Ikkinchi mashg’ulot mavzu: Kasb psixologiyasining tadqiqot metodlari (2 soat)



Yüklə 35,15 Kb.
səhifə5/13
tarix23.02.2023
ölçüsü35,15 Kb.
#85298
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
2-seminar KP

Hujjatlarni o`rganish metodi – mehnat jarayoni ishchilar tarkibi, ularning kasbiy tayyorgarligi va malakasi to`g`risidagi ob`ektiv ma`lumotlarni yig`ish metodi hisoblanadi. Bu ma`lumotlar quyidagi hujjatlardan olinadi:
- Ishchilar harakatlarini tasvirlovchi texnologik xaritalar, ishning bajarilish usullarining sifatiga qo`yiladigan talablar;
- Insonga psixofiziologik va psixologik ta`sir ko`rsatadigan asbob-uskunalarning texnik tavsifnomasi;
- Yoshi, staji, ma`lumoti, kasbiy tayyorgarligi, kadrlar qo`nimsizligi uning sabablari va hokazolar haqidagi ma`lumotlar;
- Ishlab chiqarishdagi avariyalar va travmalar shuningdek, ishchilar sog`ligining holati to`g`risidagi ma`lumot1.
Mehnat metodi - bu kasbiy faoliyatni to`g`ridan - to`g`ri ish joyida o`rganishga qaratilgan tadqiqot metodidir. Kasbiy faoliyatni egallagan va bajaruvchisi sifatida psixolog ham tadqiqotchi ham ishchi sifatida faoliyat olib boradi. Har bir ish kunidan keyin standartlashgan sxema bo`yicha bayonnoma to`ldiriladi. Ish joyida tadqiqot olib borish usullari samaraliroq hisoblanadi. Tadqiqotchi standart kuzatish chizmasi asosida ishchining faoliyatini o`rganadi. Bu usullarning afzalligi kasbiy reallikka maksimal darajada yaqin bo`lishidadir.
Kuzatish metodi. Avvalo metodlar haqida ikki og`iz so`z. Metod so`zi - yunoncha “methodos” bo`lib tadqiqot, tekshirish degan ma`noni beradi. Nazarimizda yuqoridagilarga yana yo`l, usul so`zlarini ham kiritish mumkin. Metodlar tadqiqot ishlarida ham, bilim berishda ham qo`llaniladi. Ushbu bobda bilim berish metodlari haqida emas, balki fan uchun, uning rivojlanishi uchun zarur bo`lgan ma`lumotlarni to`plashdagi qo`llaniladigan tadqiqot metodalari haqida so`z boradi.
Psixologiya fanining empirik (amaliy metodlari turkumidan muhim o`rin egallagan diagnostik xususiyatli metodlaridan biri - kuzatish metodidir. Mazkur metod fanimizning eng qadimgi tadqiqot vositasi bo`lib hisoblanib, uzoq o`tmish zamonidan to hozirgi davrgacha ilmiy izlanuvchilarning asosiy tekshiruv qurollaridan biri bo`lib, keng ko`lamda foydalanib kelinmoqda. Lekin bugungi kunda uning ob`ekti, ko`lami yanada kengaydi, murakkab psixologik jarayonlar, holatlar, hodisalar, kechinmalar, faoliyat va muomala xususiyatlari o`rganish imkoniyati tug`ildi, sifat hamda mazmun jihatidan katta o`zgarishlar yuzaga keldi.
Kuzatishning texnologiyasi takomillashdi, uning yangi shakllari, vositalari, usullari paydo bo`ldi, xolisonalik (ob`ektivlik) darajasi ortdi, ishonchliligini ifodalovchi mezonlar, o`lchovlar yaratildi. Buning natijasida kuzatish psixologiya fanining universal tadqiqot metodlari qatoriga kirib, uning barcha sohalarida qo`llanilmoqda, ayniqsa, tatbiqiy imkoniyatining yuksakligi, statistik hisoblashga beriluvchanligi xususiyati bilan boshqa metodlardan ajralib turadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda uning yoritilmay qolib ketgan jihatlari, tarkiblari, yordamchi jabhalari yuzasidan mulohaza yuritamiz.
Kuzatish metodining texnologiyasi quyidagilardan tashkil topadi:
- voqelik (atrof - muhit, inson shaxsi)ni kuzatish oqimini muayyan qismlarga, yo`nalishlarga ajratish (nemischa - lotincha «kvantifikatsiyalash», ya`ni zarur, birincha darajali jihatlarini saralash);

__________


1 Trierweiler, S.J., & Stricker, G. (1998).The scientific practice of professional psychology. New York: Plenum Press.

- kuzatishning ko`lami (hajmi), xususiyati va o`ziga xosligini aniqlash, ya`ni uning nimalarga qaratilganini belgilab olish; - kuzatish jarayonida barcha holat, hodisa, alomat va tashqi qiyofa, ko`rinishning o`ziga xosligini qayd qilish (ularni yozma nutqda ifodalash, ya`ni fransuzcha - lotincha «fiksatsiyalash»);



Yüklə 35,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin