Bu ertak shaxs va uning atrofidagi muhit munosabatlari-
ni tushunib olish uchun juda sodda misoldir. Zolushka shah-
zoda huzuridagi balda go‘zal, xushchaqchaq, jozibali ko£ringan
bo‘lsa, o‘gay ona huzurida butunlay boshqacha ko‘rinadi va o‘zini
boshqacha tutadi. Balda u o‘ziga nisbatan ijobiy munosabatlar
doirasida o‘zini go‘zal va ajoyib qiz ekanligiga ishonib aloqaga
kirishgan boisa, o‘gay onasining uyida unga nisbatan salbiy mu
nosabatlar ta’sirida o‘ziga nisbatan past baho berishi natijasida
o‘zini tortinchoq, kamgap tutadi.
Fransuz filosofi Jan-Pol Sartrning ta’kidlashicha, Zolushka
bilan sodir boigan voqeada hech qanday hayratlanarli narsa yo‘q,
uning fikricha, biz odamlar «hamisha vaziyatlarga bogliqmiz.
Bizni vaziyatlardan ajratib bolm aydi, vaziyatlar shaxs sifatida
bizni va bizning imkoniyatlarimizni shakllantiradi».
Ijtimoiy psixologiya shaxsga turli xil vaziyatlarning ta’sirini
o‘rganib, kishilar bir-birlariga qanday ta’sir ko'rsatishini va ular
bir-birlarini qanday idrok etishlarini o‘rganadigan fan sifatida
qiziqarlidir. Shuningdek, uning tadqiqot doirasiga barchani birdek
qiziqtiradigan quyidagi savollar ham kiradi:
— Kishilar bir-birlari haqida nimalarni o‘ylaydilar? Biz
ning o‘zimiz haqimizdagi tasavvurlarimiz qanchalik to‘g‘ri?
Do‘stlarimiz haqidagisi-chi? Notanishlar haqidagi fikrlari-
miz-chi? Bizning fikrlarimiz va harakatlarimiz orasidagi aloqa
qanchalik ahamiyatga ega?
— Odamlar bir-birlariga qanday va qay darajada ta’sir
o‘tkazadilar? Ijtimoiy muhit ta’siriga qanday qarshilik ko‘rsatish
mumkin?
— Nima uchun odamlar ba’zida bir-birlarini xafa qiladilar,
ba’zi paytlarda yordam beradilar?
Bu savollarning barchasi o‘zaro bogliq boiib, ijtimoiy psi
xologiya ana shu savollarga javob topish bilan shug‘ullanadi.
Qisqasini aytganda,
Dostları ilə paylaş: