Ijtimoiy pedagogikada ishontirish metodi-fayllar.org
Tarbiya va ijtimoiy tarbiya. Tarbiya pedagogikaning asosiy ob‘ekti
sifatida pedagogikaning rivojlanish tarixi mobaynida olimlarning diqqat markazida
bo`lib kelgan.
Shu bilan birga
, ―tarbiya‖ tushunchasining mazmuni amaliy
ahamiyatga ega. Chunki bu tushuncha pedagogik faoliyatning vazifa va
maqsadlariga asosiy yondashuvlarni belgilaydi.
Tarbiya ijtimoiy hayotning doimiy va umumiy kategoriyasidir. Tarbiyaning
ijtimoiy qamrovi uning lug`aviy ma‘nosidan ancha kengdir. Shuni hisobga olib,
ijtimoiy tarbiyani insonning qobiliyati, bilimi, qadriyatlar, u yashayotgan jamiyatga
munosabatidan iborat imkoniyatlarini rivojlantirishga yordam beruvchi, maxsus tarbiya tashkilotlarida amalga oshiriladigan jarayon sifatida ko’rib chiqish lozim. Boshqa so’zlar bilan ifodalaydigan bo’lsak ijtimoiy tarbiyaning maqsadi insonni ijobiy rivojlanishga qaratilgan sharoitlar yaratish jarayoniga
2 kurs talabasi (………)
115
yo’naltirishdir. Bu sharoitlar individual va guruxiy sub’ektlarning uchta o’zaro bog’liq va shu paytning o’zida mazmuni, shakli va usuli jixatidan nisbatan mustaqil bo’lgan jarayonlarni qamrab oladi: bolalar, o’smirlar, o’spirinlar ijtimoiy tajribasini tashkil qilish, ularning ta’lim olishlarini ta’minlash hamda ularga individual yordam ko’rsatish. Ijtimoiy tajribani tashkil qilish gurux (jamoa) larning maishiy va xayotiy faoliyatini tashkil qilish, guruxdagi o’z- o’zini bopqarish faoliyatini rag’batlantirish va norasmiy mikroguruxlarga ta’sir etish orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy tajriba keng ma’noda turli ko’nikma va malakalar, bilim va fikrlash usullari, yurish-turish me’yori va stereotiplari, qadriyatlar,