Ikkinchi darajali bo`laklar



Yüklə 26,32 Kb.
səhifə2/5
tarix13.12.2023
ölçüsü26,32 Kb.
#175541
1   2   3   4   5
2 DARAJALI BO\'LAKLAR

Tez o`qidi. Yugurib keldi. G`ir- g`ir esdi.

2.

O`rin holi

Kesimdan anglashilgan harakat- holatning
bajarilish o`rnini bildiradi.

Qayerda? Qayerdan? Qayerga?

O`rin oti+da,+dan, o`rin ravishi+ga sari, tomon,
+ga qarab

Bozordan oldim. Bog`ga
chiqdim. Dala tomon ketdi.
Dalaga qarab ketdi.

3.

Payt holi

Fe`l kesimdan anglashilgan harakat holatning bajarilish paytini bildiradi

Qacghon? Qachongac ha?
Qachondan
?
Qachondan buyon?

Payt oti+da, dan, payt ravishi,
+gacha, gancha

Tongda, ayozda, hozirdan tayyorlan. Hozirgacha o`tiribdi. Charchagancha ishla.

4.

Sabab holi

Fe`l kesimdan anglashilgan harakat holatning sababini bildiradi

Nimaga? Nima uchun?
Nima sabab?

-ligi(sabali, uchun, tufayli,) – ligidan, -ib

Yaxshi o`qiganligidan
institutga kirdi

5.

Maqsad holi

Fe`l kesimdan anglashilgan harakat holatning maqsadini
bildiradi

Nima maqsadda? Nima uchun?

-gani, -sin deb, -i(sh) maqsadida, uchun

O`qigani ketdi. O`qish maqsadida ketdi.

6.

Daraja-miqdor holi

Fe`l kesimdan anglashilgan harakat holatning daraja-miqdorini bildiradi

Qancha, nechta, qanchalab, qay darajada?
Necha marta?

Miqdor-daraja ravishi, son, sifat, marta so`zli birikma

Qop-qop terishdi. Bir marta ko`rgan afzal. Siz qancha terdingiz? Men o`ylagan darajada qildi. Juda ko`p qayg`urdim.
Kesim vazifasida kelmagan fe’llarga tobe bog‘langan hollar nomustaqil hol hisoblanadi. Daladan charchab kelgan yigit tezda uxlab qoldi. Bu gapda qayerdan? so‘rog‘iga javob bo‘lib hol vazifasida kelayotgan daladan bo‘lagi kesimga emas, balki aniqlovchi vazifasidagi charchab kelgan bo‘lagiga tobe bog‘lanib kelyapti.


ТO‘LDIRUVCHI VA UNING IFODALANISHI


Gapning kesimi bilan bog‘lanib predmetlik ma’nosini ifodalovchi va kimni? nimani? kim (bilan, orqali, uchun), nima (bilan, orqali, uchun) so‘roqlariga javob bo‘lgan ikkinchi darajali bo‘lakka to‘ldiruvchi deyiladi. Men undan (kimdan?) so‘radim: Mehringni qo‘yib, bunchalar saralab gul (nimani) terding kimga? Gulidan (nimadan) ko‘zini (nimani) uzmayin singlim. Asta javob berdi: O‘qituvchimga (kimga).


Тo‘ldiruvchi kesimdan anglashilgan harakat-holat, belgi- xususiyat bilan bog‘langan predmetni bildirganligi tufayli ot, olmosh va otlashgan so‘zlar bilan ifodalanadi.
Тo‘ldiruvchi doimo gapning kesimi bilan bog‘lanadi. Agar u bog‘langan so‘z kesim bo‘lib shakllana olmagan bo‘lsa, ana shu so‘z bilan birgalikda kesimga nisbatan bitta gap bo‘lagi vazifasida keladi. Bunday vaqtda u gapning emas, bo‘lakning bo‘lagi bo‘ladi. Masalan, Onamdan eshitgan gaplarni aytdim. Bu yerda onamdan eshitgan gaplarni birikmasi nimalarni? so‘rog‘iga javob bo‘lib, kesimga bir butun holda bog‘lanadi. Bu birikmali to‘ldiruvchi o‘z ichida qismlarga bo‘linadi: onamdan eshitgan (qanday) gap. Qanday? so‘rog‘iga javob bo‘luvchi onamdan eshitgan birikmali aniqlovchi o‘z ichida yana tarkibiy qismlarga bo‘linadi: onamdan (kimdan?) eshitgan.
Shunday qilib, to‘ldiruvchilar kesimga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘- lanish-bog‘lanmasligiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi: a) mustaqil to‘ldiruvchilar; b) nomustaqil to‘ldiruvchilar.
Тo‘g‘ridan to‘g‘ri kesimga tobe bog‘lanib kelgan to‘ldiruvchilar mustaqil to‘ldiruvchilar sanaladi. Masalan, seni sog‘indim gapida kimni? so‘rog‘iga javob bo‘luvchi seni so‘zi kesim vazifasida keluvchi sogindim bo‘lagiga bog‘lanib, mustaqil to‘ldiruvchi vazifasida keladi.
Тo‘g‘ridan to‘g‘ri kesimga tobe bog‘lanib kelmagan to‘ldiruvchilar nomustaqil to‘ldiruvchi hisoblanadi. Shuning uchun u biron bir ikkinchi darajali bo‘lakning tarkibiy qismi — bo‘lakning bo‘lagi vazifasini bajaradi. Masalan, Dangasaning non yeyishini ko‘r gapida dangasaning non yeyishini birikmasi nimani? so‘rog‘iga javob bo‘lib, birikmali to‘ldiruvchi vazifasida keladi. Birikmali gap bo‘lagi esa kimning? va nimani? so‘roqlariga javob bo‘luvchi aniqlovchi (dangasaning) va to‘ldiruvchi (non)larni o‘z ichiga oladi. Bu bo‘lak tarkibidagi non bo‘lagi nomustaqil to‘ldiruvchi, bo‘lak- ning bo‘lagidir.

Тo‘ldiruvchilar kesim bilan qanday bog‘lovchi vosita yordamida bog‘lanishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:



    1. kelishikli to‘ldiruvchilar; Senga (kimga?) aytar gapim bor

    2. ko‘makchili to‘ldiruvchilar. Sen bilan (kim bilan?) olam munavvar

To‘ldiruvchi hokim bo‘lakdan anglashilgan harakatiga, munosabatiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:



  1. Yüklə 26,32 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin