Ijtimoiy pedagogikada ishontirish metodi


O`zbеk xalq pеdagogikasida ta'lim-tarbiya masalasining ijtimoiy



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə37/57
tarix22.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#190472
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   57
Ijtimoiy pedagogikada ishontirish metodi-fayllar.org

O`zbеk xalq pеdagogikasida ta'lim-tarbiya masalasining ijtimoiy 
xaraktеri
O‘tmish tajribasini o‘rganish zamonaviy pedagogika fanining asosiy
vazifalaridan biriga aylanmoqda. Biroq tarbiyaning milliy xususiyatlariga murojaat
qilish madaniy ajralishga olib kelmasligi kerak. Zamonaviy pedagogika fanining
maqsadi u milliy xususiyatlar asosida fanning zamonaviy muammolarini yechishga
yordam beruvchi, uning rivojiga o‘z hissasini qo‘shuvchi kuchlarni topishdan
iborat bo‘lmog‘i lozim.
Xozirda dunyoning turli davlatlarida xalqlarning madaniy xususiyatlariga
katta e‘tibor berilishi avvalgi madaniy yutuqlarning xozirgi zamon talablariga
javob berishi, mavjud muammolarni hal qilish uchun ulardan foydalanish
masalasining keskinligini tushirmaydi. O‘sib kelayotgan avlodni hayotga
tayyorlashning ko‘p asrlik tajribasi yordamida yoshlarning zamonaviy bozor-


2 kurs talabasi (………)


98
iqtisodiyoti
munosabatlariga
asoslangan
demokratik jamiyatga
tayyorlash
mumkinmi; - degan masalada qizg‘in bahs munozara boradi.
Qanday qilib xalqning o‘z milliy qiyofasi, madaniy xususiyatlarini
tiklamasdan bugunning muammolarini yechsa bo‘ladi? SHubhasiz, moziy
tajribasida, xalq pedagogikasida tarbiya va ta‘lim jarayonlariga qo‘llash mumkin
bo‘lgan ko‘p narsa bor. Xalq pedagogikasi shaxsga o‘z davrida ijtimoiy
xususiyatlarni paydo qilish uchun lozim bo‘lgan pedagogik bilim, ko‘nikma va
malakalar, ta‘lim-tarbiya berish, yo‘llari, vositalarining majmuasi hisoblanadi.
Milliy pedagogika xalqning ta‘lim-tarbiya masalasi yuzasidagi qarashlari,
g‘oyalari, an‘analari asosida shakllangan. Milliy pedagogikaning tengsiz qadriyati
shuki, u birinchidan o‘zida asrlar davomida shakllangan pedagogik haqiqatlarga
ega, ikkinchidan esa u hayotiy, amaliy xarakterga. U o‘z ifodasini xalq
pedagogikasining barcha g‘oyalari amaliy tajribaga asoslanganligi,, amaliyotda
sinalgan va yosh avlodni tarbiyalash bo‘yicha amaliy faoliyatga qaratilganligida
topadi..
Xalq pedagogikasida hayotiy (maishiy, mehnat, axloqiy) va pedagogik
ma‘lumotlar, kuzatuvlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib muomala jarayonida
o‘zlashtiriladi. Xalq pedagogikasi tarixiy va ijtimoiy tajriba mahsuli va shu bilan
birga ijtimoiy axloq va ijtimoiy moslashuv malakalarining shakllanishi vositasi,
omili hisoblanadi.
Xalq pedagogikasi jamiyatning pedagogik madaniyatidagi eng yaxshi
qadriyatlarni
mujassamlashtirgan:
kattalarga
hurmat,
mehmondo‘stlik,
mehnatsevarlik, yuqori axloq, rostgo‘ylik.
Xalq pedagogikasining ijtimoiy xarakteri yana, shunda namoyon bo‘ladiki, u
ko‘pgina etnomadaniy hodisalar-dunyoqarash, tibbiyot, etika, din, ekologiya va
boshqalar bilan o‘zaro munosabatda yorqin namoyon bo‘ladi. Bu muammolar
olimlar tomonidan o‘rganilmoqda.
O‘zbek xalq pedagogikasida shaxs dunyoni hayotiy shaxsiy tajriba orqali
o‘zlashtiradi, degan teran fikr mavjud, chunki u boshqa shaxslar bilan muomalaga
kirar ekan, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadi.


2 kurs talabasi (………)


99
O‘zbek xalqida shunday naql bor: chaqaloq xali shaxs emas, u tom
ma‘nodagi inson bo‘ladimi, yo‘qmi-bu uning ota-onasi, uni o‘rab muhit va boshqa
odamlar bilan o‘zaro munosabatiga bog‘liq. SHuning uchun xalq pedagogikasi
faqatgina avvalgi avlodlar tomonidan erishilgan, ishlab chiqarilgan turli ong
shakllarini o‘zlashtirsagina go‘dak insonga aylanadi. Bolaning tug‘ilishi bilan
birga, tarbiyalanishisiz halq hayotining rivoji, oldinga intilishi mumkin bo‘lmagan
hodisadir. Bu g‘oya ko‘psonli xalq rivoyatlari, afsonalari, dostonlarida o‘rin olgan.
Agar uni zamonaviy tushunchalarda ifodalasak, o‘zbek xalq tarbiyasini hozir
bolaga g‘amxo‘rlik qilish, uning sog‘ligi haqida qayg‘urish, uning hayotini himoya
qilish, kattalar tomonidan uning aqliy rivojini, axloqiy, estetik, jismoniy va mehnat
tarbiyasi uchun ularga ta‘sir qilishning majmuasi hisoblanadi.
O‘zbeklarning etnografiyasining turli xil materiallarini taxlil qilar ekanmiz,
u o‘ziga yarasha mukammal inson modelini yarata olishini e‘tirof etishimiz
mumkin.
Buyuk ma‘rifatparvarlar-olimlar, pedagoglar, shoirlarning pedagogik
g‘oyalarini o‘rganish inson tarbiyasi haqidagi xalq g‘oyalari ularning asarlaridan
joy topganligiini tasdiqlaydi. Ibn Sinoning ―Tadbiri manzil‖ kitobining ―bolalar
tarbiyasi va ta‘limi‖ bobida oila tarbiyasi amaliyotidan, Beruniyning ―Qadimgi
xalqlardan qolgan yodgorliklar‖ kitobida turli xalqlarning an‘analaridan Al-
Farobiyning ―Katta musiqa kitobi‖da xalq musiqasidan ko‘p misollar bor, Nosir
Husravning ―Baxt kitobi‖da ham oddiy odamlarning mehnatlari ulug‘lanadi.
Xalq pedagogikasini o‘rganishga S.R.Rajabov, A.Ismoilova, I.Obidova,
S.Temurova, M.Ochilov, A.Otayeva, Z.Mirtursunov, A.Minavarova kabi o‘zbek
olimlarining ishlari bag‘ishlangan. Bu mualliflarning ishlarini birlashtirgan holda
o‘zbek xalq pedagogikasining quyidagi yo‘nalishlarini ajratsak bo‘ladi:
·
bolaning axloqiy, aqliy, mehnat, jismoniy va estetik tarbiyasining o‘zaro aloqasi
asosida har tomonlama rivojlanishi g‘oyasi;
·
shaxsning rivojlanishida oilaviy tarbiyaning yetakchi rolini belgilash;


2 kurs talabasi (………)


100
·
xalq
pedagogikasi
usul
va
tamoyillarining
xalq
ijodi
namunalarida
mujassamlashuvi;
·
ta‘lim-tarbiyaning pedagogik usullarini birlashtirish;
·
xalq pedagogikasining amaliy xarakteri;
·
xalq pedagogikasining o‘sib kelayotgan avlodni aniq amaliy fuqarolik, oila
faoliyatiga tayyorlashdagi ijtimoiy roli.
Xalq pedagogikasining qoidalari xalq ijodi namunalari-maqol, ertak, ashula,
doston, rivoyatlarda o‘zining ifodasini topgan. Aynan shularda xalq asrlar
mobaynida o‘z ijtimoiy tajribasini umumlashtirgan. Ular hikmatlar shaklida pand-
o‘git mazmuniga ega bo‘lib xalqning ijtimoiy hayotga bo‘lgan real (hayotiy
)qarashlarini ifodalaydi.
O‘zbek xalq pedagogikasining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri xalq og‘zaki
ijodi matnlarida tarbiyaning vosita, usullarining tavsifi beriladi.
Hayotiy sharoitlar, oilaviy an‘analar, tarbiya usullari va vositalari o‘zbek
xalqi orasida nihoyatda turli tumandir va bundan ko‘p sonli manbalar dalolat
beradi. Aynan shularda biz mehnat jarayonlarinin yigitva qizlar uchun
mo‘ljallangan bayramlarning o‘ziga xos tavsiflarini topamiz.
An‘ana, odat, marosimlar avloddan-avlodga o‘tgan. Nikoh tuzish, bolaning
tug‘ilishi, , mehmonlarni kutib olish va kuzatish, vafot marosimi, mehnat
jarayonlarini o‘tkazishning muayyan qoidalari mavjud bo‘lgan. Bu marosimlarda
bolalarning doimiy ishtiroki ta‘minlanadi. Bu odatlar yordamida o‘zbeklarning
an‘anaviy muomala shakli shakllanadi.
Sobiq sho‘ro tuzimi davrida milliy an‘analarga, odatlarga hurmatsizlik qilish
oxir-oqibat axloqiy holatlarning yomonlashuviga olib keldi. So‘nggi yillarda
insonlarning tabiat, jamiyat, dinga nisbatan munosabatida ko‘proq erkinlik paydo


2 kurs talabasi (………)


101
bo‘ldi. Bu sharoitlarida odat, marosimlar, muomala madaniyatdagi o‘ziga xoslik
o‘sib kelayotgan avlodning har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalash
tizimida yanada muhim o‘rin tuta boshladi. O‘zbek xalqi axloqiy odatlarining
mustahkamligi asosan oilaviy munosabatlar va oilaviy tarbiyaning alohida
ahamiyati bilan bog‘liq.
O‘zbek xalq pedagogikasida sevgi, oila, bolalar haqidagi qarashlar ko‘p
yillik tajriba ta‘sirida shakllangan. Bu tushunchalarning qonun va qonuniyatlarida
pedagogik va amaliyotda sinalgan tarbiya normalari qoidalar,o‘z aksini topgan.
Xalq pedagogikasida oila inson hayotida eng asosiy tarbiya omili sifatida ko‘riladi.
Oila jamiyat negizidir. Oila bolalarga ta‘sir etish usullari, odat-an‘analarini
aniqlashi kerak. U dam olish tartibini, bolalarning mehnat va o‘quv
mashg‘ulotlarini belgilashi lozim. SHuningdek, oila ota-ona va bolalar orasidagi
o‘zaro munosabatlarning eng qulay me‘yorlarini ishlab chiqadi. CHunki bola
o‘zini qiziqtirishgan masalalar bo‘yicha eng avvallom bor o‘z ota-onasi, eng
avvalo onasi bilan o‘rtoqlashadi. Bu yerda oila a‘zolari orasidagi munosabatlar
amalga oshadi, hamda ota-onaning tarbiyaviy vazifalari aniqlanadi.
Oila va oilaviy tarbiyaning u yoki bu xususiyatlari doimo xalq e‘tiborining
markazida bo‘lgan va bu xalq pedagogikasida o‘z ifodasini topgan. Xalq avvalom
bor baxtli oila yaratish yaratish uchun kurashgan. Xalq oilani baxt manbai, ―tabiat
go‘zalligi‖, mehnatsevar oila jamoasi sifatida ko‘radi va oilada ayol va erkak teng
huquqliligini e‘tirof etadi, ayollar huquqini himoya qiladi, ajralishlarni qoralaydi,
oilaviy nizolarni nihoyatda ehtiyotkorlik bilan hal qilishni maslahat beradi.
Xalq pedagogikasida onalikka oliy ijtimoiy qadriyat sifatida qoraladi, xalq
og‘zaki ijodida esa ona doim ulug‘lab kelinadi. Oilaning ijtimoiy vazifalarini xalq
bolada ahloq, hurmat, kattalar va kichiklar bilan hushmuomala bo‘lish, qishloq
xo‘jaligi, kasb-xunar malakalarini egallashda ko‘rgan.



2 kurs talabasi (………)


102

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin