Ijtimoiy psixologiya


R. Bernsning «Men» konsepsiyasi



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/80
tarix14.12.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#178362
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Ijtimoiy-psixologiya

R. Bernsning «Men» konsepsiyasi
R. 
Berns «Men» konsepsiyasining differensiyalashgan tizimini 
taklif qiladi. Unga ko‘ra «Men» konsepsiyasining asosini o‘ziga 
yo‘nalganlik ustanovkalari tizimi tashkil etadi. «Men» konsepsi­
yasi strukturasining asosiy komponentini quyidagi ustanovkalar 
tashkil qiladi: kognitiv; emotsional; xulq-atvor.
R. Berns «Men» konsepsiyasining ierarxik (ketma-ketlik bi­
lan bir-biriga teng bo‘ysundirish usuli) tizimi ko‘rinishida «Men» 
konsepsiyasi cho‘qqisiga erishib, o‘z-o‘zini anglashdagi imkoni- 
yatlar chegarasini ochib berdi. R. Berns «Men» konsepsiyasi ele- 
mentlarini quyidagicha tasniflagan:
a) «Men» — anglovchi; 
b) «Men» — obyekt.


U «Men» konsepsiyasini insonning o‘ziga nisbatan ustanovka- 
larining yigindisi deb tushuntiradi. U buni ikki komponent- 
ga boladi, bu komponentlar o‘zaro bog‘liq boiib, quyidagicha 
izohlanadi: o‘ziga baho berish yoki o‘zini qabul qilish — «Men
— anglovchi» — «Men» obrazi bilan bogliq boiib, bu esa o‘z nav- 
batida «Men obyekt» bilan bogliq boladi.


R. Berns o‘ziga yo‘nalganlik ustanovkasini 3 ga boladi:
— real (haqiqiy) «Men» ustanovkasi — bu individning o‘z ak- 
tual qobiliyatlarining rolini qanday bo‘lsa shundayligicha qabul 
qilishi;
— oynadagi «Men» ustanovkasi;
— kelajakdagi «Men» ustanovkasi.
R.Bernsning ierarxik tizimidagi eng quyi pog'onada «Men» 
konsepsiyasining keyingi aspektlari joylashgan. Bular: ijtimoiy 
men; ma’naviy men; jismoniy men.
R. Berns nazariyasida jismoniy men aspekti boshqa element- 
larga nisbatan zaifroq ochib berilgan.
«Men» va uning ijtimoiy psixologik mohiyati
Biz quyida «Men» konsepsiya doirasiga kiradigan tushuncha- 
larga oydinlik kiritishga harakat qilamiz.
Ideal yoki bo‘lishi mumkin bo‘lgan «Men». 
Shaxsning «Men» 
konsepsiyasi uning ayni paytdagi xarakterlovchi «Men» tizimlarini 
emas, balki shaxs bo‘lishi mumkin bo‘lgan yoki bo‘lishni istagan 
«Men»larni o‘z ichiga ham oladi. Amerikalik psixolog tadqiqotchi 
J. Markus va uning hammualliflarining fikricha, bo‘lishi mum­
kin bo‘lgan «Men» o‘z tarkibiga shaxs bo‘lishni istagan tasav- 
vurlar — badavlat, yoqimtoy, sevimli «Men»larni oladi (Marcus 
et al., 1989; Marcus & Nurius, 1986). Bo‘lishi mumkin boigan 
«Men»ning ichiga shaxs bolishdan qo‘rqadigan «Men»lar ham 
kiradi — ishsiz «Men», «ikkinchi» Men, yoqimsiz «Men». Bo‘lishi 
mumkin boigan «Men» shaxsni har doim ma’lum maqsadlarga 
erishishga undaydi: bu maqsadlarga erishilgandan so‘ng, shaxs 
o‘zi intilgan hayotni ko‘rishga muyassar bolishi mumkin.
Ijtimoiy «Men»ning rivojlanishiga ta ’sir etuvchi omillar. 
«Men» 
konsepsiyasi ijtimoiy psixologiyadagi tadqiqotlarning asosiy pred- 
metiga aylandi, chunki u jamiyatdagi ijtimoiy fikrlarni tashkil 
etadi va shaxsning xulq-atvorini boshqaradi. «Men» konsepsi­
yasining shakllanishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi? Olim- 
lar tomonidan egizaklarni tadqiq etish natijalari shunday xulo-


sani berganki, shaxsning xarakteri va «Men» konsepsiyasiga irsiy 
omillarning ta’siri mavjud, lekin bu borada asosiy rolni ijtimoiy 
tajriba o‘ynaydi. Bunda quyidagi omillar asosiy rol o‘ynaydi:
• biz bajaradigan rollar;
• biz shakllantiradigan ijtimoiy identifikatsiyalar;
• atrofdagilar bilan o‘zimizni taqqoslashimiz;
• yutuqlarimiz va omadsizliklarimiz;
• atrofdagilarning biz haqimizdagi fikrlari;
• biz mansub bo‘lgan madaniyat.
Shaxs ijro etadigan rollar.
Har qanday shaxs ijtimoiy muhit­
ning unga yuklagan yangi roli — institut talabasi, ota-ona, rahbar 
va shu kabi rollarni ijro etishga o‘tganida o‘zini dastlab «yax- 
shi» his qiladi. Lekin asta-sekinlik bilan shaxsning o‘zi haqidagi 
tasavvurlari ushbu rollarni o‘ziga singdiradi va bu rollarni eplash- 
eplamasligiga qarab shaxsning «Men» konsepsiyasida o‘zgarishlar 
yuzaga keladi.

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin