2 kurs talabasi (………)
113
Pedagogika faoliyat- bu ta'lim-tarbiya vositasida o`quvchilarga ijtimoiy
madaniyat tajribalarini singdirishga qaratilgan kasbiy faoliyatdir.
Ijtimoiy pedagogik faoliyat- bu bolaning ijtimoiylashuviga, ularga ijtimoiy
madaniyat tajribalarini singdirishga, jamiyatda o`z-o`zini boshqarishga sharoitlar
yaratishga qaratilgan kasbiy faoliyatdir. U ma'lum shaxsga qaratilgan bo`lib, aniq
manzilga yo`naltirilgan faoliyatdir. Ijtimoiy pedagogik faoliyat quyidagi
xususiyatlarga ega.
▪ Ta'lim muassasalaridagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat,
▪ bolalar tashkilotlaridagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat,
▪ bolalarning ijodkorligini oshirish va dam olishini tashkil etishga mas'ul
tashkilotlardagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat.
Ijtimoiy-pedagogik
faoliyatning
asosiy
yo`nalishlari
qo`yidagilar
hisoblanadi.
▪ dezadaptatsiyaga uchragan bolalarni profilaktika qilish,
▪ ijtimoiy me'yorlardan chekingan (o`qish) bolalarni ijtimoiy reabilitatsiya
qilish .Bu ishlar ikki shaklda amalga oshiriladi:
1.Bevosita bolaning o`zi bilan olib boriladigan ishlar.
2.Bolaning ijtimoiy muhit bilan aloqasida vositachilik qilishi.
Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalaridan biri bo`lgan ijtimoiy
ta'lim kategoriyasi ikki tomonlama xususiyatga ega. Birinchidan, ijtimoiy ta'lim-bu
bolaning ijtimoiylashuviga yordam beruvchi ijtimoiy bilim, ko`nikma va
malakalarni shakllantirish jarayonidir.
Ikkinchidan, ijtimoiy ta'lim-bu ijtimoiy soqada ishlash uchun maxsus
tayyorgarlik ko`rish jarayonidir.
Ijtimoiy tarbiya esa bolaning ijtimoiylashuviga qaratilgan ijtimoiy
ahamiyatga molik fazilatlarni shakllantirish jarayonidir. Ijtimoiy tarbiya
muammolari xususida A.V.Mudrik, V.D.Semyonova, G.N.Filova singari olimlar
tadqiqotlar olib borgan.
Ijtimoiylashuv jarayonida bola jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy
makrm, ijtimoiy xulk.-atvorning me‘yor va koidalari haqidagi turli bilimlarni,
2 kurs talabasi (………)
114
jamiyatga ko`nikishiga yordam beruvchi turli ko`nikma va malakalarni
uuzlashtiradi. Bu jarayon, ayniqsa, bolalikda juda jadal sur‘atlar bilan amalga
oshadi. Ma‘lumki, bola besh yoshgacha uning keyingi hayotida o`z aksini topuvchi
nihoyatda ko`p bilimlarni oladi.
Bola ijtimoiylashuvining ajralib turuvchi xususiyati, uning jamiyat ilgari
surayotgan yurish-turish me‘yorlariga baxo berishi va nazorat qilishining
qiyinligidadir. U bularni faqat o`zlashtirib boradi, shuning uchun ham bola
shaxsining ijtimoiylashuv jarayonida ota-onalar, qarindoshlar, ular bilan
ishlayotgan mutaxasislarning (psixolog, shifokor, pedagog va shu kabilar) ta‘siri
katta bo`lib, bolalarni, hayotda zarur ijtimoiy bilimlarni ertaroq; va yaxshiroq;
o`zlashtirishlari, ularni hayotda qo`llashga intilishlari aynan ularga bog`liqdir.
Buning ijtimoiy pedagogika bilan bog`liqligi shundaki, maktab yoki boshqa ta‘lim
muassasida ta‘lim olish jarayonida bola, avvalo, akademik bilimlarni o`zlashtiradi.
Biroq shu bilan bir vaqtda unda muayyan tizimlashgan ijtimoiy bilim, ko`nikma va
malakalar shakllanadi. Bu bilim, ko`nikma va malakalar ijtimoiylashuv jarayonida
— bolaga maxsus yordam kerak bo`lganda — juda zarur bo`ladi.
Bolaning ijtimoiylashuviga yordam beradigan ijtimoiy bilimlarni yetkazish,
ijtimoiy ko`nikma va malakalarni shakllantirish jarayoni ijtimoiy ta‘lim deyiladi.
Dostları ilə paylaş: