Test metodi. Ilmiy psixologik manbalarda qayd qilinishiga ko`ra, intellekt-lotincha so`zdan olingan bo`lib, u odatda “aql-idrok”, “anglash”, “tushunish”, “fahmlash” degan ma`nolarni anglatadi. Bizningcha, intellekt shaxsning muayyan darajada mustahkam, barqaror aqliy qobiliyatlari majmuasi tuzilishidan iboratdir. O`z davrida AQShlik psixolog F.Frimer intellekt oltita tarkibdan iborat, degan g`oyani ilgari suradi va ularni quyidagicha tartibda joylashuvini ko`rsatib o`tadi:
-Sonli operasiyalariga nisbatan qobiliyatlilik;
-lug`at boyligi ko`lami;
-geometrik shakllar o`rtasidagi o`xshashlik va farqli tomonlarini ajratishga nisbatan uquvchanlik;
-shaxs nutqining tezligi yoki sur`ati;
-shaxsning fikrlashga, mulohaza yuritishga nisbatan qobiliyatliligi;
-xotiraning mahsuldorligi yoki noyob xislatliligi.
Yana bir salohiyatli psixolog L.Tyorstoun umumiy intellektning turli jabhalarini tadqiq qilib, ularni umumlashtirib «birlamchi aqliy potensiyalar» deb ataydi. Muallif yetti xildagi potensiyalar o`zaro farqlanishini ta`kidlab o`tadi:
1) insonning hisoblash qobiliyati ko`rsatkichi;
2) og`zaki so`zni ixcham ifodalashining ko`rsatkichi, nutq yordami bilan tez o`qish hadisini egallaganligi;
3) og`zaki ma`lumotlarni to`la idrok qilish yoki idrok qilingan so`zlarni tushunish, anglash;
4) fazoviy operasiyalarni amalga oshirish imkoniyati yoki shaxsning chamalash qobiliyati (uquvchanligi);
5) xotiraning mustahkamligi yoki uning barqarorligi;
6) fikrlashga, munozara yuritishga qobiliyatlilik;
7) shaxs idrok qilishining tezligi yoki uning sur`ati.
Fransuz psixologi T.Ribo idrok ko`lamining kengayishi, bilimlarning ko`payishi, diqqatni bir vaqtning o`zida bir necha ob`ektga qarata olish - inson intellekti taraqqiyotiga olib keladi va u uch bosqichdan iborat bo`lishi mumkin ekanligini ta`kidlaydi: - shaxs imitasiyasi yoki uning tashqi taqlidi, -inson identifikasiyasi (o`quvchining bilimlarini o`ziga singdirish jarayoni, uning shaxsiy fazilatlari va xususiyatlarini o`zlashtirib borish va boshqalar),