Predmetning belgisini (ta’m-maza, xil-xususiyat, miqdor, tartib, o‘rin-paytga munosabat) bildirgan aniqlovchilarga sifatlovchi aniqlovchi deyiladi.
Sifatlovchi aniqlovchilar qanday? qanaqa? qancha? nechta? qaysi? qanaqa? qayerdagi? nechanchi? so‘roqlariga javob bo‘ladi. Masalan, qizil (qanday?) olma, uchta (nechta?) olma, ana bu (qaysi?) olma, adirdagi(qayerdagi?) olma, kechagi(qachongi?) olma, uchinchi(nechanchi) sinfkabi.
Sifatlovchi aniqlovchi sifatlovchi, aniqlanayotgan predmet esa sifatlanmish deb yuritiladi. Sifatlovchi va sifatlanmish munosabati sifatlovchili birikma sanaladi.
Bir predmetning boshqa predmetga qarashlilik belgisini bildirgan aniqlovchiga qaratqich aniqlovchi deyiladi. Mirzacho‘lningshamoli. O‘rikgulikabi.
Qaratqich aniqlovchi qaratqich, qaratqich aniqlovchi bog‘langan bo‘lak esa qaralmish deyiladi. Qaratqich va qaralmish munosabati qaratqichli birikma hisoblanadi.
Qaratqich bilan qaralmish o‘zaro shaxs-sonda moslashadi. Masa- lan: Meningdaftarim, seningdaftaring,uningdaftari.
Ayrim otlar, hatto atoqli otlar ham ba’zan bir necha shaxslarni ifodalashi mumkin. Bunday vaqtda ko‘pincha qaysi Ahmad, qaysi Karim singari so‘roqlar yordamida gap kim haqida ketayotganligini aniqlashtirib olamiz. Ana shu vaqtlarda izohlovchilarga ehtiyoj tug‘iladi.
Predmetni boshqa bir nom berish bilan aniqlaydigan bo‘lakka izohlovchi aniqlovchi deyiladi. Masalan, akademikHabibAbdullayev, Jo‘rasoatsoz,dutorchiqizlarkabi.Izohlovchibog‘langanhokimbo‘lakizohlanmishdeyiladi. Izohlovchi va izohlanmish munosabati izohlovchilibirikma sanaladi.