelgan o’quvchilar asta-sekin maktabdan, oiladan va
ko’cha-ko’ydan o’rgangan tarbiyalarini namoyish eta boshlaydilar. Agar
o’qituvchi-marabbiylarimiz bu maskanda o’ta kuzatuvchanlik bilan muntazam
shug‗ullanmasalar, bu yoshdagi o’smirlarning barkamollik darajasini rivojlantirib
borish ancha mushkul kechadi. Chunki ta‘limning bu bosqichida o’qituvchi-
murabbiylar ilmiy savodxonlikni kuchaytirish, kasbiy savodxonlikka erishish


2 kurs talabasi (………)


80
uchun o’quvchilar bilan tinimsiz muloqot qiladilar. Sergak tarbiyachi o’smirlarning
yosh
xususiyatlaridan kelib chiqib
, ularga to’g‗ri ta‘sir eta bilishi lozim. Umuman,
ta‘limning qaysi bosqichida bo’lmasin, tarbiyachi o’qituvchi yuksak pedagogik,
psixologik va metodik tayyorgarlikdarajaga ega bo’lgan holda, ularning yosh
xuxsusiyatlarini inobatga olib, ta‘lim-tarbiya jarayonini to’g‗ri tashkil etishi lozim.
Ertangi kun, porloq kelajakka ishontirish, yomon illatlardan xoli bo’lishga o’rgatib
borish barcha oila, mahalla va maktab ahlining vazifasidir. Tobora rivojlanib
borayotgan jamiyatimizga sog‗lom fikrlovchi avlodni tarbiyalash uchun ota-onalar
va o’qituvchilar hamkorligi muhimdir. Yuqorida ta‘kidlaganimizdek, har qanday
ezgu maqsadimizni yoshlar orqali amalga oshiramiz. Ularning yetuk inson bo’lib
voyaga yetishlarida esa, oila, mahalla-ko’y, maktab va davlatning o’zaro
hamkorlikdagi faoliyati juda muhim hisoblanadi.
Oila – tarbiya o’chog‗i. Oila – jamiyat negizi har bir insonda ilk yoshligidan
boshlab ongida shakllanadigan barcha insoniy fazilatlar, ezgu niyat, maslaklar,
qadriyatlar takomil topadigan, mafkuraviy va ma‘naviy tarbiya amalga
oshiriladigan muhitdir. O’zbek oilasi o’zida ko’p asrlik mustahkam ma‘naviy
qadriyatlarimiz ravnaq, topadigan shunday maskanki, uning barqarorligi va
mustahkamligi jamiyatimiz rivojining muhim omillaridan biridir. Agar oiladagi
muhit sog‗lom bo’lsa, unda kamol topayotgan yosh avlod qalbi va ruhiga shu
xususiyatlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, milliy istiqlol g‗oyasini
singdirish uchun qulay sharoit yaratilgan bo’ladi.
Oila manfaatlarini ta‘minlash borasida 1998 yilda qabul qilingan va
muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan tadbirlar to’g‗risida davlat dasturi va ushbu
dasturda belgilangan tadbirlarning strategik yo’nalishlariga e‘tibor berilsa, ular
mamlakatimizdagi oilalarning mustahkam bo’lishiga imkon beruvchi vazifalarni
nazarda tutadi.
1998 yilning «Oila yili» deb e‘lon qilinishi va shu yilning o’zida Oila
kodeksining qabul qilinishi hamda mamlakatimiz tarixida ilk bor tashkil etilgan
Respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazining maqsadi ham davlatimizning oilani
har tomonlama mustahkamlash, himoya etish borasidagi siyosatga hamohang


2 kurs talabasi (………)


81
bo’lib, oilaga taalluqli boy va sermazmun milliy an‘analarni avaylab-asrash, ularni
umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‗unlashtirish, oila va nikohning muqaddasligini
yosh avlod ongiga chuqur singdirish yo’li bilan oilani mustahkamligi,
barqarorligini ta‘minlash, oila a‘zolarining huquqiy savodxonligini oshirish
muammolarini: ilmiy o’rganish, oilaviy hayotga bog‗liq, muammolarni tadqiq etish
va fuqarolarga bu masalalarda amaliy yordam berishdan iboratdir.
Markazning muhim maqsad va vazifalaridan biri oila-konsepsiyasini
yaratish va uni hayotga joriy etishning uslub va vositalarini joriy etish orqali
hukumatimizning ijtimoiy sohadagi insonparvar siyosatini amalda har bir fuqaro
ongiga oila instituti orqali singdirishdan iboratdir.
Davlatimiz rahbari I.A.Karimov har chiqishlarida oid masalalariga katta
e‘tibor berar ekanlar, uning tarbiya beradigan maskanlar orasida eng muhimi qadrli
ekanligiga oid fikrlari alohida ahamiyatga ega. «Oila haqida gapirar ekanmiz,
avvalambor
oila
hayotning
abadiyligini,
avlodlarning
davomiyligini
ta‘minlaydigan muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga kelajak
nasllar qanday inson bo’lib yetishishiga bevosita ta‘sir ko’rsatadigan tarbiya
o’chog‗ ekanligini tan olishimiz darkor». Mustaqillik yillarida respublika hukumati
va Prezidenti I.A. Karimov tomonidan oilaga ko’rsatilayotgan etibor, yillarga
maqom
berilayotganda
oilani
mustahkamlash
,
nikohni
qadriyat
sifatida
e‘zozlashga qaratilgan chora-tadbirlar tom ma‘noda yurtimizda oila va farzandlar
hukumatning doimiy g‗amxo’r ekanligidan dalolatdir.
Taqdim etilayotgan konsepsiya Sila institutini yurtimizda yanada
mustahkamlash, u orqali milliy istiqlol g‗oyasini fuqarolar ongiga singdirish ishlari
uchun dasturulamol bo’lib xizmat qiladi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik o’zgarishlar, yangilanish
jarayonlari va islohotlardan ko’zlangan asosiy maqsad ozod va obod Vatan,
rivojlangan fuqarolik jamiyati barpo etish, shu tarzda xalq farovonligini ta‘minlash,
jahon hamjamiyatidan munosib o’rin egallash, oilaning barqarorligiga erishish
ekan, Sila bag‗ishlangan konsepsiyaning vujudga kelishi o’ta dolzarbdir. Zero,
Respublikamiz o’z iqtisodiyotini yangi bosqichga ko’tarish, jamiyatni


2 kurs talabasi (………)


82
erkinlashtirish va demokratiyalash siyosatini izchil olib borar ekan, bizga
jamiyatning negizi bo’lgan oilalar muammolari va istiqboliga qaratilgan
konsepsiya zarur. Darhaqiqat, konsepsiya O’zbekistondagi oilalarning rivojlanishi
istiqbolini tasavvur qilish, oila borasidagi ijobiy va muammoli masalalarni
oldindan bashorat qilish uchun, mavjud muammolarning sabab va omillarini
belgilab olish uchun ham xizmat qiladi.
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki «Oila» konsepsiyasini yaratish va bu bilan
bog‗liq ishlarning dolzarbligi hamda bajarilishining maqsadga muvofiqligi
mustaqillik yillarida Respublika rahbari I.A.Karimov tashabbusi bilan yillarga
berilgan maqomlar doirasida amalga oshirilayotgan davlat dasturlarining oilani,
ona va bolani ijtimoiy muhofaza qilishga qaratilganligi, hukumat tomonidan oila
manfaatlariga ajratilayotgan sarmoyalarning amalda oqlanishi zarurati bilan
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 5 fevral 6-sonli «Ona
va bola» Davlat dasturi to’g‗risidagi qarorida belgilangan vazifalarning muhimligi
va dolzarbligidan ham kelib chiqadi.
Oila va jamiyat – mohiyatan bir-biri bilan chambarchas bog‗liq bo’lib,
oilada jamiyatning tub mohiyati va muammolari o’z aksini topadi. Shuning uchun
ham oilani kichik jamiyat deyish mumkin. Har bir jamiyat a‘zosi oila bag‗rida
voyaga yetadi, ijtimoiy munosabatlarni o’zlashtiradi va insoniy fazilatlarni
namoyon etadi. Barkamol insonni shakllantirish, uni hayotga, mehnatga tayyorlash
oilaning muqaddas vazifasidir. Oilani mustahkamlash jamiyat barqarorligi va
qudratining muhim shartidir. Shu boisdan ham davlat oilani o’z himoyasiga oladi.
Oila qanday bo’lsa, jamiyat ham shunday bo’ladi. Mamlakatimizda milliy
mustaqillik yillarida ma‘naviyat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, avvalo,
oila qadriyatlarini eng ilg‗or an‘analarini tiklashga qaratilgandir. Oilaviy tarbiya –
oklada ota-onalar, vasiylar yoki katta kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash,
yosh avlodning har tomonlama rivojlanishida muhim o’rin tutadi. Oila tarbiyasida
doimiy tarbiyaviy ta‘sirchan kuch-oilaviy tartibdir.
Oila va mahalla boshqa tarbiyaviy muassasalardan farqli ravishda odamning
butun hayoti davomida uning barcha tomonlariga, qirralariga ta‘sir ko’rsatishga


2 kurs talabasi (………)


83
qodirdir va odatda ta‘sir ko’rsatadi. Oila va mahalla hamkorligidagi tarbiya
vazifasining bu ulkan miqyosi uning mafkuraviy va psixologik ta‘sir
ko’rsatishning chuqur o’ziga xosligi bilan uyg‗unlashib ketadi. Bu esa uni oliy
darajada ta‘sirchan qilibgina qolmay, shu bilan birga shaxsni shakllantirish
jarayonining zarur bo’g‗iniga ham aylantiradi.
Oila va mahallaning yuksak tarbiyaviy imkoniyati bolalar va ota-onalarning
o’ziga
xos
xususiyatlari:
qon-qarindoshligi,
qo’ni-qo’shniligi,
muhabbati,
yaqinligi
, ishonchi, burch hissi, obro’ligi va hokazolar bilan
ta‘minlanadi.
Ma‘lumki, xilma-xil faoliyat sharoitida bolaning qobiliyatlari eng samarali
rivojlanadi, uning ijodiy imkoniyatlari ochiladi, bolani oila va mahalladan boshqa
qayerda ham faoliyatning xilma-xil turlariga jalb etish mumkin. Oila va mahalla
hamkorligidagi tarbiyaning qimmatliligini ahamiyati ana shundaki, kichik bolalik
paytida oilada egallagan narsalar bir umr saqlanib qoladi. Huddi shuning uchun
ota-onalarning bolalarni har tomonlama tarbiyalash majburiyati qonuniy tarzda
belgilab qo’yilgan.
Oila va mahalla hamkorlikda tarbiyaviy ishni tashkil etar ekanlar, eng yangi
psixologik-pedagogik tadqiqotlar ma‘lumotlarini e‘tiborga olishlari ham muhimdir,
ularga muvofiq o’sib kelayotgan kishi shaxsini shakllantirishga oilani qo’shadigan
hissasi turli yosh bosqichlarda turlicha bo’ladi va to’lqinsimon o’zgaradi.
Mavzuning maqsadi va vazifasi shaxsning shakllanishida oila muhiti,
kollektiv va jamiyatning ta‘sirini ifodalash, kollektiv, kollektivizm, shaxsning
jamiyatga aloqadorligi tushunchalarini shakllantirishdir.
O’qituvchi uyga berilgan ikki topshiriq haqida gaplashib bo’lgach, uchinchi
savolga javob berishni bir-ikki o’quvchidan so’raydi. O’quvchilar avvalo ota-
onalaridan yoki opa-akasidan, keyin esa tarbiyachilari, o’qituvchilari, mahalla-
kuydan minnatdor ekanligini aytadilar, o’qituvchi xulosa qiladi:
- Javobingizdan ma‘lum bo’ldiki, shaxsning kamol topishi avvalo oila
muhitiga bog‗liqdir. O’zbek xalqining buyuk shoiri Alisher Navoiyning quyidagi
she‘riy parchasiga e‘tibor bering.


2 kurs talabasi (………)


84
Ulcha erur tiflg‗a shoyista ish,
Bilki kichiklikda erur parvarshi,
Qatraga chun tarbiyat etdi sadaf,
El boshiga chiqquncha topdi sharaf.
Tifl, ya‘ni bolani kichikligida parvarishlash, ya‘ni tarbiyalash kerak, sadaf
qatoriga kirgan qatra, ya‘ni dur odamlarning boshida turish sharafiga muyassar
bo’ldi. Huddi shuningdek, ota-ona go’yo sadaf, bolalar esa ularning bag‗ridagi
qatralar - durlardir.
Oiladagi sharoit, oziq-ovqat va jihozlar ta‘minoti, o’zaro munosabatlar:
er-
xotin
, bobo-buvi, qaynona-qaynota, aka-uka, opa-singil, tog‗a-amaki hamda
boshqa qarindoshlarning bir-biriga muomalasi oila a‘zolarining birgalikda ishlashi,
dam olishi, adabiyot, san‘at, ilm-fan va sport bilan shug‗ullanishi, daromad, ruhiy-
ma‘naviy holatlar, qo’ni-qo’shnichilik aloqalari, mahalladagi to’y-ma‘rakalarga
qatnashish va hokazolar oila muhitini tashkil etadi.
Oila muhiti axloq-odob, madaniyat qoidalari asosida tashkil topsa, bola
shaxsining to’g‗ri shakllanishi uchun shart-sharoit yaratilsa, bunda oiladagi bolalar
to’g‗ri kamol topadi. Misol tariqasida Ulyanovlar oilasidagi muhitni, unda aka-
ukalarning bir-biriga o’qish-yozishni o’rgatgani, aqlni rivojlantiruvchi shaxmat va
boshqa o’yinlarni doimiy o’ynagani, ota-ona esa bolalarining mashg‗ulotlariga
rahbarlik qilishgani, ularga yaxshi sharoit yaratib berishgani, Volodya akasi
Aleksandr va opasi bilan kitoblar, ijtimoiy hayot xususida qizg‗in bahslar qilganini
gapirish, shuningdek, mahalladagi, qishloqdagi ibratli oilalardan misollar keltirish
maqsadga muvofiqdir.




2 kurs talabasi (………)
85


Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin